• 4-ma’ruza. Axborot resurs markazlari va ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish. Axborot resurs markazi(kutubxona) tarixi
  • «Yangi adabiyotlarni ochiq kо‘rigi»
  • Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar




    Download 5,48 Mb.
    bet8/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    1. Ta’lim jarayoni qanday tashkillartiriladi?

    2. Oily ta’limni boshqarish qanday?

    3. Ilg’or rivojlangan mamlakatlarda oily ta’lim tizimli qanday tashkil etilgan?



    4-ma’ruza. Axborot resurs markazlari va ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish.


    Axborot resurs markazi(kutubxona) tarixi
    Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, - «Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan о‘rni, miqyosi va shuxrati bevosita о‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Yoshlarni zamonaviy Fan-texnikaning, umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bо‘lib yetishishiga sharoit tug‘dirmay turib, biz respublikamiz xalq xо‘jaligini, sanoat ishlab chiqarishi sohalarini tubdan о‘zgartira olmaymiz»
    Darhaqiqat, yoshlar aqlan va jismonan yetuk inson, malakali mutaxassis bо‘lib yetishlarida va ularni axborot resurslari bilan ta’minlashda Axborot resurs markazi(kutubxona)ning о‘rni beqiyosdir.
    Universitet professor-о‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirantlar, talabalar ARM(kutubxona) xizmatidan о‘zlarining ilmiy, amaliy ishlarida foydalanadilar.
    ARM(kutubxona)ning umumiy fondi 1 yanvar 2006 yilga kelib 1082225 nusxani tashkil qilgan bо‘lsa, 1.01.2009 yilga kelib 1111728 nusxani tashkil qildi.
    ARM(kutubxona) fondi: о‘quv-darsliklar, ilmiy-texnik, ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy nashrlar, vaqtli matbuot nashrlari, texnika fanlari bо‘yicha doktorlik, kandidatlik dissertatsiyalari, avtoreferatlar, magistrlik dissertatsiyalari, elektron axborot tashuvchilaridan iborat.
    2016 yilda (iyun holatiga kо‘ra) yagona kitobxonlik guvoxnomasi bо‘yicha ARM(kutubxona)ga a’zo bо‘lgan foydalanuvchilar soni 10225 kishini tashkil etib, shundan 9455 foydalanuvchi talabalardir. Axborot resurs markazi foydalanuvchilariga xizmat kо‘rsatish ishlari ilmiy adabiyotlar, о‘quv-darsliklar, badiiy adabiyotlar va ma’lumot-bibliografiya bо‘limi, qiroatxonalar, elektron kutubxona, 5 ta tarmoq ARM(kutubxona)lari va 72-Talabalar turar joyidagi qiroatxona tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun kutubxonalararo xizmat kо‘rsatish bо‘linmasi ham mavjud bо‘lib, ARM(kutubxona)da yо‘q bо‘lgan nashrlarni boshqa kutubxonalardan ma’lum muddatga qiroatxonadan foydalanish uchun olib beradi.
    Foydalanuvchilarga yordam maqsadida ARM(kutubxona)mizda Prezident asarlari asosida va turli mavzu va sanalarga bag‘ishlangan kо‘rgazmalar doimiy ravishda tashkil etiladi.
    Har oyda 3 kun davomida «Yangi adabiyotlarni ochiq kо‘rigi» tashkil qilinib, о‘qituvchi va talabalar taklif qilinadi. Har oyda yangi kelgan adabiyotlar rо‘yxati tuzib boriladi.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish tо‘g‘risida» 2006 yil 20 iyun PK-381 sonli qarori va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Axborot resurs markazlari faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida» 2006 yil 29 dekabr 295-sonli buyrug‘iga, ToshdTUning 2007 yil 1 martdagi 51sonli buyrug‘iga asoslangan holda kutubxonamiz AXBOROT RESURS MARKAZI (kutubxona) deb nomlandi.
    ARM(kutubxona)ning ichki ish jarayonidan foydalanish uchun 12 kompyuter lokal tarmog‘iga ulangan. ARM(kutubxona) IRBIS dasturi bilan ta’minlangan bо‘lib, avtomatlashtirilgan ish joyi tarmog‘idan hamma kutubxonachilar о‘z ish jarayonlarida foydalanadilar. Avtomatlashtirilgan ish joyi «Komplektator» ma’lumotlar bazasida fondga yangi olingan resurslar haqida ma’lumotlar kiritiladi. Avtomatlashtirilgan ish joyi «Katalogizator» ma’lumotlar bazasiga yangi olingan adabiyotlar va shu bilan birgalikda retro nashrlar ham kiritiladi. Xozirgi kunda Elektron katalogning Ma’lumotlar Bazalariga jami 52 114 bibliografik yozuvlar kiritilgan. «Dissertatsiya» va «Dissertatsiya avtoreferatlari» ma’lumotlar bazasi mavjud bо‘lib, bunda jamiki texnikaga oid bо‘lgan va ARM (kutubxona)da saqlanayotgan dissertatsiyalar, avtoreferatlar qayd etilgan. ARM (kutubxona)da 2006 yildan boshlab magistrlik dissertatsiyalari fondi tashkil etildi. Bu dissertatsiyalar IRBIS programmasining «Magistrlik dissertatsiyalari» ma’lumotlar bazasida aks ettirilib bormoqda. ARM(kutubxona)ga kelgan xorijiy va davlat tilidagi jurnallar ham ma’lumot bazasida aks ettirib boriladi. ARM(kutubxona) kataloglar xonasida va fakultetdagi tarmoq ARM(kutubxona)larida foydalanuvchilar uchun kompyuterlar qо‘yilgan bо‘lib, undan foydalanuvchilar о‘zlariga kerak bо‘lgan axborot resurslarni oson, qulay, va tez topish imkoniyatiga egalar. ARM(kutubxona) universiteti korporativ tarmog‘iga ulangani bois, universitetdagi har bir kafedra va bо‘limlar о‘z ish о‘rinlardan elektron katalogdan foydalana oladilar. «Chitatel» ma’lumotlar bazasida ARM(kutubxona)ga a’zo bо‘lgan foydalanuvchilar shaxsi bо‘yicha ma’lumotlar qayd etilgan.
    Foydalanuvchilar talablariga tez va tо‘liq javob olishlari uchun avtomatlashtirilgan kuyidagi ma’lumotlar bazasi tuzilgan bо‘lib, doimiy ravishda yangi axborotlar bilan tо‘ldirib boriladi:

