• Ethernet va Fast Ethernet tarmog‘I • Token-Ring tarmog‘I tasnifi
  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Ethernet va fast ethernet tarmog`i hususiyatlari. Tokin-ring tarmOG`I




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #248676
    Bog'liq
    Ahmedov G\'iyos



    E T H E R N E T V A F A S T E T H E R N E T
    T A R M O G ` I H U S U S I Y AT L A R I .
    T O K I N - R I N G T A R M O G ` I
    021-47-guruh talabasi Ashuraliyeva Huriniso


    REJA
    :

    Ethernet va Fast Ethernet tarmog‘I

    Token-Ring tarmog‘I tasnifi



    Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va
    shubha yo‘q, albatta, u yaqin kelajakda ham 
    shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga asosiy
    sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma
    ko‘rsatgichlari, tarmoq protokoli hamma uchun
    ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi uchun
    dunyodagi juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar
    Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara
    boshladi. Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan
    ravishda ishlab chiqiladi, albatta.


    Dastlabki Ethernet tarmoqlarida 50 li ikki turdagi (yo‘g‘on va
    ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda
    (1990-yil boshlaridan) Ethernet tarmog‘ining aloqa kanali uchun
    o‘ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. 
    Shuningdek, shisha tolali kabellar ishlatiladigan standart ham qabul 
    qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. 1995-yili 
    Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, 
    u 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 
    802.03 u standard), aloqa muhitida o‘ralgan juftlik yoki shisha tola 
    ishlatiladi. 1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab 
    chiqarila boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z standard).



    Fast Ethernet tarmog‘ida jismoniy «Shina» 
    topologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan, 
    faqat «Passiv yulduz» yoki «Passiv daraxt» 
    topologiyasi ishlatiladi. Shuningdek, Fast Ethernet 
    tarmog‘ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar va
    chegara qo‘yilgan. Paket formatini saqlab qolib, 
    tarmoq tezligini 10 baravar oshirilganligi tufayli
    tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar kamayadi
    (Ethernetdagi 51,2 mks o‘rniga 5,12 mks). Signalni
    tarmoqdan o‘tishining ikki hissalik vaqt kattaligi
    esa, 10 marotaba kamayadi.


    Ethernet tarmog‘idan axborot 
    uzatish uchun standart kod 
    Manchester II ishlatiladi. Bu holda 
    signalning bitta qiymati nolga, 
    boshqasi manfiy qiymatga ega, ya’ni 
    signalni doimiy tashkil qiluvchi 
    qiymati nolga teng emas. Galvanik 
    ajratish adapter, repiter va 
    konsentrator qurilmalari yordamida 
    amalga oshiriladi. Tarmoqning uzatish 
    va qabul qilish qurilmalari boshqa 
    qurilmalardan galvanik ajralishi 
    transformator orqali va alohida 
    elektr manbayi yordamida amalga 
    oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‘g‘ri 
    ulangan.
    Ethernet tarmog‘iga axborot uzatish 
    uchun ega bo‘lish abonentlarga to‘liq 
    tenglik huquqini beruvchi CSMA/CD 
    tasodifiy usul yordamida amalga 
    oshiriladi. Tarmoqda 5.2-rasmda 
    ko‘rsatilgandek, o‘zgaruvchan 
    uzunlikka ega bo‘luvchi strukturali 
    paket ishlatiladi.
    Ethernet kadr uzunligi (ya’ni 
    priambulasiz paket) 512 bitli 
    oraliqdan kam bo‘lmasligi kerak yoki 
    51,2 mks (xuddi shu kattalik signalni 
    tarmoqdan borib-kelish vaqtiga 
    tengdir). Manzillashning shaxsiy, 
    guruhli va keng tarqatish usullari 
    ko‘zda tutilgan.


    ETHERNET
    PAKETI QUYIDAGI MAYDONLARNI O‘Z ICHIGA
    OLGAN:
    8 bitni priambula tashkil qiladi, ulardan birinchi yettitasini 1010101 kodi tashkil qiladi, oxirgi sakkizinchisini 10101011 kodi tashkil qiladi. IEEE 802.03 
    standartida bu oxirgi bayt kadr boshlanish belgisi, deb yuritiladi (SFD — Start of Frame Delimiter) va paketni alohida maydonini tashkil qiladi.
    Qabul qiluvchi manzili va jo‘natuvchi manzili 6 baytdan tashkil topgan bo‘lib, 3.2-bobda yozilgan standart ko‘rinishda boiadi. Bu manzil 
    maydonlari abonent qurilmasi tomonidan ishlov beriladi.
    Boshqarish maydonida (L/T-Length/Type) axborot maydonining uzunligi haqidagi ma’lumot joylashtiriladi. U yana foydalanayotgan protokol 
    turini belgilashi mumkin. Agarda, bu maydon qiymati 1500 dan kam bo‘lsa, u holda axborotlar maydonining uzunligini ko‘rsatadi. Agarda, 
    1500 dan katta bo‘lsa, u holda kadr turini ko‘rsatadi. Boshqarish maydoni dastur tomonidan ishlov beriladi.
    Axborotlar maydoniga 46 baytdan 1500 baytgacha axborot kirishi mumkin. Agarda, paketda 46 baytdan kam axborot bo‘lsa, axborotlar
    maydonining qolgan qismini to‘ldiruvchi baytlar egallaydi. IEEE 802.3 standartiga ko‘ra, paket tarkibida maxsus to‘ldiruvchi maydon ajratilgan 
    (pad data —
    назначение данных), 
    agarda, axborot 46 baytdan uzun bo‘lsa to‘ldiruvchi maydon 0 uzunlikka ega bo‘ladi.
    Nazorat bitlar yig‘indisining maydoni (ECS - Frame Chech Segvence —
    поле контрольной суммы) 
    paketning 32 razryadli davriy nazorat 
    yig‘indisidan iborat (CRQ va u paketning to‘g‘ri uzatilganligini aniqlash uchun ishlatiladi.


