• 18.01-SAVOL Nima sababdan relyatsion ma’lumotlar bazasida birlamchi kalit va tashqi kalitlardan foydalanish muhim 18.02-SAVOL a
  • 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet314/382
    Sana22.11.2023
    Hajmi132,8 Mb.
    #103163
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   382
    Bog'liq
    IAT 9-sinf Talabalar-uchun-darslik

    KALIT SOʻZLAR
    Maʼlumotlar takrorlanishi: ma’lumotlar bazasida saqlangan 
    maʼlumotlarni qoʻshish orqali ularni takrorlash.
    Oddiy faylli ma’lumotlar bazasiga qaraganda 
    relyatsion jadvallardan foydalanishning afzallik va 
    kamchiliklari
    Relyatsion ma’lumotlar bazasi maʼlumotlarni takrorlamaslik 
    jihatidan foydali hisoblanadi. Masalan, mijoz keyingi 
    uchrashuvni belgilaydi: mijozning maʼlumotlarini qayta 
    kiritishingiz shart emas. Siz Uchrashuvlar jadvalini chiqarib, 
    mijozning ID raqamidan foydalanib mijozni izlashingiz mumkin. 
    Bu ularning shaxsiy maʼlumotlari, masalan, ismi va oxirgi marta 
    uchrashgan stilistning ismi kabi shaxsiy maʼlumotga kirish 
    imkonini beradi, u stilistning ID raqamida koʻringani sababli 
    uchrashuvlar jadvalida ham boʻlishi mumkin. Mijozlarning 
    maʼlumotlarini terganda orfografik xatolar qilish imkoniyati 
    kamayadi, chunki ularning ma’lumotlarini qayta kiritishingiz 
    shart emas.
    Relyatsion ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar bazasidagi joyni 
    saqlaydi, chunki u maʼlumotlarni takrorlamaydi.
    18.01-SAVOL
    Nima sababdan relyatsion ma’lumotlar bazasida 
    birlamchi kalit va tashqi kalitlardan foydalanish muhim?
    18.02-SAVOL
    a Oddiy faylli ma’lumotlar bazasi va relyatsion 
    ma’lumotlar bazasi atamalarini taʼriflang.
    b Oddiy faylli ma’lumotlar bazasini ishlatish mos 
    keladigan va relyatsion ma’lumotlar bazasini ishlatish 
    mos keladigan misollar keltiring.
    220
    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


    18.01-amaliy topshiriq– qo‘shimcha
    a CD diskdagi “Asset 18.01.xlsx” faylidagi ma’lumotlardan 
    foydalanib, quyidagicha uchta ma’lumotlar bazasi 
    jadvalini qoʻshing.
    • Mijozlarning maʼlumotlari keltirilgan jadval 
    quyidagicha: Mijozning ID raqami, mijozning ismi, 
    manzili, telefon raqami, tavallud sanasi, sochining 
    rangi, sochining uzunligi, soch muolajalari.
    • Stilistning jadvalida u haqidagi maʼlumotlar: 
    Stilistning ID raqami, uning ismi, ish vaqti, stilistning 
    darajasi.
    • Uchrashuv maʼlumotlari keltirilgan uchrashuv jadvali 
    quyidagicha: Mijozning ID raqami, stilistning ID 
    raqami, uchrashuv sanasi, uchrashuv vaqti.
    Har bir jadval uchun birlamchi kalitlarni belgilang: 
    Mijozlar jadvalida mijozning ID raqami, stilistlar 
    jadvalidan stilistning ID raqami va uchrashuvlar 
    jadvalidan mijozning ID raqami.

    Download 132,8 Mb.
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   382




    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

    Download 132,8 Mb.
    Pdf ko'rish