Umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda Zulfiya hayoti va




Download 49,85 Kb.
bet5/6
Sana21.01.2024
Hajmi49,85 Kb.
#142610
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zulfiya

3. Umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda Zulfiya hayoti va
ijodini o‘rganish

So‘z san’atkorlari o‘z xalqining elchisidir. Ular inson fazilatlarini, orzu-


armonlarini o‘z o‘quvchisiga, o‘z muxlislariga, kelajak avlodlarga еtkazib
beradilar.O‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiya ham ana shu toifaga kiruvchi
ijodkorlardan biridir.
Chunki, uning sermazmun sh’riyatida xilma-xil hayotiy, insoniy tuyg‘ular,
fikrlar, g‘oyalar ifodalanadi. Shu bois, uning she’riyati o‘z muxlislarini rom etib
kelgan. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari bu shoiraning nomini yaxshi bilishadi. 6-
sinf darsligidagi Zulfiya haqidagi mavzu ularni yana shoira haqidagi
taassurotlarini kengaytirishda katta ahamiyatga egadir. Bu mavzuga ajratilgan vaqt
2 soatni tashkil etgan bo‘lib, shoira haqidagi ma’lumotga uning ayrim
she’rlarining tahiiliga bag‘ishlangan.
Ajratilgan vaqt qisqaligini inobatga olib, mashg‘ulotni o‘quvchilarning
shoira haqidagi mustaqil ma’lumotlarini aniqlash orqali,qisqacha tarjimayi holi
haqida ma’lumot berishi mumkin.
Ma’lumki, shoira haqida televideniyada ko‘rsatuvlar namoyish qilingan.
Suratlari asosida foto albomlar yaratilgan. Dastlabki suhbatni ko‘rgazmali qurollar
asosida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Chunki o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, vaqtni iqtisod qilish
imkonini beradi. Suhbat orasida Zulfiyaning o‘zi yozgan «Hayot varaqlari» nomli
xotirasidan parchalar o‘qib berish orqali shoiraning tarjimayi holi haqida ma’lumot
berish mumkin. 26
Zulfiya o‘z xotirasini «Mening bolaligim... Toshkentning mahallalaridan
birida o‘tgan» - deb boshlaydi. Shundan so‘ng, bolalik davrining eng muhim
o‘rinlariga, xususan uning hayotida o‘chmas iz qoldirgan onasi haqida so‘z
yuritadi. Otasi haqida, akalari haqida, ular bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari
haqidagi xotiralarini ta’sirli hikoya qiladi, o‘z mehr-muhabbatini, hurmatini bayon
qiladi. Bu ma’lumotlar shoiraning yuksak ma’naviy siymosini ochib berishi bilan
muhim ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Shu bilan bir qatorda uning qanday
oilaviy sharoitda tarbiyalanganligini o‘quvchilar bilib oladilar. Zulfiya bilim
yurtiga o‘qishga kirgach, hayotining boshqa sahifasiga duch kelganligini hikoya
qiladi. Hayotning bu sahifasi esa, u yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy voqealari
bilan bog‘liq, o‘sha davra yollarining taqdirlari bilan bog‘liq lavhalardan
iboratdir15.
Shoiraning 6-sinf darsligiga kiritilgan she’rlarining yaratilish tarixi bilan
bog‘liq lavhalarni ham o‘z xotirasida ishora qilib o‘tadi. Ma’lumki, shoiraning
«Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so‘roqlab» kabi she’rlari,
ustozi, do‘sti, umr yo‘ldoshi Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlan- gandir. Zulfiya
o‘z xotirasida mazkur she’rlarning yaratilish tarixini ochib beruvchi muhim
mulohazalarni keltiradi. U «Hamid Olimjon mening uchun talabchan ustoz, mehrli
do‘st edi. She’rlarimni ilk bor hayajondan titrab unga o‘qirdim. U ayovsiz tahrir
etardi. Yillar o‘tdi, yillarning biri bilan qo‘shilib, Hamid Olimjon ham ketdi. Endi
men satrlarimga uning nigohi bilan qarashga o‘rgandim» - (qarang: «Hayot
varaqlari») deya hikoya qiladi. Zulfiya o‘z xotirasida yillarni, sanalarni
keltirmaydi. Bu ma’lumotlami dars jarayonida, «Zulfiya hayoti va ijodida muhim
sanalar» nomli jadval asosidagi ko‘rgazmali qurol bilan o‘quvchilarni tanishtirish
mumkin. Yoki Zulfiya ijodini maktabda o‘rganish bilan bog‘liq uslubiy
qo‘llanmalardan foydalanish lozimAkademik litseylarning uchinchi bosqichida17 Zulfiyaning «Bahor keldi
seni so‘roqlab» she’ri o‘rganiladi. She’r faqat hijron ohanglaridan iborat bo‘may,
balki bahor tasvirini ifodalovchi, qahramonlar kayfiyatini, shu fasl bilan
bog‘lovchi she’rlar sirasiga kiradi.
Shoiraning mazkur she’rining tahlili jarayonida, o‘quvchilar diqqatini
bahor tasviriga jalb etish, ularda bahorning fazilati, uning ziynati, bu faslda
tabiatda yuz beradigan o‘zgarishlar kabi tushunchalarni anglatish she’rning badiiy
tahlilini anglab еtishga imkon beradi. Bahor haqida tasavvurga ega bo‘lgach,
she’rdagi «.. .bodom guli», «.. ,o‘rik gullari»,«.. ,uyg‘ongan kurlak», «.. yashil
qirg‘oqlar»,«.. .gullar g‘unchasini etdi chok-chok»,«… bahor kuychisi Hamid
Olimjon» kabi badiiy tasvir vositalarini kellirish bilan she’r tahliliga o‘tish
mumkin. She’r bahor tasviri bilan boshlanadi.
Salqin saharlarda bodom gulida,
Binalsha labida, еrlarda bahor.
Qushlarning parvozi, еllaming nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Bu tasvir o‘quvchilarda bahor singari tozarish, yangilanish, uyg‘onish kabi
tuyg‘ularni uyg‘otadi. Keyingi misralarda esa keskin burilish hosil qilib, bahor
kuychisini, shaydosini qo‘msash tuyg‘usini hosil qiladi. Beixtiyor bahor qidirgan
shoir Hamid Olimjon siymosi o‘quvchi ko‘zi oldida gavdalanadi, chunki u ham
bahorni sevar edi. Har bahorni quvonch bilan kutib olar edi.
Shoira keyingi misralarda intoq va tashxis «jonlantirish» san’atini mahorat
bilan qo‘llaydi. Bahorga inson xususiyatlarini ko‘chiradi, uni so‘zlatadi,
hayajonlantiradi.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, 28
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Qishning yoqasidan tutib so‘raydi.
«Toqatlari toq» «bahor shoira yotog‘iga kiradi, Hulkar va Omonning
yuzidan o‘padi». Shoirni u еrdan ham topmagach, «sarsari kezib» shoirani
so‘roqqa tutadi. Hamid Olimjonning fe’l-atvorini, qiyofasini bahor tilidan bayon
etadi. Qarshilantirish usuli bahor tasviri bilan lirik qahramonning ruhiyatini bayon
etadi. Ayriliq azobini his etgan bahor tabiatni larzaga keltiradi, qishning yoqasidan
tutib so‘raydi.
Shoirni topmagach, sabr bardoshi tugab bo‘ronga aylanadi, «Soylarga
qulatadi tog‘lar toshini». She’r shoiraning sadoqati ifodalangan satrlar bilan
yanada go‘zal mazmun kasb etadi. U tushida ham, o‘ngida ham bir daqiqa
unutmaydi, usiz «nafas olmaydi», hijron alamini qalbida saqlab, shoir tugata
olmagan ijod sahifalarini davom ettirajagini alam bilan so‘zlaydi. She’r hayajonli
satrlar bilan yakunlanadi.
Ma’lumki, shoiraning bu she’ri ko‘plab she’riyat muxlislarining e’tiborini
tortgan va yuksak baho berganlar.
