|
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
|
bet | 12/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va kо‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi о‘qish natijalariga kо‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
yuqori malakali о‘qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan tо‘ldirib borishni ta’minlash;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan о‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga kо‘maklashish;
professional treningning ilg‘or texnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy о‘zlashtirib olish.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va о‘smirlarning ta’limga bо‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bо‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yо‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
ta’lim berish va kamol toptirishga yо‘naltirilgan xizmatlar kо‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini kо‘paytirish;
milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
о‘quvchilarning bо‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Kadrlar tayyorlash tizimida fan
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni о‘z ichiga oladi, bu sohada:
tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari tо‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, о‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bо‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bо‘ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va о‘zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yо‘li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;
ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini о‘quv-tarbiya jarayoniga о‘z vaqtida joriy etish mexanizmini rо‘yobga chiqarish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash;
ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni rо‘yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obrо‘ e’tibori va ijtimoiy maqomini oshirish;
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan о‘zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini kо‘paytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan kо‘rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish.
Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yо‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u:
turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bо‘lgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;
о‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni о‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz ta’lim tizimiga kо‘maklashadi;
muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi о‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
ta’lim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, о‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yо‘llar bilan ta’minlanadi:
ta’limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qо‘shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
ta’lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash);
ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;
pedagog kadrlarning ilg‘or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;
ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish;
ishlab chiqarish amaliyotini о‘tish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari bilan ta’minlash;
о‘zaro integratsiyalangan ta’lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yо‘nalishlari
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yо‘nalishlarni qamrab oladi:
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash
Ta’limning о‘z ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bо‘yicha raqobatbardosh ta’lim muassasalari vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarini hududiy yо‘nalishga о‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini о‘zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi ta’minlanadi.
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini kо‘zlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qо‘llab-quvvatlash ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali о‘qituvchilar tayyorlash bо‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun о‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish
Kadrlarni о‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yо‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bо‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
Pedagog kadrlarning obrо‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb kо‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning yangi shakl va uslublari, о‘quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
О‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qо‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan о‘zaro puxta hamkorlik qiladilar.
(4.4-bandining ikkinchi xatboshi О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 apreldagi О‘RQ-87-sonli Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2007 y., 15-son, 150-modda)
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va о‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus о‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, о‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni о‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan о‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning о‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim tizimini boshqarish
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan о‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yо‘li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta’limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xо‘jalik faoliyati olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda о‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan о‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga kо‘ra ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatish huquqi beriladi.
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini о‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta’lim muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish
Ta’lim boshqaruvi organlariga bog‘liq bо‘lmagan, kasb-hunar ta’limi sifatini attestatsiyadan о‘tkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, о‘quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
Ta’lim tizimini moliyalash
Ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning kо‘p variantli (byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining о‘zini о‘zi pul bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni tо‘lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqei kuchayib boradi.
Pullik ta’lim xizmatlari kо‘rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qо‘yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining daromadlari kо‘payishi ta’minlanadi.
Moddiy-texnika ta’minoti
Har bir mintaqaning demografik va jug‘rofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmog‘i barpo etiladi. Ta’lim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda о‘qishga imkon qadar kо‘proq qamrab olinadi.
Mavjud ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va yangi ta’lim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta’minlash choralari kо‘riladi.
О‘quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, ta’limning texnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qо‘llab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, о‘quv, о‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.
Ta’lim xizmati kо‘rsatish bozorini rivojlantirish
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yо‘li bilan ta’lim xizmati kо‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari rivojlantiriladi, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, ta’lim xizmati kо‘rsatish bozori davlat yо‘li bilan boshqarib boriladi. Asosiy ta’lim dasturlarida nazarda tutilmagan konsultativ va qо‘shimcha ta’lim xizmatlaridan iborat pullik ta’lim xizmati kо‘rsatish tizimi rivojlantiriladi.
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash
Pedagogik faoliyatning obrо‘-e’tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati rо‘yobga chiqariladi. Ta’lim oluvchilarning va pedagoglarning о‘qishi, sog‘ligi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash organlari bolalar hamda о‘quvchi yoshlarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni kо‘radilar. О‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtirishga qaratilgan yо‘nalishini rо‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar ta’minlanadi. Ta’lim oluvchilarning tibbiy-gigiyena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bobidagi faolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar takomillashtiriladi. Sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar о‘tkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qо‘llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rag‘batlantiriladi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qо‘llab-quvvatlanadi.
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish
О‘quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rag‘batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qо‘llab-quvvatlanadi. Ilg‘or texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yо‘nalishlari rо‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va о‘quvchilar almashish kengayadi. Ta’lim tо‘g‘risidagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, О‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.
Milliy dasturni rо‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:
Milliy dasturning yо‘nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta’minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari belgilanadi;
Milliy dasturning aniq yо‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb etiladi;
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi;
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli rо‘yobga chiqarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar о‘tkazish orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng kо‘lamda tushuntirish ishlari olib boriladi;
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta’minlanadi;
ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi:
uzluksiz ta’limning tegishli turlari uchun davlat ta’lim standartlariga qо‘yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
umumiy о‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan iborat ta’lim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
о‘rta umumiy ta’limga ega bо‘lgan о‘quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan tо‘la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, jug‘rofik xususiyatlari va kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish;
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan о‘qituvchilar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish;
ta’lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ta’lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;
professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamg‘armasi tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash;
uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni faol о‘rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni о‘rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, о‘zbekcha-chet tillar lug‘atlarini, davlat tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish;
uzluksiz ta’lim sohasi о‘qituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qо‘llab-quvvatlash, ularning mehnatiga haq tо‘lash va rag‘batlantirish tizimini qayta kо‘rib chiqish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bо‘yicha ta’lim tizimi boshqaruviga bog‘liq bо‘lmagan yagona davlat xizmatini tashkil etish;
ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash;
kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlarga bо‘lgan talab va taklifni о‘rganishni tashkil etish, ta’lim xizmati kо‘rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.
|
| |