|
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLIL HAMDA NATIJALAR
|
bet | 3/6 | Sana | 26.08.2024 | Hajmi | 33,47 Kb. | | #269888 |
Bog'liq иқтисодиётда булутли технологияларнинг ўрни ва ахамияти (1)TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLIL HAMDA NATIJALAR
Mazkur maqolada bulutli texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish maqsadida tizimli tahlil, taqqoslash va guruhlash kabi metodlardan foydalanilgan. Yakunda esa mantiqiy xulosalash va ilmiy abstraksiya metodlari orqali xulosa hamda takliflar ishlab chiqilgan.
Albatta, raqamli iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoq va sohalarini
raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab etadi. 2020-yil jahon miqyosida tarqalgan Covid-19
pandemiyasi davrida bu harakat juda jadallik bilan rivojlandi, to‘g‘rirog‘i rivojlanishga majbur
bo‘ldi. Yirik kompaniyalar, tijoriy va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari, shuningdek davlat
boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari o‘z xizmat vazifalarini zamonaviy tarmoq texnologiyalari
orqali bajardilar. Bunda xodimlar boshqaruvi, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish, elektron
hujjatlarning aylanish tizimlari, hisobotlar va shu kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda
bulutli texnologiyalarning ahamiyati yuqori bo‘ldi.
2021-yil yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Statistik tashkiloti Eurostat tomonidan tarmoq texnologiyalariga oid e’lon qilingan yirik hisobotda keltirilishicha, mintaqadagi yirik kompaniyalar bulutli hisoblash texnologiyalaridan qay maqsadlarda foydalanayotgani keltirilgan.
Mazkur hisobotga ko‘ra bulutli texnologiyalarda email xabarlar almashish va uni saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi 2014-yildagiga nisbatan 10% ga, ma’lumotlarni xotiraga saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi 14% ga, moliyaviy va hisobbuxgalteriyaga oid vazfalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi 14% ga ortgani va buning natijasida jamiyatda bulutli texnologiyalarga oid qarashlar ijobiy tomonga siljigani ko‘rsatilgan.
E’tiborli jihati 2021-yildagi statistik ma’lumotlarga yuzlansak, Yevropadagi ko‘p sonli ishlab chiqarish kompaniyalar marketing maqsadida CRM tizimidan tashqari EPR tizimidan
ham yetarlicha foyalanganiga guvoh bo‘lamiz. Bundan tashqari, avvalgi statsitik ma’lumotlar orasidan joy olmagan “Security software applications” (o’zbekcha: Xavfsizlik dasturlari) sifatida bulutli hisoblash texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichi 58% ni tashkil etayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa bulutli hisoblash texnologiyalarni taqdim etuvchi provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kafolatli xavfsizlik darajasini aks
ettiradi.
Bosh ofislari AQShning Nyu York hamda Buyuk Britaniyaning London shaharlarida
joylashgan raqamli konsalting xizmat ko‘rsatish tashkiloti hisoblangan Deloitte bergan
-9-
ma’lumotlarga ko‘ra ayni kunlarda:
➢ Bulutli ilovalar bozorining qiymati 150 milliard dollardan oshadi;
➢ 2025 yilga kelib bulutda 200 zettabayt maʼlumot saqlanadi;
➢ Dunyodagi korporativ ma’lumotlarning 60% bulutda saqlanadi;
➢ Bulutli serverlar energiya iste’molining 3% ni tashkil qiladi;
➢ Bulutli infratuzilma xizmatlari yiliga 178 milliard dollar daromad keltiradi;
➢ Yirik korxonalarning 90 foizdan ko‘pi bulutli infratuzilmani o‘zlashtirgan;
➢ Tijorat ko‘chmas mulk kompaniyalari rahbarlarining 36 foizi bulutli hisoblashlarga
sarmoya kiritganlar .
|
| |