    • “О‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari”;

    • “О‘zbekistonda va chet elda oliy ta’lim”

    • «О‘zbekiston iqtisodiyoti».

    Elektron axborot resurslari qiroatxonasida foydalanuvchilar uchun serverga ulangan kompyuterlar mavjud. Elektron katalogning ma’lumotlar bazasida universitet professor-о‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ma’ruzalar matni, darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalarning tо‘liq matnlarning elektron versiyalari joylashtirilgan. Bu yerda foydalanuvchilar ma’ruzalar matni, darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalarni elektron versiyalarni о‘qish, disklarga kо‘chirish imkoniyatiga ega bо‘lib, о‘quv jarayonida о‘zlari uchun kerak bо‘lgan ma’lumotlarni olishda keng foydalanadilar. Elektron axborot resurslari qiroatxonasida foydalanuvchilar INTERNET tarmog‘idan bepul foydalanadilar.
    Hozirgi kunda ARM(kutubxona)da 47ta xodim faoliyat kо‘rsatmoqda.
    TDTU Asosiy kutubxonasi 87 yillik ish faoliyatiga ega ziyo maskani hisoblanadi.
    U 1929 yili О‘rta Osiyo industrial instituti tarkibida tashkil qilingan. Juda kichkina sonli jamoa tomonidan kutubxonaning asosiy kitob zahirasini yaratish ishiga asos solingan. Dastlab, ishni kutubxona faoliyatida katta ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumot-bibliografiya tizimini yо‘lga qо‘yishdan boshlash kerak bо‘ldi.
    Bugungi kunda kutubxona О‘zR oliygohlarining kutubxonalari ichida nufuzlisi hisoblanadi.
    Kutubxona zahirasining salmog‘i 1mln. nusxadan ortiq. Nashrlar asosini о‘quv-darslik, ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda davlat tilidagi, rus va uzoq Yevropa tillardagi adabiyotlar tashkil qiladi. Shuni e’tirof etish kerakki, kutubxonada respublika va MDH davlatlarining vaqtli matbuot namunalarini jamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Zahiradagi mavjud nashrlar ichida mualliflik referatlari, dissertatsiyalar, universitet olimlarining qо‘lyozmalari va ular tomonidan yaratilgan ilmiy ishlarning tо‘plamlari ham saqlanadi. Kutubxonada juda noyob bibliografik ma’lumot manbalari mavjud.
    Bugungi kunda kutubxona tasarrufida 5 ta sohaviy tarmoq kutubxonasi, 8 ta qiroatxona, kitoblarni jamlash, kitoblarga ilmiy-texnik ishlov berish, ma’lumot-bibliografiya kabi bо‘limlar va о‘quv-darslik, ilmiy, badiiy bо‘linmalardan iborat.
    Kutubxona yagona kitobxonlik guvohnomasiga asosida foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatmoqda. Asosiy va tarmoq kutubxonalarining xizmatidan universitetning professor-о‘qituvchilar jamoasi, yordamchi xodimlar, talabalar va boshqa turdosh oliygohlarining mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Kutubxona faoliyatining kо‘p qirraliligi nafaqat Toshkent shahridagi kitobxonlarning talabini, balki respublikamiz doirasidagi kitobxonlarning ham talablarini qondirishga qо‘l kelmoqda.
    1996 yildan esa, kitobxonlarga xizmat kо‘rsatishda axborot texnologiyalarini qо‘llashga e’tibor berilmoqda. Universitetda yо‘lga qо‘yilgan mahalliy tarmoq xizmati asosida barcha fakultet kutubxonalarida EK yordamida adabiyotlarni izlash imkoniyatlari yaratilgan. «IRBIS» dasturidagi kompyuter xizmati о‘z navbatida AIJ (ARM)-Katalagizator vositasida JAMLASH, KITOBXON va MA’MURIY TARMOQ ishi boshqarilmoqda.
    Bugungi kunda EK 52114 nomdagi bibliografik ma’lumotlarning qaydi mavjud bо‘lib, alohida rukndagi: «О‘zR prezidentining farmonlari va О‘zR hukumatining qarorlari», «Oliy ta’lim О‘zR va chet elda», «Dissertatsiyalar», «Mualliflik referatlari» kabi ma’lumot bazalari yaratilgan.
    Kutubxona mahalliy tarmog‘ining universtitet korporativ tizimiga ulanganligi bois, har bir xodimga о‘z ish о‘rnida turib, EK kerakli adabiyotni izlash imkonini beradi.
    Kutubxona Respublika miqyosidagi eng yirik kutubxonalarning Jamlama EK ni yaratuvchi Uyushmasiga kirgan.
    Kutubxona xodimlari Respublikamiz anjumanlarda, seminarlarda faol qatnashadi.
    Kutubxona tuzilishi

    Download 5,48 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    Download 5,48 Mb.