• Ammo xozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit boyicha tuzilgan
  • Xavflar kvantifikatsiyasi
  • Xavflarning nomenklaturasi -




    Download 5,48 Mb.
    bet2/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Xavflarning nomenklaturasi - xavfning muayyan belgisi, xususiyatiga ко`ra sistemaga solingan nom yoki so`zlar ro`yxatini anglatadi.
    Masalan, tibbiyotda qo’llaniladigan dori-darmonlar (xavf) nomenklaturasi bir muncha to’liq tuzilgan. Jumladan, Antibiotiklar: TETRASIKLIN, AMPITSILIN, OKSOSILIN, RIOTSILIN, SEFAZOLIN, SEFAMIZIN va boshqalar. Yoki ko’z dorilari: PILOKARPIN, ALBUTSID. Yoki to`qimalardagi og`riqni qoldiruvchi surtmalar: Kapsikam, Fenalgon, Leotongel, Fastumgel, Dolgit

    Ammo xozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo'yicha tuzilgan:


    Jumladan: ajal, alanga, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik, zo’riqish, yemirilish, yong’in, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, momaqaldiroq, magnit maydoni, meteoritlar, radiatsiya, reanimatsiya, tebranish, tok urmoq, urmoq, ultratovush, xujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxmalak, yadro zaryadi va boshqalar.


    Xavflarni nomenklaturasini bunday tartibda tuzish, insonlar xavfsizligini to’liq ta’minlashda qiyinchilik tug’diradi. Chunki ular muayyan tizimga solinmaganligidan ularning xususiyatlarini to’liq aniqlashda muammolarga duch kelamiz.
    Shuning uchun, xavflarning nomenklaturasini tuzishda har bir ob’ekt uchun, ishlab chiqarish jarayoni uchun, sexlar, ish o’rinlari, texnologik jarayonlar, kasblar va boshqa faoliyat o’rinlari uchun tuzilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.


    Xavflar kvantifikatsiyasi

    Murakkab tushunchalarni sifatini, xususiyatini, oqibatini aniqtashda sonli tavsiflarni joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/sek; km/soat), magnitudali va boshqa usullari qo'llaniladi. Xavflar oqibatini baholashda “tavakkal” qo’llaniladi. Tavakkal- xavflarni son jihatidan baholashdir. Xavflarning oqibatini sonli baholashda u yoki bu ko'ngilsiz oqibatlar sonini muayyan davrda (chegarada, vaqtda, xududda) bo'lishi mumkin bo'lgan songa nisbatidir.




    MISOL-1 Biror ishlab chiqarishda, agar har yili 15000 odam o’lsa, o’rtacha ishlaydiganlar soni 15 mln. bo`lsa, u holda inson o’limi tavakkali quyidagicha topiladi:
    O’lim tavakkali = (1,5*104)/(i,5*10-4) = l*108
    MISOL-2 Biror mamlakat aholisi 200 mln.bo’lsa, turli xavf-xatarlar oqibatida 500 ming odam o’lsa, u holda mamlakatdagi aholining o’lish tavakkali quyidagicha bo’ladi:
    O’lim tavakkali= (5·10·3)/(2·10·-3) =2,5·106



    Download 5,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




    Download 5,48 Mb.