2-maruza




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#90896
Bog'liq
2-maruza
Jahon-ijtimoiy-iqtisodiy-geografiyasi-, betlik3, nimatov-audit-oraliq, 17maktab Talabnoma, 1-mavzu, komil-xorazmiy-g-azalnavisligining-adabiy-estetik-omillari (1), 4, Builder, Kiberhuquq javoblari yakuniy, 1-maruza, 19 ASRDA GIGIYENASI TARIXI, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg-fayllar.org


2-mavzu: Texnologik jarayonlar va boshqaruvni avtomatlashtirish sxemasi.
Reja: 
1. Texnologik jarayonlar va boshqaruvni avtomatlashtirish sxemasi.
2. Mikrokontroller tushunchasi va vazifasi. 
3. Mikrokontroller ishlash prinsipi va turlari. 
 
Tayanch so`zlar: texnologik jarayonlar, boshqaruvni avtomatlashtirish 
mikrokontroller, ishlash prinsipi va turlari.
Texnologik jarayonlar va boshqaruvni avtomatlashtirish sxemasini quyidagi 
rasm misolida ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun eng avvalo avtomatlashtrilgan
jarayon nima deganini tushunib olishimiz kerak.
1-rasm. Avtomatlashgan boshqarish sxemasi. 
Ko‘rinib turganidek, ushbu rasmda texnologik jarayon sifatida ishlab 
chiqarish sexi misol qilib olingan. U erda stanoklar, mashinalar va boshqa jihozlar 
ishlab chiqarish vositalari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ulardagi parametrlar, masalan, 
motorning aylanish tezligi, temperatura, namlik kabilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
boshqaruv bloki (rasmda qora quti deb atalgan)ga etkazib turadi. U joyda 
avtomatlashtirilgan boshqaruv qurilmasi joylashgan bo‘lib, u sensorlardan 
kelayotgan signallarni qayta ishlaydi, natijalar bo‘yicha operatorning monitoriga 


ma’lumot chiqaradi (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida), operator tomonidan 
qabul qilingan qarorni yoki o‘zi qaror qabul qilib (to‘la avtomatlashgan boshqaruv 
tizimida), boshqaruv signallarini ishlab chiqarish sexida joylashgan boshqaruv 
blokiga yuboradi. 
Texnologik jarayonlar va boshqaruvni avtomatlashtirish bo‘yicha 
mutaxassislarning vazifasi esa boshqaruv blokida mikrokontroller ishini tashkil 
qilib, ya’ni uni dasturlashdan iborat qilib belgilaymiz (boshqaruv pultida 
ma’lumotlarni kuzatib borish va zarur hollarda qarorlarini qabul qilish esa ishlab 
chiqarish sohasi bo‘yicha mutaxassis-operatorning vazifasiga kiradi). 
Boshqaruv blokida elektron signallarni qayta ishlash vazifasini asosan 
mikroprotsessor bajaradi.
Quyidagi rasmda Atmega328 mikroprotsessorining 
ko‘rinishi keltirilgan. 
Mikrokontrollerning 
mikroprotsessordan 
farqi 
shundaki, 

mikroprotsessordan tashqari operativ xotira, dastur uchun xotira, takt chastotasi 
generatori kabi boshqa qurilmalarni ham o‘z ichiga oladi. Mikrokontrollerni kichik 
kompyuter deb hisoblash mumkin. Mikrokontrollerning eng asosiy qurilmasi 
mikroprotsessor hisoblanadi. Quyidagi rasmda mikrokontrollerning tuzilish 
sxemalaridan biri keltirilgan [2]. 


Barcha qurilmalar bitta plataga joylashtirilib mikrokontroller platasi hosil 
qilinadi. Quyidagi rasmda Arduino Nano mikrokontrollerining ko‘rinishi keltirilgan 
[3]. 
Ushbu seriyadagi kontrollerlarning laboratoriya sharoitida foydalanishga 
mo‘ljallangan Arduino UNO turining ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan [4]. 


Arduino Nano mikrokontrollerining pinlari sxemasini tayyorlangan ishchi 
maketining quyidagi rasmida keltiramiz. 


Bu erda: 

D00/RX – UART orqali uzatish va raqamli signallar kirish-chiqishiga 
mo‘ljallangan pin. 

D01/TX – UART orqali qabul qilish va raqamli signallar kirish-chiqishiga 
mo‘ljallangan pin. 

D03, D05, D06, D09, D10, D11 – Kenglikli impuls modulyatori sifatida ham 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan raqamli signallar kirish-chiqish pinlari. 

D2, D4,D07, D08, D12 – raqamli signallar kirish-chiqish pinlari.

D13 – plataga o‘rnatilgan diodli lampaga parallel ulangan raqamli signallar 
kirish-chiqish pini.

A00 - A07 – analogli signallar kirish pinlari. 

GND – manfiy elektr toki manbai. 

AREF – Analogli signalni raqamli signalga aylantiruvchi tashqi qurilmalarni 
ulashga mo‘ljallangan pin. 

+3.3V – musbat elektr toki manbai. 

+5V – musbat elektr toki manbai. 

Reset – dasturni qayta yuklashga mo‘ljallangan pin. 

Vin – tashqi elektr manbaiga ulash pini. 
Hozirgi kunda dunyoda mikrokontrollerlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, 
ularga quyidagilarni misol qilib olish mumkin: 

MCS 51
 (Intel) 

ESP8266
 i 
ESP32
 (Espressif) 

MSP430 (TI) 

ARM (ARM Limited) 

ST Microelectronics STM32 ARM-based MCUs 

ARM Cortex, ARM7 i ARM9-based MCUs 

Texas Instruments Stellaris MCUs 

NXP ARM-based LPC MCUs 



Toshiba ARM-based MCUs 

Analog Devices ARM7-based MCUs 

Cirrus Logic ARM7-based MCUs 

Freescale Semiconductor ARM9-based MCUs 

Silicon Labs EFM32 ARM-based MCUs 

AVR
 (Atmel) 

ATmega 

ATtiny 

XMega 

PIC
 (Microchip) 

STM8
 (
STMicroelectronics


S8051F34x 

RL78 (
Renesas Electronics

 
Nazorat avollari: 
1. Boshqarish deganda nimani tushunasiz? 
2. Qanday jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin? 
3. Sensor deganda nimani tushunasiz? 
4. Boshqaruv blokini qanday tushunasiz? 
5. Boshqaruv deganda nimani tushunasiz? 
6. Birorta mikrokontrollerli boshqarish tizimini tuzib bering? 
 
 
 
 

Download 0.52 Mb.




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish