|
1. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish
|
bet | 1/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 49,85 Kb. | | #142610 |
Bog'liq Zulfiya
MUNDARIJA
ASOSIY QISM………………………………………………………
KIRISH………………………………………………………………
1. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish………….
2. Zulfiya Isroilova she’rlarini o‘rganish xususiyatlari………………
3. Umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda Zulfiya hayoti va
ijodini o‘rganish……………………………………………………….
4. Zulfiyaning "Xotiram siniqlari" dostonida ayol ruhiyati …………..
XULOSA……………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..
KIRISH:
Shoira she’rlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga
hayrat ko’zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko’rolmaydigan jihatlarini ilg’ovchi
qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh
Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaBSTRACTligini shunday
eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning
hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat zavq ko’rar edim. Otamday qudratli
odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam qo’lida chaqmoqlar taratishiga boqib,
hayratda qolar edim. Uning qo’llari cho’g’ga aylangan temir parchasini istagan
shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz
otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov
berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham
muyassar bo’lavermas ekan. Mening onam o’zining ta’bincha, “usti butun – ichi
tutun” ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o’ylari
mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi
ma’yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.
Onamning qancha-qancha qo’shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga
aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo’jizalar
yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi
so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy
ayol – onam uyg’otgan…”. Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv
ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g’ajib
tashlay oladigan hijron to’g’risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari
hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha
onaiarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo’lgan she’riyati aslo
eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg’ularining porloq yulduzi charaqlab
turadi
|
| |