Mavzuni yakunlash jarayonida mazkur she’rga yuksak baho bergan Erkin
Vohidovning quyidagi so‘zlarini o‘quvchilarga o‘qib berish mumkin.
«She’riyatimizning hech bir shubhasiz eng nodir durdonalari qatoridan o‘rin
olgan» deya haq gapni aytgan edi E. Vohidov.
Shoiraning «Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh» she’ri ham hijron
mavzusidagi she’rlardan biri bo‘lib, shoiraning Hamid Olimjon bilan birga o‘tgan
baxtiyor damlarini ifodalaydi. Shoiraning mazkur she’rining tahlili bilan
o‘quvchilarni tanishtirishda quyidagi misol bilan mashg‘uIotni boshlash maqsadga
muvofiqdir.
Ma’lumki, Hamid Olimjon bahorni, gullarni, tabiatni sevuvchi shoir bo‘lgan.
Uning «Eng gullagan yoshlik chog‘imda» she’rining yaratilishi bahor va gu29
tasviri bilan bog‘liq. Oshiq shoir bahorda lolazor qirda quchoq-quchoq gullar terib
Zulfiyaga taqdim etganligi tufayli mazkur she’r yozilgan. O‘quvchilarga mana shu
H. Olimjonning she’rini o‘qib bergach, Zulfiyaning «Ko‘rganmiding ko‘zlarimda
yosh» she’rining tahliliga o‘tsa, she’rning g‘oyaviy mazmuni yanada oydinlashadi.
Shoira she’rda Hamid Olimjonning unga tirikligida hadya etgan gullarini
xotirlaydi.
Sog‘ inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo‘1.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog‘ men eltaman gul.
Shafqatsiz taqdir tufayli, endi Zulfiya uning qabriga gul eltadi. Shoir qabriga
kelgan motamsaro ayol iztirob chekadi. Uning bu holatini go‘yo ko‘kda uni
kuzatib turgan parcha bulut uning dardiga hamdard bo‘ladi. U ham lirik
qahramonning yonida turib duv-duv ko‘z yoshi to‘kadi. Ammo, shoir bosh
ko‘tarmaydi. Bu holdan ranjiganday, undan gina qilganday, baxtiyor damlarda
ko‘zyoshi to‘kmaganligini iztirob bilan bayon qiladi.
Biz yig‘ladik tepangda shu kun,
Keldingmi, deb ko‘tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar,
Ko‘ rganmiding ko‘zimda bir yosh?
She’r nihoyatda ravon, bir-ikki o‘qilgandayoq o‘quvchilar xotirasida qoladi.
Shu bois she’rni yod olish uchun uyga vazifa tarzida topshirish maqsadga
muvofiqdir. Zulfiyaning «Tun» nomli she’ri esa badiiy ifodalarga boy, o‘ziga xos
bir kayfiyatni ifodalaydi. She’r tunning kirib kelishini ifodalash bilan boshlanadi.
Tog‘ ortiga o‘tib ketdi kun,
Sekin cho‘kdi toza, salqin tun...
Men deraza ochganim chorbog‘
Sokin uxlar tun ko‘rpasida
So‘ng uyquga ketgan chorbog‘, tungi mayin еl, shabada, iimni allalayotgan
suvning shildirashi kabi tasviro‘quvchini tun og‘ishiga еtaklagandek bo‘ladi. Faqat
bir uyg‘oq qalb, ijodkor o‘zining har doimgi hamrohi qog‘oz, qalam, chiroq
qarshisida bedor. Tunda u o‘z xayoli, faqat u tinglayotgan kuy vositasida tunning
manzarasini chizib beradi. Yoki «so‘z topolmay ifodasiga, rang axtarib shoshib
qolaman» kabi misralarida tungi ijod og‘ushiga kirgan shoiraning holati, hamma
uyquga ketganda, u so‘z olami ichra bedor ekanligini tasvirlaydi. Tundagi ijod
mashaqqati, atrofdagi manzara, ijodkor singari bedor parvonaning harakati,
shoiraning ichki tuyg‘ulari bilan qorishib ketadi. Ijod tuyg‘usi og‘ushida tong
otganini sezmay qoladi.
