• Radioaktiv nurlar
  • Tabiiy radioaktivlik
  • Radioaktiv yemirilish qonuni
  • Yarim yemirilish davri
  • Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani 55 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi xolmirzayeva sayyoraning Fizika fanidan “Radioaktiv yemirilish qonuni” mavzusida tayyorlagan taqdimoti




    Download 0,82 Mb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #232364
    Bog'liq
    Radioaktiv Yemirilish

    RADIOAKTIV YEMIRILISH


    3G FIZIKA YAKUBOV VALI

    Radioaktiv nurlar.

    Fransuz fizigi A.Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius – nur so‘zidan olingan), radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.

    Radioaktiv nurlar

    Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikulyar yo`nalgan magnit maydondan o`tkazilgan nur uchta: alfa, betta, gamma-nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi elektronlar oqimi, uchunchisi esa gamma – kvantlar (fotonlar) oqimidir.

    Tabiiy radioaktivlik

    Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element– poloniy (Po) va radiy (Ra)larni ajratib olish sharafga muyassar bo‘ldilar. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40k, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.

    Tabiiy radioaktivlik

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

    Tabiiy radioaktivlik deb, nostabil izotoplar

     atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi.

    Radioaktiv yemirilish qonuni

    Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo‘lgan yadro esa bola yadro deyiladi. Xo‘sh, bu yemirilish biror qonunga bo‘ysunadimi? Ko‘plab tajribalarning ko‘rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan kamaya boradi. Ba’zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro‘y bersa, ba’zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodify hodisadir. Shuning uchun, u yoki bu yadroning berilgan vaqt oralig‘ida yemirilishi statistika qonunlariga bo‘ysunadi.

    Radioaktiv yemirilish qonuni

    Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida yemirilish ehtimoli bilan aniqlanadigan kattalikdir. U  λ harfi bilan belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi.Agar boshlang`ich moment t=0 da N0 ta radioaktiv atom mavjud bo`lsa, t momentda qolgan radioaktiv atomlarning soni quyidagi qonunga muvofiq aniqlanadi.


    Bu yerda e~2,72-natural logarifmning asosi. Yuqoridagi ifoda esa radioaktiv yemirilish qonuni deyiladi.

    Yarim yemirilish davri

    •  

    Aktivlik

    •  

    Radioaktiv elementlar oilasi

    •  

    Download 0,82 Mb.




    Download 0,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani 55 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Fizika fani o’qituvchisi xolmirzayeva sayyoraning Fizika fanidan “Radioaktiv yemirilish qonuni” mavzusida tayyorlagan taqdimoti

    Download 0,82 Mb.