Xavfsizlikni ta'minlashning uch uslubi mavjud:
USLUB. Gomosfera bilan texnosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatidan uzoqlashtirish.
Bu uslubni amalga oshirishda, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo’llash orqali boshqariladi.
Masalan, konservasanoatidasharbatlarishlabchiqarishda, atom elektr stansiyalarida texnologik jarayonlarni boshqarishda, avtomabilsozlikda yig’ish jarayonidagi ishlarni bajarishda masofadan turib mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo’llash orqali boshqariladi.
USLUB. Xavfsizlik qoidalarini qo’llab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish, muhit) ko’rsatkichlarini normallashtirish, yoxud texnosfera xarakteristikalarini moslashtirish.
Bu uslubda gomosfera va texnosfera ko’rsatkichlari bir-biriga yaqinlashtiriladi. Bunda ishlovchilarni shovqin, gaz, chang miqdorlari, yoritilganlik, harorat darajalari va boshqa xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasini hamda xavfsiz uskuna, jihozlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Masalan, to’qimachilik kombinatlarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish changlari, jihozlardan chiqadigan shovqin, ish joylarining yoritilganligi va boshqa ko’rsatkichlar me’yor darajaga olib kelinadi.
3 USLUB Tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning himoyalanish xususiytlarini oshirishga hamda insonni naksosfera (muhitg) ga moslashtirishga asoslangan
Bu usul : kasbiy tanlash, o`qitish, yo`riqnomalar (instruktsiylar) berish, psixologik ta`sir qilish va shaxsiy himoy vositalari qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Real sharoitlarda yqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida zarur xavfsizlik darajasini har doim ta`minlhi mumkin bo`lmaydi. Bunday holatlarda yuqoridagi usullar majmuasi ( kompleksi) ni qo`llash maqsadga muofiq.2
3. Тожиев М.Х., Нигматов И.. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.(лотин имлосида ўкув қўлланма) –Т.: “Тафаккур-Бўстони”, 2012 йил. – 170
|
Xulosa
Ma`lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`lim jarayonini rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga asoslangan bo`lib taxsil oluvchi shaxsini shakillantirishga asoslangan va unda ma`lum malaka hamda ko`nikma hosil qilishga mustaqil fikrlashga yo`naltirilmog`i talab etiladi. So`nggi vaqtda ma`ruza materiallarini o`quvchi talabalarga etkazishda prezentatsiya shaklida ayniqsa multimediyali usulda namoyish etish o`ziga xos amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan mazkur makakaviy ishning maqsadi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan prezentatsiya materiallarini tayyorlashga qaratilganligi dolzarb bo`lib, Tarmoq markazidagi malaka oshirish jarayonida olingan nazariy bilim va ko`nikmalar hamda orttirilgan tajribalar asosida “Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va ularning mazmuni” ga oid mavzuni prezentatsiya shaklida taqdimot qilishga qaratigan. Muhimi shundaki prezentatsiya materiallarini tayorlashda tinglovchi malakaviy ish ro`yxatidagi o`z hammuallifligida yaratilgan yangi o`quv adabiyotlari materiallaridan foydalangan.
Ta`kidlash joizki ushbu prezentatsiya materiallaridan oily ta`lim tizimidan tashqari malaka oshirish va qayta tayorlash tizimida ham foydalanish mumkin.
|