Zulfiya mazkur she’rida ham go‘zal badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi.
Bir o‘rinda, yulduzlarning ertak so‘zlashini aytish orqali intoq san’atini qo‘llasa,
yana bir o‘rinda, tunning lirik qahramon ko‘zi oldida erib ketishini tasvirlash
orqali husni ta’lil san’atini qo‘llaydi. Husni ta’lil -chiroyli18 dalillash, tasvirga
shoirona biron sabab ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Bu manzarada esa, tunning
shoira ko‘zlarida erib ketishiga sabab tong otganligidir.
Akademik litseylarning uchinchi bosqichida19 Zulfiyaning "Xotiram
siniqlari" dostoni o‘rganiladi.
Zulfiyani doston janridagi ijodiy izlanishlari ham tahsinga loyiq. Shoira turli
yillarda xilma-xil mavzularda “Uni Farhod der edilar”, “Mushoira”, “Vodil
yulduzlari”, “So‘roqlaydi shopirni she’rim”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram
siniqlari” kabi asarlar yaratib, o‘zbek dostonchiligi an’analarini rivojlantirdi.
Soirani “Quyoshli qalam” asari dostonchiligimizda o‘ziga xos quvonchli voqea
bo‘ldi. Dostonda ulug‘adib, sevimli shoir vadonishmand olim Oybekning yorqin
obrazi zo‘r hayajon va katta muhabbat-u, ixlos bilan chizib berilgan.
3.
Zulfiya ijodi “Xotiram siniqlari” (1995) dostoni o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Doston mustaqillik davrining mahsuli bo‘lib, unda mustaqillik dil-dildan
ulug‘langan. Shoira asarda umri davomida o‘zi boshidan kechkan yaxshi va yomon
kunlarini eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik to‘g‘risida
teran poetic mulohaza yuritgan. Sho‘rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dard-
u alamlarini, orzu-istaklarini doston misralari qat-qatiga to‘kib slogan. Shu tarzda
el-yurt ko‘ngliga harorat baxsh etgan. Mustaqillikning buyuk ne’mati haqiqiy
hurriyatni, chin erkinlikni katta quvonch bilan olqishlagan:
Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding...
Pinhona sog‘indim, pinhona kutdim.
Yomg‘irga bag‘rini tutgan sahrodek –
Sening nasimingga qalbimni titdim
Kelding-ey, Istiqlol istiqlol bo‘lib,
Qalbimga nasiming bilan yo‘l solding.
Sen shu hur nazmga ixtiyor berib,
Men og‘ir bulutdek bir yog‘ib oldim...
Zulfiyaning bu lirik dostonida maqsad aniq bo‘lganidek, uning ifodasi ham
kam-u ko‘stsiz. Shoir yangi hayot – mustaqillik haqida hayajon bilan kuylar ekan,
yangi-yangi tashbihlar, yorqin obrazlar yaratgan. Ana shuning uchun ham bu lirik-
falsafiy dostonni 80 yoshli shoira ijodining o‘ziga xos gultoji desa bo‘ladi.
Doston nafaqat istiqlol davri adabiyotida, umuman XX asr oxiri XX1 asr
boshlari o‘zbek poemachiligi takomil tarixida ayricha ahamiyatga ega. Gap asar
mavzui milliy istiqlolga bag‘ishlanganligida emas. Hamma gap, hurriyat uyg‘otgan
milliy g‘urur tuyg‘ularini ta’kidlash asnosida inson ruhoniyati iqlimlariga teran kirib
borganligida, kechinmalar silsilasi asosida erkka intilib yozg‘irgan ruhning suratini
chiza bilganligida ko‘rinadi. Shu ma’noda, doston erk haqidagi erksiz ruhning
nidosi; alamli, iztirobli hayqirig‘i. Ijtimoiy tuzum, hukmron mafkura qaddini
bukkan, xotirasini sindirgan, va lekin, qadrini mahv etolmagan ruhoniyat suratlari,
deging keladi.
