|
1. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish
|
bet | 3/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 49,85 Kb. | | #142610 |
Bog'liq ZulfiyaTadqiqot obyekti:
Adabiy ta’lim jarayonida Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish.
Tadqiqot predmetini adabiy ta’lim jarayonida tadqiqot talqini va tahlili
uchun DTSlari, dastur va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi pedagogik
texnologiyalarning amaliyotga tatbiqi tashkil etadi.
1. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish
Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biridir. U o‘zining teran
falsafiy, hassos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o‘zbek
she’riyatida yangi sahifa ochdi.
Butun boshli jamiyatda faqat to‘kislik va go‘zallik haqida qalam tebratish urf
bo‘lgan bir davrda yashagan shoira Zulfiya ijodida, barcha zamondoshlari singari
jamiyat va tabiat go‘zalligini tarannum etuvchi satrlar bisyor. Lekin uning
xazinasida umr yo‘ldoshi Hamid Olimjondan ayrilib qolgan davrda qog‘ozga
“to‘k”ilgan, “yig‘loqi” degan ta’naga sabab bo‘lgan “dard”lari o‘z samimiyati
bilan har qanday o‘quvchini muvozanatdan chiqaradi. Shoira ularda qahramonini
she’rxonga tuydira bilgan, uni firoq o‘tida o‘rtangan ma’shuqaning dardlariga
chinakamiga sherik bo‘lishiga erisha olgan. Zulfiyaning hijron mavzusida yozgan
“Sen qaydasan, yuragim”, “Ne baloga etding mubtalo”, “Sensiz” kabi she’rlari,
tabiat go‘zalligini tarannum etuvchi “Oydinda”, “Bog‘lar qiyg‘os gulda” singari
bitiklari, inson taqdiri, hayot tashvishi va quvonchlariga yo‘naltirilgan “Nevara”,
“Men o‘tgan umrga”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Lobar qizlarga” singari bir
qator ash’orlari u yoki bu davrda umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Adabiyot”
darsliklari tarkibidan ham o‘rin olgan.
Ma’lumki, har qanday badiiy asarni, uning badiiyati va mazmun-mohiyati ne
chog‘lik kuchli bo‘lmasin darslikka kiritaverish imkonsiz. “Adabiyot” darsliklari
uchun tanlangan materiallar adabiy ta’limning maqsadiga xizmat qilishi,
tarbiyalanuvchining yoshi, qiziqishlari, psixologiyasi va intellektual imkoniyatlari
darajasiga mos bo‘lishi, ayni zamonda o‘quvchini ma’naviy komillik sari etaklashi
lozim. Qolaversa, maktab darsliklaridan o‘rin olgan badiiy namunalar maxsus
didaktik ashyolar – savol-topshiriqlar ko‘magida tahlilga tortilsagina kutilgan
natijani berishi mumkin. Aks holda ular shunchaki axborot sifatida qolib
ketaveradi. Badiiy asar asosida tuzilgan savol-topshiriqlar esa shu matn
mazmuniga berkitilgan, o‘quvchi diqqati qaratilishi lozim bo‘lgan, e’tibor qilinib
mohiyatiga kirilgandagina uning ma’naviyatida ma’lum iz qoldirishi mumkin
bo‘lgan detallarga asoslanishi kerak. Bu “Adabiyot” darsliklari mualliflari
zimmasidagi eng murakkab vazifalardan biridir. Muallif, avvalo badiiy matn
mazmuniga singdirilgan haqiqatlarni o‘zi ilg‘ashi, ularni o‘quvchining yoshi,
intellektual imkoniyatlari darajasidagi savol yoki topshiriqqa aylantirishi kerak
bo‘ladi. Bu oson ish emas, albatta.
|
| |