|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 24/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2) Pedagogik texnologiya -bu о‘qituvchi (tarbiyachi)ning о‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir kо‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bо‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Pedagogik texnologiya - о‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriY. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, о‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. О‘qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli-harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini о‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar) ning tartibli birligini о‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bо‘yicha pedagogik hamda о‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita). Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, о‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qо‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni о‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qо‘llash va belgilashning tizimli usuli.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quv fanlari, bloklari mazmuniga qо‘yiladigan umumiy talablarida «ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yо‘naltirilganligini ta’minlashi lozim»ligiga alohida ahamiyat berilgan. Albatta, ushbu qо‘yilgan talablar oliy о‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori darajaga kо‘tarish, о‘qitishni yangi metodlar asosida amalga oshirish, talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mexnat kо‘nikmalarini shakllantirish, kasbga bо‘lgan qiziqishini takomil-lashtirish, talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarishini taqozo etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda oliy о‘quv yurti talabalarida kasbiy madaniyat haqidagi bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, kasbiy madaniyat mustaqil fikrlash, mustakil ishlash kabilarning asosiy manbai bulibgina kolmay, balki xar bir shaxsning ijobiy kobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bо‘yicha mehnat xususiyatlarini namoyon etish, imkoniyatlarini oshiradi.
О‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida о‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.
Respublikamiz hukumati kelajakda mamlakatning xomashyo bazasini kengay tirishga,izlash va qidirish ishlarini yangi usullari va texnik vositalari asosida iqtisodiy samaradorligini oshirishga katta e’tibor bermoqda.
Hayot faoliyati xavfsizligi sohasining samaradorligini yanada oshirish, ish joylaridagi xavflarni, favqulodda vaziyatlarni aniqlash va xavf-xatarlarni kamaytirish vazifalar qо‘yilmoqda. Bu vaziflarni bajarishda yangi ish о‘rinlarini yaratilishi, yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalashga bor imkoniyatlarni qaratish lozim.
Pedagogik texnologiya materiallarini modullariga ajratish modullashtirish jarayoni bilan, kichik modul, modullar tо‘plami, birlamchi modul va modul darajasi tushunchalaridan foydalaniladi va quyidagicha ta’riflanadi.
kichik modul,- pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi.
birlamchi modul- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashga dastlabki modul sifatida tanlangan va о‘z tarkibiga bir yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul.
modullar tо‘plami- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi.
Modul darajasi- birlamchi modullarning о‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligiga qarab quyidagi darajalarga bо‘linadi:
Bir о‘quv mashg‘ulotini о‘tkazishga mо‘ljallangan modullar;
О‘quv fanining bir mavzusini, bir bо‘limini, bir qismini yoki hamma tarkibiy bо‘laklarini о‘qitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni bloklar deb ham nomlanadi;
Bir nechta turdosh о‘quv fanlarini yoki ayrim fanlarni о‘qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullari;
DTSning tarkibiy bо‘laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;
О‘quv reja va dasturlarning tarkibiy bо‘laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar;
Ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar;
Pedagogik texnologiya jarayonida qо‘llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.
Algoritm - pedagogik texnologiya bо‘laklari (modullar)ning о‘zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya’ni qoidasidir. Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy bо‘laklarini amalga oshirish jarayonining ketma-ketligini belgilash bо‘lib, kо‘zlangan maqsadga erishish kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning о‘zaro joylashuvi tartibi aniqlanadi. Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg‘ulot yoki uning biror bо‘lagi algoritmi, о‘quv fanini о‘qitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, о‘quvchi faoliyatini, о‘qituvchi faoliyati, о‘zlashtirishni nazorat qilish jarayoni, maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga bо‘linadi.
Pedagogik faoliyatning eng kichik bо‘laklari о‘zaro joylashuvini va shu faoliyatni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi darajasi bо‘lib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega bо‘lgan mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning tо‘liq amalga oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda qо‘llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi.
О‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim. О‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim ning mohiyati. О‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilgan ta’lim-о‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir о‘quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. О‘quvchi-о‘qituvchi hamda о‘quvchi-о‘quvchi hamkorligi kо‘zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini kо‘rib chiqamiz.
Hozirda yangicha metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida tо‘xtalganda interfaol usullarning о‘kuv jarayonida qо‘llanishi tushuniladi.
“3X4” TEXNOLOGIYASI
|
| |