Dostonda ijtimoiy tuzum ko‘rguliklaridan yongan, kuygan, va lekin, ado
bo‘lmagan inson ruhi bo‘y ko‘rsatadi. Zo‘ravon zamona zulmidan qontalash insoniy
taqdirlar ko‘z ochadi. Kechinmalarga ko‘chgan qismatlar so‘zlaydi. Dostondagi
tahayyullar tabiati shundan iboratki, lirik qahramon xotirasida tiklangan — singan
takdirlar misolida o‘z yurti, millati boshiga tushgan zo‘ravon tuzum ko‘rguliklariga
qarshi bosh ko‘targan nolalarini satrlarga tizadi.
Onam, "suv boshidan loyqa" derdingiz,
Bilmasdik bu gapda haqiqat zuhur.
Muhtasham binoda sirli, yashirin
Asl yigitlarga qazilardi go‘r...
Va faqat derdtgiz: "soldim xudoga",
Bu qirg‘in doyasi xudosizlar-ku. ...
Sabr-qanoatdan yaralgan elim,
So‘qir ham o‘ziga so‘qmoq izlar-ku20.
Lirik qahramonning yongan so‘zlari, bu-millatni sukutga cho‘mdirgan, so‘qir
dillarni yuzaga keltirgan, shirin yolg‘onlarni katta haqiqat deb bilgan mutelik
psixologiyasiga, gumrohlikka, g‘ofillikka qarshi isyondir. Alamdan, iztirobdan kelgan tuyg‘ular tug‘yoni bu. Mazkur mazmun yo‘nalishi bilan ham asar
erksevar xalqlar ko‘ngliga yo‘l topadi. Lirik qahramon "yallig‘lanib yotar keksa
xotiram", deyishligi bejiz emas.
Eng kichik giyoh ham nazdimda uyg‘oq
Faqat el-elatni sukutda ko‘rdim.
Zo‘ravonliklarga qarshi dilda tug‘yoni toshgan lirik qahramon dard-alamlaridan
hamir qorayotganga o‘xshaydi. Xotira siniqlariga aylangan fig‘on kulchalarini
ulashayotgandek tuyuladi.
"Xotiram siniqlari" Zulfiyaning millatni uyg‘oqlikka, kurashchanlikka da’vat
etuvchi o‘tli nidosi. Ana shu tuyg‘ular tahlilidan bugungi kunlar shukronasi, milliy
istiqloldan g‘urur tuyg‘ulari sizib chiqayotganligini tuyish mumkin.
Ko‘ramizki, g‘urur hissi odamning ijtimoiy hayotdagi mavqei va holatidan,
kelajagi yorug‘ ekanligidan ishonch va qanoat tuygan lahzalarda yuzaga chiqayotir,
o‘zligini dunyoga tanitayotir. G‘urur tuyg‘usi sevinch yoki nafrat hislari singari
tug‘ma emas. Nemis faylasufi Gerder "Insoniyat tarixi falsafasiga oid g‘oyalar"
asarida ta’kidlaganidek, milliy iftixor — tarbiya mahsulidir. Demak, g‘urur
tuyg‘usi odamlar ko‘nglida tarbiyalanadi, kamol topdiriladi. Demak, go‘zallikni
anglash va uning ma’nosini bilish barobarida odamlar ko‘nglida o‘z holatidan qanoat
hosil qilish yoki o‘z ustunligini tuyish hissiyoti paydo bo‘lar ekan. Ushbu ko‘tarinki
kechinma tabiiyki, o‘tkinchi ehtirosning bir ko‘rinishi. Uni barqaror etish uchun u
suv ichadigan ma’naviy-intellektual tayanch omillarini vujudga keltirish lozim.
Ya’ni, kurtak tukkan g‘urur tuyg‘usini vujudimizda o‘stirish, iftixor bog‘lariga
aylantirish har bir millatsevar vatandoshimizning burchi, vazifasidir.
