|
-ma’ruza. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi qonunlarining mazmun-mohiyati*
|
bet | 10/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)5-ma’ruza. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi qonunlarining mazmun-mohiyati*.
О‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qо‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini rо‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini о‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bо‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
*Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-ma’ruza. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi qonunlarining mazmun-mohiyati*
|