    Komp’yuter texnikasini dunyo miqyosida eng
    ko‘p ishlab chiqaruvchi va eng obro‘li IBM firmasi
    tomonidan taklif qilingan Token-Ring tarmog‘iga
    e’tibor qilmaslikning sira ham iloji yo‘q albatta. 
    Muhimi shundaki hozirgi vaqtda Token-Ring 
    halqaro standart IEEE 802.5 sifatida mavjud. 
    Bu holat Token-Ring tarmog‘ini Ethernet tarmoq 
    mavqei bilan bir o‘ringa qo‘yadi. IBM firmasi o‘z 
    tarmog‘ini keng tarqalishi uchun hamma tadbir va 
    choralarni amalga oshirdi: tarmoq hujjatlari 
    batafsil tayyorlab tarqatildi, hatto adapterlarni 
    prinsipial sxemasigacha bu hujjat tarkibiga kiritildi. 


    Lekin katta komp’yuterlar bilan ulanganda axborot uzatishning katta intensivligi zarur bo‘lgan 
    vaqtda, tarmoqqa bog‘lanish vaqti chegaralangan vaziyatda Token-Ring tarmog‘idan foydalanish 
    o‘zini oqlaydi, albatta. Tashqi ko‘rinishidan «Yulduz» topologiyasini eslatsa hamki Token-Ring 
    tarmog‘ida «Halqa» topologiyasidan foydalanilgan. 
    Token-Ring qurilmalarini Ethernet qurilmalari bilan solishtirilsa Token-Ring qurilmalari sezilarli 
    darajada qimmat, chunki axborot almashinuvini boshqarishning murakkab usullari qo‘llanilgan, 
    shuning uchun bu tarmoq nisbatan kam tarqalgan. 
    Avval ishlab chiqilgan PC Network tarmog‘ida Net BIOS dasturida adapterda joylashgan doimiy 
    xotirada saqlangan bo‘lsa, Token-Ring tarmog‘ida esa Net BIOS emulyasiya dasturi qo‘llanilgan, 
    bunday shaklda qo‘llanilishi alohida qurilma xususiyatlariga oson moslashuv imkonini beradi va 
    shu bilan birga yuqori bosqich dasturlari bilan ham moslashishni ta’minlab beradi. 


    TOKEN-RING TARMOG‘INI ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
    QUYIDAGILARDAN IBORATDIR:

    IBM 8228 
    MAU tipidagi 
    konsentratorlar 
    soni – 12 ta;

    tarmoqda 
    abonentlarning 
    maksimal soni –
    96 ta;

    abonent va 
    konsentratorlar 
    o‘rtasidagi 
    kabelning 
    maksimal uzunligi 
    – 45 metr;

    konsentratorlar 
    o‘rtasidagi 
    kabelning 
    maksimal 
    uzunligi– 45 
    metr;

    hamma 
    konsentratorlarni 
    ulovchi kabelning 
    maksimal 
    uzunligi–120 
    metr;

    axborot 
    uzatish tezligi – 4 
    Mbit/s va 16 
    Mbit/s.



    Token-Ring tarmog‘ida tarmoqqa bog‘lanishninng
    markerli usuli qo‘llaniladi, ya’ni halqa bo‘ylab har
    doim marker harakatda bo‘ladi va abonentlarning
    xohlagani o‘z paketlarini unga qo‘shib uzatishlari
    mumkin. Shundan tarmoqning eng katta afzalligi
    kelib chiqadi, ya’ni konflikt holat bo‘lmaydi. Lekin
    bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, 
    markerni butunligini nazorat qilib turishi lozimligi
    va tarmoqning ishlashini har bir abonentga bog‘liq
    ekanligi (abonent komp’yuteri buzilgan holda
    albatta u halqadan uzi lishi shartligi).



    E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

    Download 0,67 Mb.




    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ethernet va fast ethernet tarmog`i hususiyatlari. Tokin-ring tarmOG`I

    Download 0,67 Mb.
    Pdf ko'rish