• Modellash dasturining tarkibi.
  •   2.1. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi




    Download 1,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/24
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,99 Mb.
    #149036
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    matlab

     


    10 
    2.1. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi 
    Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksining qisqacha 
    tavsifi. Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish 
    katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan
    ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter 
    texnologiyalaridan foydalaniladi.
    Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni 
    dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. U
    elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy 
    o’quv yurtlarida qo’llanilishi mumkin.
    Electronics Workbench Multisim bilan ishlash kompyuter texnikasi bo’yicha 
    chuqur bilimlarni talab qilmaydi. Dasturning interfeysini bir necha soat 
    davomida o’zlashtirib olish mumkin [19]. 
    Modellash dasturining tarkibi. Hozirgi vaqtda jahonda ko’plab
    kompyuterda modellash dasturlari qo’llanilmoqda. Ular ichida o’quv yurtlarida
    eng ko’p qo’llaniladigan dasturlardan biri Interactive Image Technologies 
    firmasining Electronics Workbench Multisim dasturidir.
    Kompyuterda modellash dasturining tarkibiy sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
    Zanjir elementlarining ma`lumotlar bazasi ko’plab elementlar -rezistorlar,
    kondensatorlar, g`altaklar, diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar va boshqa 
    elementar to’g`risidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan. Ma`lumotlar bazasidagi
    har bir element o’zining ekvivalent sxemasi va parametrlarining tavsifiga ega.
    Qurilmaning sxemasini kiritish uchun ma`lumotlar bazasidan kerakli
    elementlar olinadi (chaqiriladi). Ekranda elementning shartli belgisi, nomi (turi) 
    va asosiy parametrlari hosil bo’ladi. Elementlar bir-biriga simlar bilan ulanadi.
    Modellash dasturida sxemaning ichki tavsifi hosil qilinadi. U sxemadagi
    elementlar, har bir element ulangan tugunlarning tartib raqamlari, har bir
    elementning parametrlari va tugunlarning tartib raqamlari, har bir elementning
    parametrlari va boshqa zarur qo’shimcha informatsiyalarni o’z ichiga oladi.


    11 
    Sxemaning tugunlariga tartib raqamlar avtomatik tarzda berib boriladi. 
    Sxemaning korpusiga, odatda, 0 tartib raqami beriladi. 
    2.1-rasm. Kompyuterda modellash dasturining tarkibiy sxemasi 
    Zanjir uchun tenglamalarni tuzish. Elementlarning tenglamalari (Om qonuni)
    va ulanishlarning tenglamalari (Kirxgof qonunlari)ga asosan amalga oshiriladi.
    Bunda sxemaning ichki tavsifi va elementlarning ekvivalent sxemalaridan
    foydalaniladi. Modellash dasturidagi tenglamalar sonini kamaytirish uchun 
    asosan tugun kuchlanishlari usuli va konturlarning toklari usuli ishlatiladi. Zanjir 
    tenglamalarini tuzish algoritmi juda sodda. Masalan, tugun tenglamalarini
    tuzish jarayoni sxema tugunlari (korpusga ulangan tugundan tashqari) uchun
    tenglamalar tuzish va har bir tugunga ulangan o’tkazuvchanliklarni hisobga
    olishdan iborat. Konturlarni ketma-ket ko’rib chiqish kontur tenglamalarni tuzish
    imkonini beradi. Tenglama tuzish uchun zarur bo’lgan elementlarning
    parametrlari ma`lumotlar bazasidan olinadi.
    Zanjir tenglamalarini echish sonli usullardan foydalanib amalga oshiriladi. 
    Hisoblashlarni kamaytirish uchun har xil turdagi signallar uchun alohida echiladi.
    Ko’pchilik hollarda zanjirlar quyidagi rejimlarda hisoblanadi: 


    12 
    • o’zgarmas tokda (DC rejimi); 
    • kichik garmonik tasirlarda (AC rejimi); 
    • o’tish rejimida (Transiet rejimi); 
    O’tish rejimida tok va kuchlanishlar murakkab tarzda o’zgarishi va
    nochiziqli rejim yuzaga keladigan katta qiymatlarga erishishi mumkin. 
    Nochiziqli tenglamalarni echishda ma`lumotlar bazasidan elementlarning
    nochiziqli xarakteristikalari ham olinadi.
    Natijalarni chiqarish zamonaviy kompyuterlarning modellash dasturlarida 
    grafik (grafiklar, diagrammalar, rasmlar va h.k.) va matn ko’rinishida amalga 
    oshiriladi. Olingan natijalarni monitor ekraniga, printerga chiqarish yoki faylga 
    yozish mumkin.

    Download 1,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      2.1. Electronics Workbench Multisim dasturiy kompleksi

    Download 1,99 Mb.
    Pdf ko'rish