• 2. INSON FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USLUBLARI.
  • COMOSFERA
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet3/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    Xavf identifikatsiyasi

    Identifikatsiya – so`zi o`rganish, isbotlash, tasdiqlash, ma`nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to`liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasallarga tavsiya etib bo`lmaydi. Jumladan, antibiotiklar sinfiga kiradigan ampitsilin dorisini tarkibi, kimyoviy tuzilishi va hususiyatlari isbotlanishi zarur.


    Xavflarning identifikatsiyasini o`rganish esa biroz qiyinroq. Bunda har bir xavfni kelib chiqish sabablari, hususiyatlari va oqibatlarini o`rganishni taqazo qiladi. Chunki har bir xavfni yuzaga kelishiga sababchi omillarni, zarar keltirish darajalari, salbiy oqibatlari va boshqa hususiyatlari bo`ladi. Mana shu ko`rsatkichlar aniqlangandan keyingina xavfning nomini ayta olamiz.
    Masalan, termik yoki radiatsiya xavflari yoki oqsil va yashur kasalligi yoki gerbetsid va biologic ta`sirlar va xokazo.
    Xavflarni identifikatsiya qilishda albatta xavflarning nomenklaturasi aniq o`rganilgan bo`lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, uning keltiradigan talofatlarini, oqibatlarini o`rganib bo`lmaydi2.

    2. Тожиев М.Х., Нигматов И.. Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги.(лотин имлосида ўкув қўлланма) –Т.: “Тафаккур-Бўстони”, 2012 йил. – 170



    Demak, xavflarni o`rganishda xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan bog`liqlikda bo`ladi.

    Mana shu uchchala tushunchalar ko`ngilsiz hodisaning asosiy ko`rsatkichlari hisoblanadi. Ko`ngilsiz hodisaning oqibatlari turli ko`rinishda bo`ladi.





    Misolda oqibat havo transportini yaroqsiz holga kelishi, odamlarning turli darajada jarohat olishi, o'lim bo`lishi yong`in chiqishi, portlash yuz berishi, buzilishlar, atrof-muhitni zararlanishi va boshqa ko'ngilsiz hodisalar kiradi. Yoki:



    2. INSON FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USLUBLARI.
    Biz bilamizki, xavfsizlik-hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o’zagini tashkil etadi va u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatlarda insonlar muayyan ehtimollikda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo, hamma xolatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo`lmaydi.
    Masalan, yong’in xavfida: yong’inning boshlang’ich fazasida o`cherish mumkin bo`lsa, asosiy yo ng`in fazasida uni o`cherish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.
    Yoki biror texnologik, jarayonda amal qilayotgan ko’rstgichlar: temperatura, bosim, xajm ko'rsatkichlari birdan o'zgarishga uchrasa texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta'minlash) cheklanishi mumkin, oqibatda yong'in chiqadi, yoki portlaydi, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yaroqsiz holga kelishi, atrof muhitga to'kilishi mumkin.
    Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar: gomosfera va texnosfera tushunchalari qo’llaniladi.
    COMOSFERA - Inson faoliyati davomida uning turgan joyi tushuniladi. (Masalan, ishlovchining ob’ektdagi, sexdagi, bo’limdagi turgan joyi.)


    TEXNOSFERA-Ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi
    (Masalan, ishlovchining toKar yoki frezor dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining bevosita payvandlayotgan qismlar orasidagi ish joyi) tushuniladi.



    Download 5,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.