Ma’naviy-intellektual yoki jismoniy mehnati samaralaridan tug‘ilgan g‘urur
tuyg‘usi ko‘ngillarni tog‘dek ko‘taradi. Ko‘ksi osmon qadar kengayib ketgandek
bo‘ladi. Ana shu xalq e’tibori va ehtiromidan yuzaga kelgan rohatbaxsh tuyg‘u,
ma’naviy lazzat hissi inson umrini boqiylashtiradi. Nur umrini nur uzaytiradi-da. Bu ochunda bor narsalarni ham, yo‘q narsalarni ham bildiradigan bosh mezon
— odam. Uning ongi-shuuri borliq bilan yo‘qlikning tabiatini, mohiyatini hamisha
farqlab, ko‘rsatib turadi. Moddiy va ma’naviy-intellektual qadriyatlar boqiy
go‘zalliklar bag‘ridan unib-o‘sib chiqadi. Ana shunday huzurbaxsh asnolarda odam
g‘ururi chek-chegara bilmaydi. O‘zini behad baxtli deb biladi. G‘urur hissining qodir
salohiyati bois inson boqiy baxtga munosib. Baxt esa, baqo guli. U yolg‘iz odamlar
yuragida gullaydi.
Zulfiyani “Mushoira” dostonida hikmatli fikrlar, chuqur mulohaza va
mushohadalar lirika torlariga solinib, ifodalangan. Doston zamonaviy ruh va milliy
tarovat bilan bezangan. Mushoirada qatnashgan shoirlar o‘z mamlakatlarining
tabiat manzaralari zamirida, o‘ziga xos milliy libosida aks ettirilgan hamda
majoziy yo‘l bilan ta;rif-tavsif qilingan. Zulfiya dunyodagi barcha shoirlarning
faqat tinchlikni, faqat ezgulikni kuylashlarini orzu qiladi va o‘z asarlarini anashu
qutlug‘ niyat bilan ko‘tarinki ruhda yakunlaydi:
Davramiz mehrga to‘liq bir olam,
Do‘stlik bari jam
Buyuk mushoira etadi bayon,
Kelingi siz ham!
Zulfiyaning chet el xalqlari hayotini, ularning tinchlik va do‘stlik uchun
kurashini aks ettiruvchi asarlari orasida “Mushoira” dostoni alohida ajralib turadi.
Unda Osiyo va Afrika taraqqiyparvar yozuvchilarining 1956-yilda Hindistonda
bo‘lib o‘tgan konferensiyasi voqealari, she’r bahsi, she’rxonlik hikoya qilinadi.
Shu orqali xalqlar do‘stligi, insonparvarlik va tinchlik uchun kurash g‘oyalari
ustalik bilan olg‘a suriladi.
1. Zulfiya tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?
2. Zulfiya she’riyatining boshqa shoiralar ijodidan farq qiladigan
tamonlari nimada?
3. Zulfiya ijodida hijron mavzusi.
4. Zulfiyaning “Quyoshli qalam” dostonining g‘oyaviy mazmuni va u
kimga atab yozilgan?
5. Shoiraning “Xotiram siniqlari” dostoni haqida ma’lumot bering?
6. Birorta she’rini yozib tahlil qiling.
Shunday qilib, Zulfiya ikkinchi jahon urushidan so‘nggi davrda butun
dunyoda tinchlik uchun kurash va xalqlar do‘stligi mavzularini tasvirlashga
alohida e’tibor berdi va bu ishda katta yutuqlarga erishdi. Shoiraning Hindiston
respublikasining Javoharlal Neru nomidagi davlat mukofoti (1968) va xalqaro
“Nilufar” mukofoti (1970), shuningdek, bulg‘orlar mamlakatining ”Kirill va
Mefodiy” ordeni bilan taqdirlanligi bejiz emas, albatta.
1999-yil 10-iyundagi Birinchi Prezidentimiz I. Karimovning “Zulfiya
nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim
sohalarida faol, tashabbuskor qizlar ushbu mukofotga sazovor bo‘lmoqda. Ayni
shu kunlarda ularning soni 200 nafardan oshgani, ayniqsa, quvonarli.
Bugungi kunda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan «Zulfiya»
nomidagi Davlat mukofoti sohibalari sonining kengayganligi va magistratura
mutaxassisligiga imtiyozli kirish imkoniyatining berilishi shoira xotirasiga
hurmatdir.
Jizzax shahrida o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan
Hamid Olimjon va Zulfiya ya nomidagi maktab-internat ochildi. O‘zbekzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi «Jizzax shahrida
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini
chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish
to‘g‘risida»gi qarori bilan bu ezgu maqsad amalga oshirildi. O‘tgan besh oy
davomida o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-
internat uchun 4 qavatli zamonaviy bino qurib bitkazildi. Binoda keng va yorug‘
sinfxonalardan tashqari 100 o‘rinli yotoqxona va oshxona, faollar zali hamda
boshqa xonalar bor. O‘quvchilar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun sport
maydonchalari barpo etilgan. Joriy yil 1-oktabrdan faoliyat boshlagan maktab-
internatning 5-, 6-, 7-, 8-sinflariga barcha tuman va shaharlardan sinov asosida
120 nafar iste’dodli o‘g‘il-qiz o‘qishga qabul qilindi.

Xulosa
Zulfiya Respublika Davlat Mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq shoirasi,
xalqaro “Nilufar” mukofoti, Mehnat Qahramoni unvoni va “Do‘stlik” ordeni
sohibnasidir.
Zulfiyaninng hizmatlari munosib taqdirlangan. Shoira 1985-yilda Mehnat
Qahramoni unvoniga, 1965-yilda “O‘zbekiston xalq shoirasi” unvoniga sazor
bo‘di. 1994-yilda Zulfiya mustaqil respublikamizning “Do‘stlik ordeni bilan
mukofotlandi.
Zulfiya o‘ziga xos ijodkor. Uning o‘z tili, o‘ziga xos uslubi bor. Teran
fikrlovchi shoira Zulfiya hayot haqida o‘ziga xos tarzda poetik fikr yuritdi va o‘z
asarlarini falsafiy mazmun bilan bezadi. Zulfiya lirikasi rus, ukrain, qozoq,
ozarbayjon, tukman, qoraqalpoq, ingliz, hind, afg‘on, arab, chex, polyak, bolg‘ar,
venger, mo‘g‘ul, fransuz va nemis kitobxonlari tomonidan ham o‘qilyapti.
Shoira mavzu va goyaviy yo‘nalishi rang-barang bo‘lgan she’rlarida
o‘zining etuk iste’dod egasi ekanligini namoyon eta olgan. She’rlarida qo‘llanilgan
tasvir usullari va vositalari, badiiy obrazlar tuyg‘u va kechinmani o‘ziga xos tarzda
tasvirlashga yo‘naltirilgan. Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish o‘quvchilarda
insoniy fazilatlarni yuksaltirishga katta yordam beradi.
Tadqiqotimizda boblarda ilgari surilgan fikr-mulohazalar quyidagicha
umumlashtirildi:
Uzluksiz ta’lim tizimi dastur va darsliklarida Zulfiya hayoti va ijodiy
merosini o‘rganishga e’tibor berilgan, shoiraning yuksak badiiyat namunasi
bo‘lgan she’rlaridan namunalar keltirilgan.
Biz yuqorida she’rlar tahlilini ko‘rib chiqdik. She’rlar tahlili o‘quvchilarda
ijodkorlikka havas uyg’otiladi, tahlil qilish malakasi tarbiyalanadi.
Zulfiya hayoti va ijodini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rganish
o‘quvchilarda yangicha his-tuyg‘ularni. Ya’ni so‘z bilan takrorlanmas lahzalarni,
onlarni she’riyat olamiga yana bir bor sayr qilishdek go‘zal damlarni baxsh etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni uyushtirish orqali Zulfiya hayoti va ijodi
yuzasidan darsdagi ma’lumotlarni yanada kengaytirishga imkon beradi. Shu yo‘l
bilan o‘quvchilarda adabiyotga havas tuyg‘usi tarbiyalanadi.
