raqamlar avval qavs ichiga olinishi kerak. Soʻng ularning
yigʻindisi yoki farqi shu tartibda koʻpaytirilishi yoki boʻlinishi
mumkin. Dastlab qo‘shish va ayirish, keyin ko‘paytirish va
bo‘lish amalga oshirilishi kerak.
4-qatorda hech qanday qavs ishlatilmagan (20.03-rasm) va
faqat oxirgi katak 100 ga boʻlingan.
Aslida esa biz bungacha
5-qatorda boʻlgani kabi barcha qatorlardagi sonlar yigʻindisini
100 ga boʻlishni istagan edik. Siz qoʻshmoqchi boʻlgan barcha
raqamlaringizni qavs tashqarisidagi raqamga,
masalan
100ga boʻlishini istasangiz, ularni qavs ichiga olishingiz kerak
(5-qatorga qarang). Buning muqobili sifatida siz 100 ga
boʻlinishidan avval qoʻshilishi kerak boʻlgan
sonlarni qavslar
yordamida toʻplaydigan SUM kabi funksiyadan foydalanishingiz
mumkin (4-qatorga qarang).
Nisbiy va mutlaq havola
Agar siz katta maʼlumotlar modeli bilan ishlayotgan
boʻlsangiz, har bir alohida holat uchun
formula va funksiyalar
kiritish noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Bunday holatda
birinchi formulani oʻzingiz qoʻlda kiritishingiz, keyingilarini
takrorlashingiz yoki nusxalashingiz mumkin.
Elektron jadval
dasturi har bir satr yoki ustunga keyingi maʼlumotlar toʻplamini
kiritmoqchi ekaningizni taxmin qiladi va formula yoki
funksiyani qoʻllashda shu maʼlumotlar toʻplamiga murojaat
qiladi. Bu nisbiy havola yordamida amalga oshiriladi (20.04-
rasm).
20.03-SAVOL
a Foizlarni hisoblash
uchun qaysi qatorda formuladan,
qaysi birida funksiyadan foydalanilgan?
b Formula va funksiya oʻrtasidagi farqni tushuntiring.
4-qatordagi formulani to‘g‘rilang. Unda qanday xato
boʻlganini tushuntiring.
20.02-amaliy topshiriq
20.03-rasm. Formulalar va funksiyalarda qavslardan foydalanish.
20.04-rasm. Formulalar va funksiyalarni takrorlashda nisbiy havoladan foydalanish.