|
Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi
|
bet | 1/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #244774 |
Bog'liq 4-topshiriq 2IQ-2OT-S-2022 guruh talabasi Majidov Ilhomning Makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan 4-topshirig‘i Reja: 3.Aholining turmush darajasi va inflyatsiya Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (tsikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi.
Iqtisodiy davrlar to’rtta bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb yuritiladi.
Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg’unlik davri boshlanadi.
KRISIS
Ko’tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish va to’liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi.
|
| |