Bundan tashqari, internet tarmoqlarida deyarli barcha yozuvchi va
shoirlarimizning hayoti va ijodi bo‘yicha ma’lumotlar, ularning asarlari asosida
suratga olingan videofilm, telefilm, “Umr daftari” turkumida tayyorlangan elektron
materiallar ham mavjudki, bular adabiyot darslarini har tomonlama qiziqarli tashkil
etishda o‘qituvchiga katta yordam beradi. 7-sinfda Zulfiya hayoti va ijodiga doir
videotasmalar, “Umr daftari” deb nomlangan ko‘rsatuvdan yozib olingan
lavhalarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etish mumkin. Bu ishlarning samarali
amalga oshirishda asosiy omil o‘quvchilarning o‘z mehnatlari samarasini,
go‘zalligini ko‘rishlari, his qilishlaridir. Zulfiyaning so‘nggi nidosidek jaranglab qolgan “Xotiram siniqlari” ham xuddi “Quyoshli qalam” singari lirik doston hisoblanadi. Unda shoira deyarli ilgari hech bir she’rida ifodalay olmagan his-tuyg‘ularini, zamon o‘zgarishi bilan tug‘ilgan qarashlarini to‘kib solishga, hissiy emotsional tarzda kishilarga yetkazishga urinadi. Dostonda shoira istiqlol davrini hurriyat sifatida olqishlaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston xalq yozuvchisi P.Qodirovning “Zulfiyaxonim mehrigiyosi” maqolasidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli: “Zulfiya opa kamtarlik bilan “Xotiram siniqlari” deb atagan dostonlari biz boshdan kechirgan mustabid zamonlar haqiqatini olmos qirralaridek nurlantirib
ko‘rsatadi. Doston so‘ngidagi:
Kelding-yey, Istiqlol, istiqbol bo‘lib,
Qalbiga nasiming bilan yo‘l solding.
Sen shu hur nazmga ixtiyor berib,
Men og‘ir bulutdek bir yog‘ib oldim...-

degan satrlari Zulfiya opaning mardona ruhi istiqloldan hurlik olib, yangi yuksaklikka ko‘tarilganidan va shu yuksaklikda gavharday bebaho she’rlar yaratganidan dalolat beradi.” (Qodirov P. Zulfiyaxonim mehrigiyosi. “Tongning o‘ziday pok va yorqin”, maqolalar to‘plami.-T., “G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashiryoti”, 1996, 58 B.)


Avvalgi dostonlardan “Xotiram siniqlari” asari psixologik tahlilning teranlashganligi, umumbashariy falsafa ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Zulfiya bu dostoniga o‘z tarjimai holi sahifalarini asos qilib olib, xalqimizning og‘ir, dahshatli, ammo qahramonona yo‘lini haqqoniy ifodalab bergan. Asarda asosiy mazmunni ifodalovchi so‘zlar qayta -qayta ishlatilib, hissiyot, tuyg‘u, kechinmalar
to‘la yuzaga chiqarilishiga erishiladi:
Onam qo‘lida mushtdek tuguncha−
Tosh shaharni kezar avaxta izlab.
Avaxta nechadir, zor ona necha,
Nechalar yashardi zamonni sizlab.
Taqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq,
Taqdir peshonaga yoziq, deyishdi
Yoziqni peshonaga urdim-u biroq
Men sindim, qonimdan g‘ishtlari pishdi.
Alam yomon, ko‘zing ko‘r bo‘lsa,
Lekin so‘qir dillik undan-da dahshat.
Xalq ganjin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
Shoiraning ko‘z oldiga do‘zax va jannat manzarasi keladi. U bosib o‘tgan yo‘lini, qilmish-qidirmishini haqiqat tarozisiga qo‘yadi−gunohi ko‘pmi, savob ishimi? Shuni aniqlashga urinadi.


Download 49,85 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 49,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda Zulfiya hayoti va

Download 49,85 Kb.