|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 15/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Rezyume qilish – bu xulosa qilish. Qisqacha xulosa qilinadigan jumla –bu sо‘zlovchi nutqining «aylantirilgan» shakli, uning asosiy g‘oyasi.
Rezyume matnidagi ibora va sо‘z birikmalari namunalari
- Shunday qilib, …
- Tasdiqlash mumkinki …
- Asosiy g‘oya binobarin, quyidagicha bо‘ladi ...
- Aytib о‘tilganlarni jamlaymiz
Sо‘zga chiqishda oddiy xatoliklar
1) asosiy fikrni qabul qilishga xalaqit beradigan xorij atamalari va tushunchalarini suiste’mol qilish;
2) parazit sо‘zlar: «mana», «demak» va shu kabilar uchrashi;
3) ovozning haddan tashqari yuqori bо‘lishi: bu kabi nutqni tinglovchilar 8-10
daqiqadan sо‘ng qabul qila ololmaydilar;
4) 14-15 sо‘zdan oshiq bо‘ladigan sо‘z birikmalarini tо‘zish: bu kabi jumlalar
qabul qilinmaydi, grammatik tuzilma murakkabligi tufayli mohiyat tushunarsiz
bо‘ladi;
5) bir maromdagi intonatsiya, ma’ruzaning e’tiborli joylarida urg‘u bermaslik va shu kabilar.
ILMIY TARZDAGI MATNNI YOZISH QOIDALARI
Statya II. Tayyorlov bosqichi
Ushbu bosqichda quyidagi ishlarni bajarish zarur:
• ma’lumotlarni yig‘ish (kuzatish, о‘qish, suhbatlashish, sо‘rov va boshq.);
• ushbu mavzu bо‘yicha Siz nima deya olasiz asosiga binoan g‘oyalarni tanlash va tahlil
qilib chiqish;
• bu haqda qanday qilib yaxshi yozish tо‘g‘risida fikrlash (klaster, konseptual sxema
qurish);
• «nima bilaman va nimani aytishni xohlayman?» mavzusi bо‘yicha qidirish-T-
sxemalar, Venn diagrammasi, klaster kabi grafik tashkil etuvchilar yordamida shaxsiy fikrlarni jamlash va tashkil etish.
1-bosqich. Ishning variantini – xomaki matnni yaratish
Ushbu bosqichda quyidagilar zarur:
• «xomaki» kо‘rinishda yozish;
• faqat о‘zining g‘oyasiga fikrni jamlash, shakl va orfografiya, tо‘g‘ri ifodalash haqida
vaqtinchalik e’tiborni qaratmaslik;
• bо‘sh qator tashlab yozish: tо‘g‘rilash jarayonida yangi matnni kiritishga joy bо‘ladi.
2-bosqich. Tо‘g‘rilash
Ushbu bosqich xomaki nusxani yaxshilashdir. Unda siz xomaki nusxada belgilashlar, zaruriy о‘zgartirishlar qilasiz. Bunda siz strelkalardan, qо‘shimcha varaqalarini yopishtirish va boshqa usullardan foydalanishingiz talab etiladi.
Tо‘g‘rilash jarayonida о‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz zarur:
• barcha matnlar bosh mavzuga taaluqlimi?
• qо‘shimcha ma’lumot talab etadigan joy mavjudmi?
• asosiy fikrni ta’kidlash uchun qandaydir sо‘zni qо‘shish yoki olib tashlashga zarurat
bormi?
• fikr aniq yoki mavhum holda ifoda etilganmi?
• matn mantiqan shakllantirilganmi?
• kirish qismi ravon yozilganmi?
• xulosa ishonchlimi, u fikran tо‘g‘rimi? Xulosa matn boshlanishi bilan qanday bog‘langan?
3-bosqich. Tahrir qilish yoki о‘qib tо‘g‘rilash
Ushbu pirovard bosqich matnning xomaki varianti tuzilgan va unga tegishli о‘zgartirishlar kiritilgandan sо‘ng boshlanadi. Sizning vazifangizga matn orfografik, grammatik va stilistik xatoliklarga ega bо‘lmasligi kiradi. Buning uchun о‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz lozim bо‘ladi:
• barcha sо‘zlar tо‘g‘ri yozilganmi? (Yozilishi tо‘g‘ri ekanligiga ishonchingiz yо‘q sо‘zlar tagiga chizing va uni yana bir marotaba lug‘at bо‘yicha tekshirib kо‘ring);
• barcha gaplar tugallangan fikrga egami?
• alohida gap bо‘laklariga ajratish mumkin bо‘lgan uzun jumlaga ega bо‘lgan gaplar matnda uchramaydimi?
• tikish belgilaridan: vergul, tire, ikki nuqta, nuqta vergullardan tо‘g‘ri foydalanilganmi?
• barcha xat boshilarda chekinishi amalga oshirilganmi? (Har qanday yangi fikr xat boshidan boshlanadi).
1. Siz uchun
a) qiyin bо‘lmagan
b) unchalik qiyin bо‘lmagan
v) katta qiyinchiliklar yaratadigan ilmiy tarzdagi matn turlarini sanab bering.
2. Siz u yoki bu ilmiy tarzdagi matnlarni yozishingizda qanday
qiyinchiliklarga duch kelasiz:
a) til bilan bog‘liq (grammatik, leksik) qiyinchiliklarga;
b) mazmunni ifoda etishdagi (ifoda etilganning mantiqiyligi, bog‘liqligi) qiyinchiliklarga;
v) matnning asosiy turlari xususiyatlarini va uni tashkil etish qoidalarini bilmaslikdan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga;
g) matnni rasmiylashtirish qoidalarini bilmaslikdan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga.
|
| |