|
Dars tahlili. (I. Bilolov, A. Oxunov) Sana
|
Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 26,45 Kb. | | #253524 |
Bog'liq Dars tahlili (A.Oxunov)
Dars tahlili. (I.Bilolov, A.Oxunov)
Sana: 30.04.2024-yil 10:30 -11:20
Dars soati: 4-soat
Ustoz: Huvaydo Turg`unova
Sinf : “10-A” sinf (16 nafar)
Mavzu: Python dasturlash tiliga kirish
Sana va mavzu doskaga yozilgan.
10:30 -10:35 - Ustoz o’quvchilar salomlashdilar va o’quvchilar davomatini oldilar.
10:35-10:55 – Ustoz o’tilgan mavzu (Ochiladigan ro’yhatni yaratish) mustaxkamlash yuzasidan o’quvchilarga “Aqliy hujum” va “Blits so’rov” metodi orqali savollar berdi.
“Aqliy hujum” savollariga 7 nafar o’quvchi to’g’ri javob berdi, 1 nafari no’to’g’ri javob berdi.
“Blits so’rov” savollariga 6 nafar o’quvchi tez va aniq javob berdi, 3 nafari savolga to’liq javob bera olmadilar.
10:55-11:10 – Ustoz mavzuni tushuntirishni boshladilar. Python dasturlash tili haqida tushuncha berdi va undagi ishlovchi dastur kodlari haqida aytib berdi. O’quv dasturi bo’yicha Python dasturida savdo do’konidagi mavjud maxsulotlar misolida tushuntirib berdi.
1 nafar o’quvchi (Alovuddinov Sardor) darsga tayyorgarlik ko’rmasdan kelgan. 2 nafar o’quvchining xulqi yomon (G’ulomjonov Abdullox), o’zlashtirishi past (Qosimov Saidafzalxon) darajada ekanligi aniqlandi.
11:10-11:20 – Darsning amaliy qismida o’quvchilarga “1C” dasturida sinfdagi o’quvchilar xaqida ma’lumotlar bazasini shaklantirish bo’yicha topshiriq berildi.
Ushbu topshiriqni 16 nafardan 8 nafari yaxshi, 5 nafari qoniqarli qolgan 3 nafari qoniqarsiz tarzda topshiriqni bajardilar va bajarilgan topshiriqlariga munosib ravishda o’z baxolandilar.
2 nafar o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilarga mustaqil shug’ullanish uchun alohida uyga vazifa berildi.
Dars yakunlandi.
Dars tahlili bilan tanishdim:
Informatika va axborot
texnologiyalari fani o`qituvchisi: H. Turg`unova
Dars tahlilini tayyorladi:
Amaliyotchi: A. Oxunov
Amaliyot raxbari: I.Bilolov
|
| |