|
Zulfiya Isroilova she’rlarini o‘rganish xususiyatlari
|
bet | 4/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 49,85 Kb. | | #142610 |
Bog'liq Zulfiya2. . Zulfiya Isroilova she’rlarini o‘rganish xususiyatlari
6-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Adabiyot” darsligida10 shoira
Zulfiyaning “Nevara”, “Bog‘lar qiyg‘os gulda”, “Men o‘tgan umrga” she’rlari
taqdim etilgan. “Zulfiya she’rlari haqida” nomli sal kam to‘rt betlik (umumiy
materialning hajmi, biografik ma’lumot va she’rlar bilan birga etti bet) munosabat
esa butun mamlakat o‘quvchilarining shoira Zulfiya ijodi haqidagi fikr-
mulohazalarini bir qolipga solishga xizmat qiladi. Ya’ni, darslikdagi mazkur
o‘quv materiali xuddi sovet davrida yaratilgan “Adabiyot” darsliklari mazmunidan
deyarli farq qilmaydi. Zulfiya she’rlari tahliliga bag‘ishlangan mazkur matnda
“Nevara” she’rining mazmuni hikoya qilib berilgan va bu bilan she’rning ta’sir
qudrati butunlay yo‘qqa chiqarilgan. Darslikdan o‘rin olgan “Bog‘lar qiyg‘os
gulda” she’ri tahlil qilinib, qat’iy xulosalar chiqarib qo‘yilgan. Axir uning tahlili
butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin-ku! Badiiy matnga har bir she’rxon o‘z
nazari bilan yondashadi, unda o‘zi istagan narsani ko‘radi, o‘zicha tahlil qiladi. Bu
ish zamonaviy tarbiyashunoslik talablariga zid bo‘lib o‘quvchilarni o‘ylamaslikka,
o‘zgalarning fikrini ko‘r-ko‘rona takrorlashga o‘rgatib qo‘yadiki, bugun mustaqil
mamlakatga, millatga bunday fikrsiz tanballarning keragi yo‘q. Shoiraning
darslikdan o‘rin olgan “Men o‘tgan umrga” she’ri xususida gapirilarkan, asar
matni asosida umumiy tarzda xulosa chiqarib qo‘ya qolingan. Bir umrni Hamid
Olimjonsiz yashab o‘tkizgan shoiraning o‘tgan umriga achinmay qo‘ygani
sabablari aralashtirib yuboriilgan. Shoiraning o‘tgan umriga achinmasligi bilan
bog‘liq detallar nazardan chetda qolgan. Bu holat o‘quvchilarni ham muhim bilan13
nomuhimning farqiga bormaslikka, oqibatning sabablarini ko‘rmaslikka o‘rgatib
qo‘yishi mumkin. Aslida, “Zulfiya she’rlari haqida” nomli matndagi
mulohazalarni, ya’ni o‘quvchilar diqqatini qaratish lozim deb topilgan jihatlarning
barchasini savol va topshiriqlarga aylantirib, tarbiyalanuvchilarni har xil yo‘llar
bilan shu haqiqatlar sari borishlariga sharoit yaratilganida adabiy ta’limning
maqsadiga, ya’ni ma’naviy komillik sari yuz tutgan avlodni tarbiyalash maqsadiga
muvofiq ish qilingan bo‘lardi.
Zulfiya ijodi bilan tanishuvga bag‘ishlangan “Rangin tuyg‘ular” mavzusining
so‘ngida berilgan savol va topshiriqlarda ham bir oz g‘alizliklar mavjud.
Ma’lumki, maktab adabiy ta’limi adabiyotshunos, shoir yoki yozuvchi
tayyorlashga emas, ma’naviy komillik sari yuz burgan odam tarbiyasiga qaratilgan.
Ertaga vrach, haydovchi, injener-dasturchi yoki bankir bo‘ladigan kelajak avlod
uchun asarlarning g‘oyasini topish, ularning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirib
berish yoki o‘quvchining o‘zi ko‘rmagan “Aziz tuyg‘ular” turkumi haqida gapirib
berish emas, matnda ifodalangan insoniy tuyg‘ularni his qilish, o‘zgani tuyish
asnosida o‘zligini anglash hissini shakllantirish muhimroq. Shakllanib kelayotgan
har bir alohida shaxsning ko‘ngliga ma’naviy kamolot sari intilish tushunchasini
singdirish zarurroq. Adabiy ta’limning, u ta’limning qaysi bosqichida bo‘lishidan
qat’i nazar va boshqa o‘quv fanlaridan farqli ravishdagi vazifasi mana shulardan
iborat. Shu bois darsliklarning didaktik ashyolarini yaratishda adabiy ta’lim
vazifalaridan uzoqlashmaslik maqsadga muvofiqdir.
She’riy asar bir kishining – shoirning olamni o‘ziga xos ko‘rishi natijasida
yuzaga kelgan hosiladir. Hamma gap shu o‘ziga xos qarash va ko‘rishni anglab, his
qilib etishda xolos. Ana shu konkret bitta odamga tegishli tuyg‘ular, hissiyotlar
ayni paytda butun insoniyatga, hamma odamlarga bir xilda alog‘adorligini anglash
she’rni his qilishdagi birinchi qadam, dastlabki odim bo‘ladi.
“She’riy asarni anglash, undagi muallif ko‘zda tutgan niyatni, maqsad va
vazifalarni tushunib etish, she’r g‘oyasinig mag‘zini chaqish uni o‘qishdan, yanada
aniqrog‘i ifodali o‘qishdan boshlanadi”11.
Imkoni bo‘lsa, she’riy asarni professional aktyorlar, taniqli so‘z ustalari, o‘rni
bilan esa ularning musiqa yordamidagi ijrosidan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Zulfiyaning maktab “Adabiyot” darsliklaridan o‘rin olgan she’rlaridan bir-
ikkitasini tahliliga tortsak. Zulfiya qalamiga mansub “Sen qaydasan, yuragim”
she’ri ayriliqda qolgan oshiq dil iztiroblarining eng mukammal ifodasidir. She’rni
avval o‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qib berishi shart. So‘ngra undagi har bir detalga
o‘quvchilarning diqqati qaratiladi, ya’ni savol-topshiriqlar ko‘magida birgalikda
tahlil qilinib matn mohiyatiga kirib boriladi. Unda ifodalangan firoq dardi, uning
zalvori, ishq qudrati va oshiq iztiroblari birgalikda kashf qilinadi
|
| |