|
1. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish
|
bet | 2/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 49,85 Kb. | | #142610 |
Bog'liq ZulfiyaMavzuning dolzarbligi. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi,
global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu
jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning
iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi:
Zulfiya hayoti va ijodi haqida N.Karimov, U.Normatov, O.Sharafiddinov,
B.Nazarov, D.Quronov, R.Qo‘chqorov, U.Hamdam, B.To‘xliyev,
M.Mirqosimova, Q.Yo‘ldoshev, Q.Husanboyeva, T.Niyazmetovalar o‘z
maqolalari va tadqiqotlarida yеtarlicha o‘rganishgan hamda
o‘rganilmoqda. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Zulfiya bo‘yicha amalga oshirilgan
tadqiqotlarning ko‘pchiligi filologiya yo‘nalishida. T. Abdukarimovning “Maktabda Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish”6, H. Hasanovaning
“Maktabda Zulfiya ijodini o‘rganish”7 nomli uslubiy qo‘llanmalari dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Metodist olima
T.Niyazmetovaning “Adabiy ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan
foydalanish” degan maqolasida8 7-sinfda Zulfiya hayoti va ijodiga doir
videotasmalar, “Umr daftari” deb nomlangan ko‘rsatuvdan yozib olingan lavhalarni
o‘quvchilar e’tiboriga havola etish xususida maslahatlar beradi.
Tadqiqot maqsadi. Zulfiya hayoti va ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rganish,
ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, lirikasini tahlil qilishda samarali metod, usul
va texnologiyalarni qo‘llashdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari:
- Zulfiya hayoti va ijodinining ta’lim bosqichlarida o‘rganish yuzasidan tahlil
usullaridan foydalanish;
- Zulfiya ijodiy merosining g‘oyaviy yo‘nalishi va mavzu ko‘lamini o‘rganish;
- shoira lirik qahramoni ruhiy kechinmalari tasvirini tahlil etish va o‘qitish
texnologiyalarini tatbiq etish;
- Zulfiya Isroilovaning dostonnavis sifatidagi faoliyatini tahlil etish orqali
o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga o‘rgatish;
- Zulfiya hayoti va ijodinining ta’lim bosqichlarida o‘rganish yuzasidan sinfdan
tashqari mashg‘ulotlar tashkil etish;
- Zulfiya badiiy mahoratining o‘ziga xos qirralarini tushuntirish;
- mavzu yuzasidan namunaviy ochiq dars ishlanmasi tayyorlash;
- o‘rganilgan metodik muammo yuzasidan xulosalar chiqarish.
|
| |