• Axborot xavfsizligi sohasida huquqbuzarlik uchun javobgarlik qanday
  • Xavfsizlik va kiberxavfsizlik tushunchasi?




    Download 38.8 Kb.
    bet1/15
    Sana08.06.2023
    Hajmi38.8 Kb.
    #71258
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Kiberhuquq javoblari yakuniy
    Jahon-ijtimoiy-iqtisodiy-geografiyasi-, betlik3, nimatov-audit-oraliq, 17maktab Talabnoma, 1-mavzu, komil-xorazmiy-g-azalnavisligining-adabiy-estetik-omillari (1), 4, Builder, 1-maruza, 2-maruza, 19 ASRDA GIGIYENASI TARIXI, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg-fayllar.org

    1. Xavfsizlik va kiberxavfsizlik tushunchasi?

    Kiberxavfsizlik” va “Axborot xavfsizligi” atamalaridan, o'rnini almashtirib foydalanilgan holat ko'p bo'ladi. Ba’zilar "kiberxavfsizlikni" axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish tushunchalariga sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, xususan, hukumat sohasidagilar kiberxavfsizlikka kompyuter jinoyatchiligi va muhim infratuzilmalar himoyasini o’z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o’z maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo’lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim farqlar mavjud.
    Axborot xavfsizligi sohasi axborotning qanday ifodalanishidan qat’iy nazar – qog’oz ko’rinishdagi, elektron va insonlar fikrlashida, og’zaki va vizual aloqada intelektual huquqlarini himoyalash bilan shug’ullanadi.
    Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi axborotni (barcha holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo’lgan, o’zaro birga ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced persistent threats, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda, kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo’nalishi deb tushunish uni to’g’ri anglashga yordam beradi

    1. Axborot xavfsizligi sohasida huquqbuzarlik uchun javobgarlik qanday?

    -modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
    Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
    O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
    bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
    -modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
    Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
    bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
    O‘sha harakat:
    a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
    b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
    v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
    g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
    bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    -modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish
    Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish, ya’ni kompyuter tizimida saqlanayotgan axborotni qonunga xilof ravishda o‘zgartirish, unga shikast yetkazish, uni o‘chirish, xuddi shuningdek bila turib unga yolg‘on axborotni kiritish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
    bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    O‘sha harakatlar:
    a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
    b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
    v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
    bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    -modda. Kompyuter sabotaji
    O‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) —
    uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    O‘sha harakatlar:
    a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
    b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
    ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    -modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
    -modda. Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
    -modda. Kompyuter tizimidan, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish
    Kabi qolgan moddlar mavjud.


    1. Download 38.8 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 38.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik va kiberxavfsizlik tushunchasi?

    Download 38.8 Kb.