• XULOSA VA TAKLIFLAR
  • Mundarija kirish Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Tadqiqot metodologiyasi va tahlil hamda natijalar Ommabop bulutli xotiralar xarakteristikasi Hisobni o‘g‘irlash Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar kirish




    Download 33,47 Kb.
    bet5/6
    Sana26.08.2024
    Hajmi33,47 Kb.
    #269888
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    иқтисодиётда булутли технологияларнинг ўрни ва ахамияти (1)

    -12-
    HISOBNI O‘G‘IRLASH

    Hisobni o‘g‘irlash – Bulut muhitida fishing, firibgarlik va turli ekspluatatsiyalarda namoyon bo‘ladi. Bu yerda tranzaktsiyalarni manipulyatsiya qilish va ma’lumotlarni o‘zgartirishga urinishlar shaklida tahdidlar uchraydi. Bulutli saytlar hujumchilar tomonidan hujumlar maydoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Fishingni oldini olish uchun foydalanuvchi akkauntlari va xizmatlarini o‘zaro “almashish”ni taqiqlash, shuningdek, ko‘p faktorli audentifikatsiya mexanizmlariga e’tibor berish kerak.


    Bulutlitexnologiyalarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar
    Hisobni o‘g‘irlash
    Fishing
    Firibgarlik

    Maqsadli kibr hujum


    Tarmoq muhitida hujum
    Ma’lumotlar yahlitligini buzush

    Maqsadli kiberhujumlar – ayni kunda rivojlangan dunyoda ma’lumotlar eng katta tovarga aylanishi ortidan bulutli xotira xizmatlariga kibertahdid yoki maqsadli kiberhujumlar shu kunlarda ko‘p uchraydi. Xavfsizlikka javobgar shaxs yetarli bilimga ega bo‘lmasligi va kiberhujumlardan himoya tizimisiz bulutdagi ma’lumotlarga bo‘lishi muqarrar bo‘lgan hujumlarni aniqlash hamda unga qarshi turish mushkul. Iqtisodiyotning raqamli sektori turli zaifliklarga ega bulutli xizmatlarning aybi tufayli inqirozga yuz tutishni xohlamaydi. Zamon talabi bilan rivojlanishda davom etayotgan mazkur sohada mavjud xavflarni oldini olish va uni o‘z vaqtida bartarad etish uchun biznes egalaridan zamonaviy dunyoqarash va raqamli bilimlarni egallashni talab etadi.


    -13-
    XULOSA VA TAKLIFLAR



    Yuqoridagi mulohazalarni jamlab biz bulutli texnologiyalar sohasida “velosipedni
    qaytadan ixtiro qilish” zarurati emas, balki uning foydalanuvchilarga yanada qulay hamda
    xavfsiz tarzda taqdim etilishini ko‘zda tutuvchi quyidagi xulosa va takliflarni bayon etamiz:
    Birinchidan, Bulutli texnologiyalarning saqlash hajmi (xotira)ni oshirish. Bunda xotira hajmining oshishi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi, shuningdek, bunday xizmatni taklif etuvchi kompaniyalarning xizmatidan foydalanuvchi shaxslar soniproportisonal tarzda ko‘payishiga ta’sir etadi. Natijada kompaniya ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi.
    Ikkinchidan, internetning ishlash tezligi. Internet taqdim etuvchi provayderlarning
    sifatli va tez internet xizmatlarini taqdim etishi, bulutli texnologiyalarning rivoji uchun ahamiyati juda yuqori. Aniqki, internetsiz bulutli texnologiyalardan foydalanish mumkin emas. Foydalanuvchilar provayder kompaniyalardan yuqori sifatli, tez yuklanadigan xizmatlarni kutadilar. Ayni kunlarda internet insonlarning shaxsiy ehtiyojiga aylangani buning dalili bo‘la oladi.
    Uchinchidan, bulutli hisoblash xizmatlari bilan birga Buyumlar interneti (ing. Internet
    of Things) sohasini ham parallel ravishda rivojlantirish. Albatta, Buyumlar interneti ham yetakchi texnologiyalardan biri sifatida real vaqt rejimida Ma’lumotlar tahlili (ing. Data Analytics) va bulutli hisoblash xizmatini uzluksiz ma’lumotlar bilan taʼminlaydi. Bir mashinadan ikkinchi mashinaga ko‘plab aloqalar, ma’lumotlar almashinuvi jarayonlari sodir bo‘ladi.
    To‘rtinchidan, Bulutli texnologiyaning kelajagini to‘g‘ri prognoz qilish. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu xizmat yordamida biz internetda xohlagan maqsadlarimizga erishishimiz imkoniyati yuqori. Ko‘plab tadqiqotchilar bulutli hisoblash kelajakda yetakchi texnologiyalardan biri bo‘lishini isbotlaganlar, ammo vaqt, resurs, energetika va internet
    ta’minotidagi kamchilklarni bartaraf etmay turib uning yorqin kelajagi haqida to‘g‘ri prognoz qila olish bir muncha murakkab jarayon bo‘ladi.
    Beshinchidan, albatta, taqdim etilayotgan xizmatning konfidensialligi maksimal darajda himoyalangan bo‘lishi shart. Xavfsizligi ta’minlanmagan xizmatdan foydalanish ko‘p hollarda foydalanuvchilarning zarariga ishlaydi.
    -14-
    Fikrimizcha foydalanuvchilarga yanada qulaylik taqdim etish uchun ushbu turdagi barcha xizmatlarni o‘zida jamlagan yangi ilovani yaratish kerak. Bu yo‘l bilan bir nechta qulayliklar taqdim etiladi:
    – kerakli ma’lumotlarini bir vaqtning o‘zida ko‘ra olish;
    – turli fayllar bilan istalgan bulutlar orasida uzatmalarni amalga oshirish;
    – xotira maydonini yanada kengaytirish;
    – xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar orasidagi raqobatni yanada kuchaytirish.
    Umuman olganda raqamli iqtisodiyot yaqin kelajakning istiqbolli sohasi o‘laroq shakllanish jarayonida uning barcha tashkil etuvchi elementlari, jumladan , bulutli hisoblash texnologiyalarning ham jadal sur’atlarda modernizatsiya qilinishi, uning imkoniyatlaridan ommaviy foydalanishni tashkil etish, davlat va manfaatdor tashkilotlar tomonidan bunday xizmatlarni taqdim etuvchi provayder kompaniyalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash zaruriyati ayni damda juda muhim.

    -15-



    Download 33,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 33,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Tadqiqot metodologiyasi va tahlil hamda natijalar Ommabop bulutli xotiralar xarakteristikasi Hisobni o‘g‘irlash Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar kirish

    Download 33,47 Kb.