|
Ilmiy - tadqiqot faoliyatida
|
bet | 22/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Ilmiy - tadqiqot faoliyatida:
Bakalavr:
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini tashkil qilish, baholash ishlari jarayonlarini bajarish bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;
hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va Respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni о‘rganish;
ilmiy-texnikaviy mavzuviy jurnallarga maqolalarni tayyorlash;
ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ishtirok etish;
ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish;
mavzu (topshiriq) bо‘yicha ilmiy texnik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil etish va tizimlashtirish;
tadqiqot natijalari va ishlanmalarini taxlil kilish qobiliyatiga ega bо‘lishi kerak.
9-ma’ruza. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta'lim tizimi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarurligi kо‘p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarning о‘zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq qiladi? Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qо‘llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yо‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi kо‘pgina tariflari mavjud. Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda О‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qо‘llashga intilmoqdalar. Xо‘sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bо‘lib qoldi?
|
| |