Mundarija kirish Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Tadqiqot metodologiyasi va tahlil hamda natijalar Ommabop bulutli xotiralar xarakteristikasi Hisobni o‘g‘irlash Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar kirish




Download 33,47 Kb.
bet1/6
Sana26.08.2024
Hajmi33,47 Kb.
#269888
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
иқтисодиётда булутли технологияларнинг ўрни ва ахамияти (1)




MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………………………………………………………………………….3


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili…………………………………………………………………………....4
Tadqiqot metodologiyasi va tahlil hamda natijalar……………………………………………….9
Ommabop bulutli xotiralar xarakteristikasi…………………………………………………………10
Hisobni o‘g‘irlash………………………………………………………………………………………………..13
Xulosa va takliflar……………………………………………………………………………………………….14
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………………………………….16


-2-



KIRISH
Bugungi kunda barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida a xborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, sohaga yangidan yangi texnologiyalarni tatbiq etish, minimal harajatlar evaziga maksimal foyda olish maqsadida istiqbolli rejalar tuzmoqdalar. Aniqki, iqtisodiy rivojlanish yangi bosqichga chiqqan davrda bu kabi yo‘nalishlar ko‘p muammolarning yechimi, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni qiyinlik darajasini pasaytiruvchi omil b o‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasiga qaratilayotgan e’tibor, uning yoshlar va aholi o‘rtasida keng ommalashuvi natijasi o‘laroq yurtimizda iqtisodiyotining real sektorida raqamlashtirish jarayonlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ma’lumki, yaqin yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalari , xususan, raqamli iqtisodiyot sohasini jadal rivojl antirish, sohani har tomonlama qo‘llab - quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvarda imzolangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida kelasi 5 yilda amalga oshirilishi shart bo‘lgan maqsadlarning biri “raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish” va ushbu maqsad tarkibiga kiruvchi bir qator vazifalar mamlakatda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlanishiga turtki bo‘lishi tabiiy. Qonunchilik hujjatlari milliy bazasi – www.lex.uz portalidagi ma’lumotlarga yuzlansak, ayni kunga qadar mamlakatimizda axborot texnologiyalarni rivojlantirish to‘g‘risida 4000 dan ortiq, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida esa 800 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Bu esa davlatimiz tomonidan axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot mamlakatni rivojlantirishning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalari qatorida muhim o‘rniga ega ekanligidan dalolat beradi . Sohadagi yangiliklarga bo’lgan talab, fan va texnologiyalarning o’zaro uyg’unligi natijasi o’laroq bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi o‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqamli elektron aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuvchilarining talablari uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007-2008 yillardan boshlab ommaviylashib, tezkorlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi.


Download 33,47 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 33,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Tadqiqot metodologiyasi va tahlil hamda natijalar Ommabop bulutli xotiralar xarakteristikasi Hisobni o‘g‘irlash Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar kirish

Download 33,47 Kb.