A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
5.5. Internet to’lov tizimlari 
Internet muhitida to’lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar elektron tijoratning 
eng ko’p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi. 
Hozirgi kundagi mavjud to’lov tizimlarining soni bir iecha o’ntadan oshib 
ketadi. Xilma-xilligiga qaramay ularni shartli ravishda to’rtta asosiy guruhga bo’lib 
qarash mumkin: 

ma’lumotlarni 
xavfsiz 
uzatishni 
ta’minlovchi 
aloqa 
seansi 
protokollari asosidagi to’lov tizimlari; 

plastik kartochkalar asosidagi to’lov tizimlari; 

smart-kartochkalar asosidagi to’lov tizimlari; 

elektron naqd pullar. 
To’lovlarni kredit kartochkalar asosida amalga oshiruvchi tizimlar mavjud 
to’lov tizimlari orasida etakchi o’rinda turadi. Internetda hisob-kitoblar uchun 
plastik kartochkalarni qo’llash muvaffaqiyatining asosiy sababi uning ko’p 
tomonlari real dunyoda olib boriladigan to’lovlarga o’xshash bo’lsa, ikkinchidan
bunday ko’rinishdagi to’lovlarni olib borish jozibadorligi bilan bog’liq bo’lib, 


409 
hozirgi kunda internetdagi ko’plab transaktsiyalar to’lovning aynan shu ko’rinishi 
bilan amalga oshiriladi. 
Elektron 
imzoni yo’qligi uchun kartochkadan aynan o’z egasi 
foydalanganligini isbotlab berish amaliy jihatdan mumkin emas. Bu kamchiliklarni 
bartaraf qiluvchi yangi texnologiya SET (Secure Electronik Transaction 
specification) protokoli deb nomlanib, kredit harid qilingan mahsulotlarga 
kartochkalardan foydalanish asosida olib boriladigan to’lovlarni xavfsiz amalga 
oshirish muammosida eig samarali echnmliligi SETning asosiy xususiyatlaridan 
biri hisoblanadi. Bu texnologiyaga asosan tarmoqda uzatilayotgan kartochka 
raqami mijozni elsktron imzosidan foydalanish orqali shifrlanadi. Deshifrovkani, 
ya’ni, shifrni ochishni esa faqat kartochka bo’yicha transaktsiyalarga ishlov 
berishni amalga oshiruvchi kompaniya va vakolatlangan banklar amalga oshira 
oladi. 
Plastik kartochkalardan foydalanishdagi cheklanishlardan biri amalga 
oshirilayotgan xaridlarga 5 AQSh dollaridan iborat quyi chegarani qo’yilishidir. 
Kartochka emitenti har bir transaktsiya umumiy summasidan 1,5-3%, biroq 20 
tsentdan kam bo’lmagan, xizmat haqi olar ekan, tizim uchun mahsulotlarga qo’yi 
baho diapazonida to’lovlarni amalga oshirish foydasiz bo’lib qoladi. 
Zamonaviy smart-kartochkalar o’zida protsessorli, xotirali dasturiy ta’minot 
va 
axborotlarni 
kiritish-chiqarish 
tizimlariga 
ega 
bo’lgan miniatyura 
kompyuterlarni ifoda qiladi. Asosida plastik kartochkalar bo’lgan har qanday 
to’lov tizimlarini eng muhim xususiyatlaridan biri - unda xavfsizlik tizimining 
mavjudligidir. 
Smart-kartochkaning 
yana 
bir 
ustunligi 

ularni 
ko’p 
funktsionalligidir, ya’ni, bitta kartochkadan turli moliyaviy ilovalar va turli 
kommunikatsiya infratuzilmalarda foydalana olishlik imkoniyatidir. Smart-
kartochkalar asosidagi raqamli naqd pullar nafaqat konfideitsiallik va anonimlik 
zaruriy darajasini ta’minlash imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga, 
to’lovlarni amalga oshirilganligini tasdiqlashda markaz bilan aloqani ham talab 
qilmaydi. 
Internetda hisob-kitoblarni olib borishning yangi ko’rinishi raqamli naqd 


410 
pullar hisoblanadi. «Raqamli naqd pullar» atamasi real dunyoda foydalaniladigan 
naqd pullar ustuvorligiii internet dunyosiga o’tkazishga harakat qilayotgan elektron 
to’lov tizimlari toifasini aniqlab beradi. 
Raqamli naqd pullar o’zida pul belgilari vazifalarini bajaruvchi juda katta 
sonlar yoki fayllarni ifoda qiladi. To’lov tizimlarining boshqa turlaridan farqli 
ravishda bu fayllar pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlar bo’lib qolmay, balki 
aynai pulning o’zini ifoda qiladi. 
Evropa ittifoqi davlatlarida kredit muassasalari maqomiga ega bo’lmagan 
shaxs yoki korxonalarga elektron pul emissiyasi jarayonlarini olib borish 
taqiqlanadi. Evropa qonun chiqaruvchilarining elektron pul emmissiyasiga bunday 
taqiqlarni kiritishi elektron pul sohasiga ham bank faoliyatiga o’xshash etarlicha 
qat’iy tartibga solishlarni kiritishga intilayotganliklaridan dalolat beradi. 
Uchinchi shaxslarga elektron pulning to’lov vositasi sifatida tan olish 
mexanizmi aniqlab berilgan bo’lib, bunday tan olish kupyur va tangalar 
ko’rinishidagi to’lov vositalaridagi kabi qonun kuchi bilan emas, balki emitent 
bilan turli usullar bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan shartnomalar asosida 
amalga oshiriladi. Shunday ekan, elektron pullar o’zida emitentga qo’yiladigan 
talablarni ham ifoda qiladi. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish