18-bob haqida umumiy
maʼlumot
Odamlar asrlar davomida yozuvlarni ma’lumotlar
bazasida
saqlab kelgan. Atrofingizda maʼlumotlar bazasiga misollar
koʻp. Kiyim javoningizdagi kiyimlar bunga misol boʻladi. Turli
kiyimlaringiz, masalan, paltolar, shimlar, koʻylaklar, ustki kiyimlar,
paypoqlar va boshqalarni joylash uchun turli joy ajratgansiz.
Ular kiyim javoningizning turli qismlariga
joylanadi va siz barcha
kiyimlaringizni katta uyum yoki taxlam qilib tashlab qoʻymaysiz.
Agar kiyim javoni misolini olib kompyuterdagi ma’lumotlar
bazasi bilan solishtirsangiz, har bir kiyim turini ma’lumotlar
bazasidagi jadval va alohida kiyim turini ma’lumotlar bazasidagi
yozuvga qiyoslashingiz mumkin. Kiyim javoni ma’lumotlar
bazasi boʻladi. Har bir turdagi yubka turli rang va stil’larda
boʻladi va bu ma’lumotlar bazasi
atamasida turli maydonlarga
qiyoslanishi mumkin.
Biroq bu amal sodda, chunki ma’lumotlar bazasining ikki
asosiy turini olishingiz mumkin: ular oddiy
faylli yoki relyatsion
ma’lumotlar bazasi boʻladi. Kompyuterlardagi ma’lumotlar
bazalarida maydonlar va yozuvlarga ega jadvallar bor. Maʼlum
maqsad va maʼlum auditoriya uchun ma’lumotlar bazasini
tuzsangiz, u kompaniyalar doirasida ajoyib samaradorlik
yaratuvchi kuchli tashkilotchi boʻlishi mumkin.
18.01 Ma’lumotlar bazasi
tuzilmasini yaratish
Oddiy faylli ma’lumotlar bazalari
Oddiy faylli ma’lumotlar bazasi (flat-file database) – bir
tashkilotning katta jadvaldagi barcha maʼlumotlar toʻplami
boʻlib, unda ma’lumotlar qatorlarda saqlanadi.
Oddiy faylli
ma’lumotlar bazasi tuzuvchiga misol mahalliy sartaroshxona
saloni boʻlishi mumkin. Ular mijozlarining barcha maʼlumotlari,
masalan, ismlari, manzillari,
telefon raqamlari, tavallud
sanalari, sochining rangi,
sochining uzunligi, soch uchun
qilingan muolajalar,
oxirgi tashrif sanasi, xizmatlarning bahosi
va boshqa yozuvlarini saqlashi mumkin. Har safar mijoz
keyingi soch turmagi uchun kelgani maʼlumot
boshqa qatorga
qoʻshilib ketaveradi. Bu juda koʻp vaqtni sarflaydi va