16
Joriy sxema yangi nom bilan saqlanadi. Dastlabki sxema (original)
o’zgarishsiz qoladi. Ushbu komandadan sxemaning
nusxasida eksperimentlar
qilish
uchun foydalanish mumkin
File/Revert to Saved (Revert)
Ushbu komanda sxemani oxirgi marta
saqlanayotgan vaqtdagi
ko’rinishgacha tiklaydi.
File/Import
Komanda sxemalarning nostandart fayllarini (.net yoki .sir kengaytmali)
standart Electronics Workbench ko’rinishiga o’tkazadi.
File/Export
Sxema faylini .net, .scr, .cmp, .cir, .plc kengaytmalardan birida saqlaydi.
File/Print
Komanda sxema yoki asboblarni qisman yoki to’liq bosmaga chiqarish uchun
mo’ljallangan. Ushbu amalni bajarish uchun
elementlar qanday tartibda
bosmaga chiqariladigan bo’lsa shunday tartibda tanlanishi (ajratilishi) kerak.
File/Print Setup (Windows)
Ushbu amal printerni sozlash uchun mo’ljallangan.
File/Exit
Electronics Workbench paketi bilan ishlashni tugallash.
File/Install (Windows)
Electronics Workbench dasturining qo’shimcha komponentlarini o’rnatish.
Buning uchun Electronics Workbench dasturining qo’shimcha
komponentlari
yozilgan disk zarur bo’ladi.