|
Dasturning maqsad va vazifalari
|
bet | 11/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Dasturning maqsad va vazifalari
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni rо‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona о‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini kо‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat kо‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida о‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qо‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bо‘lishini va hayot о‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
О‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bо‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Shaxs
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bо‘yicha mehnat qilish huquqi rо‘yobga chiqariladi.
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan о‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi kо‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat kо‘rsatish sohasida faoliyat kо‘rsatadi va о‘z bilimi va tajribasini о‘rgatishda ishtirok etadi.
Davlat va jamiyat
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bо‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va о‘z malakasini oshirish huquqlari rо‘yobga chiqarilishiga;
Majburiy umumiy о‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yо‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
Ta’lim oluvchilarning о‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashga;
Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Uzluksiz ta’lim
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
Uzluksiz ta’limning faoliyat kо‘rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda о‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga о‘tilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bо‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit о‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta’limning milliy yо‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, О‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning о‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yо‘naltirilganligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’limni isloh qilish
Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, о‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan о‘zgartirish;
majburiy umumiy о‘rta ta’limdan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga о‘tilishini ta’minlash;
maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi о‘quv muassasalarini vujudga keltirish;
ilg‘or texnologiyalarni keng о‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy о‘zgarishlar, chet el investitsiyalari kо‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bо‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;
ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;
ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish;
uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
tub yerli millatga mansub bо‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular о‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini о‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy о‘rta ta’lim;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining о‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi tо‘qqiz yillik umumiy о‘rta hamda uch yillik о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil о‘tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy о‘rta ta’lim (I-IX sinflar), о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Kasb-xunar ta’limi dasturlarini о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, magistratura) ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda о‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini rо‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bо‘ladi:
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
zamonaviy о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar, texnik vositalar, о‘yinchoqlar va о‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bо‘yicha malakali konsultatsiya xizmati kо‘rsatish imkoniyatini yaratish;
maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Umumiy о‘rta ta’lim
Tо‘qqiz yillik (I-IX sinflar) о‘qishdan iborat umumiy о‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda о‘quvchilarning fanlar asoslari bо‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim о‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy о‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat kо‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bо‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy о‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bо‘yicha olingan baholar kо‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
Umumiy о‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy о‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlik hisobga olinishi lozim;
yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;
hududlarning jug‘rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
о‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;
ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy о‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va о‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash;
о‘quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.
О‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi
Umumiy о‘rta ta’lim negizida о‘qish muddati uch yil bо‘lgan majburiy о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yо‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji о‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq о‘rta maxsus ta’lim beradi. О‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yо‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda о‘quvchilar о‘zlari tanlab olgan ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur о‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar kо‘nikmalarini о‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Bu kо‘nikmalarni о‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida rо‘yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; о‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va kо‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bо‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, о‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli о‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish о‘quvchilarga о‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bо‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida о‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bо‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat kо‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi о‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, о‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
akademik litseylarning о‘quvchilari mehnat faoliyati kо‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining rо‘yxatini ishlab chiqish;
hududlarning jug‘rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bо‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga о‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yо‘nalishi bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida tо‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan sо‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bо‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bо‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun professor-о‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi yetakchi о‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy о‘zgartishlar о‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
о‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va о‘zlashtirish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni о‘qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yо‘nalishini ta’minlash.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy о‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga kо‘ra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga kо‘ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan о‘tkazish tizimini takomillashtirish;
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
|
| |