Matlab tizimining imkoniyatlari




Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana31.01.2024
Hajmi1,99 Mb.
#149036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
matlab




 MATLAB tizimining imkoniyatlari. 
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik xisoblarni avtomatlashtirish 
tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa 
tizimning nomi — MATrix LABoratory- matritsaviy laboratoriyada O’z aksini 
topgan. 
Matritsalar murakkab matematik xisoblarda, jumladan, chiziqdi algebra 
masalalarini echishda va dinamik tizimlar hamda ob`ektlarni modellashda keng 
ko’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob`ektlarning xolat tenglamalarini avtomatik 
ravishda tuzish va echishning asosi bo’lib xisoblanadi. Bunga MATLABning 
kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin. 
Xozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan 
chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. 
Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to’plangan 
matematik xisoblashlar bo’yicha ajribani o’zida mujassamlashtirgan va uni 
grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uygunlashtirilgan. MATLAB tizimi 
ilova kilinadigan katta xajmdagi xujjatlar bilan birgalikda EXMni matematik 
ta`minlash bo’yicha ko’p tomli ma`lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini 
bajarishi mumkin. 
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chikkan va 70-yillarda yndan 
katta EXMlarda keng foydalanilgan. Math Works Inc firmasining mutaxassisi 
Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh 
klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik 
MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar 
bo’yicha jaxondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb kilingan. Xozirgi vaqtda 
tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud. 
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni echishda 
foydalanuvchilarni an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan 
va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta`minlashdir. MATLABning 



imkoniyatlari juda keng. Undan xisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va 
texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin. 
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: 
• 
matematik xisoblashlar; 
• 
algoritmlarni yaratish; 
• 
modellash; 
• 
ma`lumotlarni taxlil qilish-, tadqiq qilish va vizuallashtirish; 
• 
ilmiy va injenerlik grafikasi; 
• 
ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. 
MATLAB ochik axitekturaga ega, ya`ni mavjud funktsiyalarni o’zgartirish va 
yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo’shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi 
Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funksional bloklardan tuzilgan 
modellar ko’rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda 
katga va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo’lgan 
bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar 
yordamida kiritiladi va o’zgartiriladi. 
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga moe 
xolda guruxlarga bulingan: signallar manbalari, kabul kilgichlar, diskret, uzluksiz, 
chizikli bulmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar. 
Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funktsiyasiga ega bo’lganligi 
sababli Simulinkda kushimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini xosil 
qilish mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini 
sozlashdan tashqari, belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi 
interfeysi xosil qilish ham mumkin, Maxsus mexanik, elektr va dasturiy 
komponentlarning (motorlar, o’zgartkichlar, servo-klapanlar, ta`minlash 
manbalari, energetik kurilmalar, filtrlar, shinalar, modemlar va boshka dinamik 
kompanentlar) ishlashini modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan
blokni kelajakda foydalanish uchun bibliotekada saklab kuyish mumkin [39]. 



Keyingi yillarda loyixachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga va 
ulardan birgalikda foydalanishga katta e`tibor bermokdalar. Murakkab matematik 
masalalarni bir necha tizimlar yordamida echish eng yaxshi va mos vositalarni 
tanlash imkoniyatini beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi. 
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad, Maple 
va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli 
protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi 
versiyalarining vositasi — Notebook — Word 95/97/2000/XR matn 
protsessorlarida tayyorlanayotgan xujjatning kerakli joylariga MATLAB xujjatlari 
va sonli, jadval yoki grafik kurinishdagi xisoblash natijalarini kuyish imkoniyatini 
beradi. Natijada "jonli" elektron kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish 
kilinayotgan misollarni operativ tarzda o’zgartirish mumkin. Masalan, boshlangich 
shartlarni o’zgartirib, masalani echish natijalarining o’zgarishini kuzatish mumkin. 
MATLAB 6 da grafiklarni Microsoft PowerPoint -slaydlariga eksport qilishning 
takomillashgan vositalari ham ko’zda tutilgan. 
MATLAB da tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish 1aketlari - 
Toolbox asboblar to’plami yordamida xal qilinadi. Ularning ko’plari boshka 
dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi 
bloklar ko’rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun 
yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan ham integratsiyalashgan. Vizual-
yunaltirilgan dasturlash printsiplariga asoslangan Simulink murakkab qurilmalarni 
yuqori aniklikda modellash imkoniyatini beradi. 
O’z navbatida boshka ko’plab matematik tizimlar, masalan, Mathcad va 
Map1e MATLAB bilan ob`ektli va dinamik bog’lanishi mumkin. Natijada ular 
MATLABdagi matritsalar bilan ishlashning effektiv vositalaridan foydalanishlari 
mumkin. Kompyuter matematik tizimlarining bunday integratsiyalashuv 
tendentsiyasi shubxasiz keyinchalik ham davom etadi. 
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga 
oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi 



va bu kengayish m-fayllar kurinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, 
tizimning kengayishlari kompyuterning qattik diskida saqlanadi va
MATLAB ning 
biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish 
uchun chaqiriladi. 
Tizimning qo’shimcha pogonasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil tadi. U 
tizimni turli sohalardagi masalalarni echishga yo’naltirish imkoniyatini beradi. 
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning mahsus bo’limlari, fizika va 
astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy 
boshqariluvchi tizimlarni loyixalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa 
qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini echish uchun yuqori 
darajadagi moslashuvchanlikka ega. 
MATLAB tizimi kuchli matematik-yo’naltirilgan yuqori darajali dasturlash 
tili sifatida yaratilgan. Bunday yo’nalish tizimning afzalliklaridan biri bo’lib 
xisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab matematik masalalarni echish uchun 
qo’llash mumkinligidan dalolat beradi. 
MATLAB tizimi BASICga o’xshash (Fortran va Paskalning ayrim 
elementlari ham qo’shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko’plab kompyuterdan 
foydalanuvchilar uchun tanish bulgan an`anaviy usulda yoziladi. Bundan tashkari 
tizim dasturlarni har qanday
matn tahrirlagichi yordamida tahrirlash imkoniyatini 
beradi. MATLAB uzining sozlagichli tahrirlagichiga ham ega. 
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har 
kanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U 
hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga 
oshiradi, jumladan, ob`ektga muljallangan va vizual dasturlashni (Simulink 
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalaiish 
tajribali dasturlovchilar uchun o’z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun 
cheksiz imkoniyatlar beradi. 




Download 1,99 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish