• Sxemalarni tahlil qilish.
  • Matlab tizimining imkoniyatlari




    Download 1,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/24
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,99 Mb.
    #149036
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    matlab

    Sxemalarni modellash. Sxemalarni modellash kuyidagi usullardan biri 
    yordamida amalga oshiriladi. 
     1-usul. Agar sxemaga ulchash asboblari ulangan bo’lsa, u ekranning o’ng 
    yuqori burchagida joylashgan 
    knopka yordamida ishga tushiriladi va 
    to’xtatiladi. Usha erda Pause knopkasi ham mavjud bo’lib uning yordamida 
    modellash jarayonining ma`lum xolati kayd qilinadi. 
    2-usul. Ushbu usulda ulchash asboblari (ostsillograf va boshkalar) sxemaga 
    ulanmaydi. Tugunlarning tartib rakamlarini Circuit/Schematic Options/Show nodes 
    komandasi yordamida ko’rinadigan kilinadi. Keyin Analysis menyusi yordamida
    tahlil turi belgilanadi. Masalan, ACHX tahlili Analysis/ AC Frequency 
    komandasi, o’tish jarayonlarining tahlili Analysis/ Transient komandasi,
    o’zgarmas tok bo’yicha tahlil Analysis/ DC Operating Point komandasi
    yordamida bajariladi. Keyin dialog oynasida tahlil parametrlari va modellash
    natijalari ko’rilishi kerak bo’lgan tugunlar belgilanadi ( Nodes for Analysis 
    maydonida). Simulate knopkasini bosib modellash jarayoni ishga tushiriladi.
    Modellash grafiklari Analysis Graphs oynasida hosil bo’ladi. Ushbu oynani to’liq 
    ekranga ochish mumkin.
    Signallarning parametrlarini ikkita vizir chiziq yordamida ko’rish 
    mumkin. Ushbu chiziqlar Toggle Cursors belgisi bosilganda hosil bo’ladi (Toggle 
    Cursors komandasini kontekst menyudan ham bajarish mumkin, grafikning 
    ustida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va Toggle Cursors tanlanadi). Vizir
    chiziqlar sichqoncha yordamida siljitiladi va kerakli joyga olib kelinadi. 
    Signallarning parametrlari dinamik oynada aks etadi.
    Sxemalarni tahlil qilish. EWB dasturida asos qilib olingan ulchash 
    asboblariga ega bo’lgan elektron laboratoriya kontseptsiyasi elektron kurilmalara 
    kechadigan jarayonlarni hisoblash ishini keskin soddalashtiradi. Sxema 
    tuzilgandan va unga kerakli ulchash asboblari ulangandan keyin taxlilni boshlash 


    22 
    uchun Activate/Stop knopkasini bosish etarli. Xuddi real laboratoriyada real 
    ulchash asboblari bilan ishlagandagidek toklar, kuchlanishlar va karshiliklarning 
    hisoblangan kiymatlari ulchash asboblarining ekranlarida ko’rinadi. 
    Modellashning keyingi etapida sxemani o’zgartirish, elementlarni 
    almashtirish, yangi elementlarni qo’shish, asboblarni boshqa nazorat nuqtalariga
    ulash va h.k. ishlarni bajarish mumkin. O’zgartirishlar kiritilgandan keyin
    sxema Activate/Stop knopkasi yoramida qaytadan aktivlashtiriladi. Sxemaga
    ulangan asboblarga mos holda EWB dasturi quyidagi tahlilarni bajarish uchun 
    avtomatik ravishda sozlanadi:
    — DC Operating Point — sxemaning o’zgarmas tok rejimini hisoblash
    (o’zgarmas tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun multimetr, ampermetr yoki 
    voltmetrlar ulanganda); 
    —AC Frequency —chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash (ACHX va 
    FCHX o’lchagichlari ulanganda yoki garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash 
    uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
    —Transient—o’tish jarayonlarini hisoblash (ostsillografdan foydalanilganda). 
    Yuqorida ko’rsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini 
    tashlash yo’li bilan ham bajarish mumkin.
    EWB dasturida sukut bo’yicha sonli integrallash uchun juda katta qadam 
    o’rnatilgan. O’tish jarayonlari tahlili aniqligini orttirish uchun 
    Analysis\Analysis Option\Transient tanlanadi va EWB dasturining quyidagi 
    parametrlari o’rnatiladi: ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ... 0,1.
    EWB dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari 
    quyidagilarni ham bajarish mumkin:
    • spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise), 
    nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);
    • sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta`sirini tahlili (Parameter 
    sweep);


    23 
    • qurilma xarakteristikalariga harorat o’zgarishi ta`sirining tahlili 
    (Temperature sweep);
    • modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining nollari va qutblarini 
    hisoblash (Pole-Zero);
    • o’tkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);
    • komponentlar parametrlari o’zgarganda sxemaning sezgirligini va
    xarakteristikalarining o’zgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte 
    Carlo).

    Download 1,99 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 1,99 Mb.
    Pdf ko'rish