|
Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi
|
bet | 2/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #244774 |
Bog'liq 4-topshiriqShuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi.
Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi.
Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi.
Masalan, avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Ishsizlik, uning turlari va darajasi
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan biri bu ishsizlik hisoblanadi. Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud.
Ishdan bo’shatildingiz
Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi.
Ishsizlikning to’liq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi.
Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi
|