Volume: 02 Issue: 07 | Jul-2022
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Analytical Journal of
Education and Development
136
DVIGATELLARNING TEXNIK HOLATI VA EKSPLUATATSION
XUSUSIYATLARIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Б. Туманбоева
Магистр Талаба, Наманган мухандислик-қурилиш
институти
А. Р. Нормирзаев
Т.Ф.Н., Доцент, Наманган мухандислик-қурилиш институти
М. А. Тўхтабоев
PhD доцент, Наманган мухандислик-қурилиш институти
Annotatsiya: Maqolada dvigatel ish sharoitida tabiiy-iqlim sharoitini salbiy ta’siri va
uning omillari ko‘rib chiqilgan. Tabiiy iqlim sharoiti transport vositasining dvigateli ish
tartibaga ta’siriga ko‘ra ishlash rejimlari bayon etilgan. Ular atrof-muhit havosining harorati,
atmosfera bosimi, havo oqimi tezligi, yog'ingarchilik miqdori, qish davrining davomiyligi va
boshqalar bilan tavsiflanadi.
Kalitso’zlar: dvigatel, ish rejimi, harorat, sovuq, mo‘tadil, issiq, chidamlilik.
Dvigatelning asosiy texnik va iqtisodiy omillaridan biri ishonchlilik va chidamlilikdir.
Chidamlilik xizmat muddati va resurs bilan tavsiflanadi [1,2,3,4,5,6,7-16]. Resurs, o'z navbatida,
ko'plab omillar ta'sirida o„zgarib boradi:
Shu jumladan:
tabiiy-iqlim sharoitlari;
dvigatellarning ishlash tartibi (ichki yonuv dvigatellari o'rnatilgan mashinalar);
sarflanadigan materiallarning sifati (ishchi aralashma,
moylash materiallari, texnik
suyuqliklar) va boshqa omillar.
Tabiiy-iqlim omillari.
Ushbu omillar ichki yonish dvigateliga butun ishlash davrida hamroh bo'ladi.
Ular atrof-muhit
havosining harorati, atmosfera bosimi, havo oqimi tezligi, yog'ingarchilik miqdori, qish
davrining davomiyligi va boshqalar bilan tavsiflanadi.
O'z navbatida, harorat rejimi statistik ko'rsatkichlar bo'yicha baholanadi:
haroratni taqsimlash qonuni;
o„rtacha yillik harorat va uning og„ishlari (min, maks va boshqalar);
yilning eng issiq va sovuq oylarining o'rtacha harorati;
ma'lum haroratli davrning o'rtacha davomiyligi (masalan, 10 ° C dan past, minus 40 ° C dan
past va boshqalar).
Iqlim omillarining ko'pgina ko'rsatkichlari o'zaro bog'liq bo„lib, qor qoplami bo'lgan kunlar soni
o'rtacha yillik havo harorati bilan bog'liqlik bo„lib, bu bog'liqlik quyidagicha aniqlanadi:
Ds = 263 - 10tv, (1)