|
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot talaba (
|
bet | 25/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot talaba ( yoki о‘quvchi) larni aniq bir muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bо‘lib fikrlab hal etish,yechimini topish, kо‘p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qо‘yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni ma’qullay olishga о‘rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki о‘quvchi)lar bilan avval yakka holda,sо‘ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda о‘tkaziladi.
Texnoligiyaning maqsadi: talaba (yoki о‘quvchi) larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoat bо‘lib ishlashga, intilishga; fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga о‘z fikrini о‘tkazishga, uni ma’qullashga;qо‘yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda о‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qо‘llay olish о‘rganish.
Texnologiyaning qо‘llanishi: seminar, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) о‘tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini о‘zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mо‘jjallangan.
“INSERT” JADVALI
Mustaqil о‘qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni taHminlaydi. Olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish, shuningdek avval о‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Talabalar Insert jadvalini tо‘ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Mustaqil jadvalni tо‘ldiradilar.
О‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida о‘zlari tizimlashtiradilar - jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq:
“V” - men bilgan ma’lumotlarga mos;
“+” - men uchun yangi ma’lumot;
“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, tо‘ldirish talab etiladi.
10-ma’ruza. “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” ta'lim yo‘nalishida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘rni.
|
| |