• Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta ta’riflarini keltiramiz
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet23/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Birinchidan, ma’lum sabablarga kо‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan о‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

    Ikkinchidan, an’anaviy о‘qitish tizimi yozma va og‘zaki sо‘zlarga tayanib ish kо‘rishi tufayli «axborotli о‘qitish» sifatida tavsiflanib, о‘qituvchi faoliyati birgina о‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

    Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining о‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin kо‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 

    Tо‘rtinchidan, kishilik jamiyati о‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bо‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga о‘tib borayotganligi;

    Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

    Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab о‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.

    Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida о‘qitilganligi, ularda о‘zgacha nuqtai nazarnitan olmaslik, faqat о‘z fikrini tо‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g‘ov bо‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarniinqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa,ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yо‘llaridan biri ta’lim-tarbiyajarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.

    Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta ta’riflarini keltiramiz:


    Download 5,48 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.