Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari 
Тarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq va 
ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi.
Тarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning 
axborot zaxiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i 
va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi.
Тarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi — ma’lumotlarga egalik qilishni 
markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat.
Тarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: 
• 
o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; 
• 
qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish; 
• 
ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan 
uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash; 
• 
barcha trafiklarni bayonlashtirish; 
• 
ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, 
tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini 


468 
Internetdan yashirish; 
• 
ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash. 
Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer 
yoki Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona 
tushunchadir. 
Тarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, 
tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan 
o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.
Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni 
Internetdan himoya qiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat 
Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga 
egadir. Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila 
oladi deb bo‘lmaydi. 
Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga 
nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar 
kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIХ operatsion tizim bilan 
bog‘liqligida. 
ТCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) Internetning 
global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy 
ravishda qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani yetarlicha ta’minlay olmaydi, 
chunki ТCP/IP paketining boshida xaker hujumi uchun qulay ma’lumot 
ko‘rsatiladi. 
Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol — pochta transport 
xizmati amalga oshiradi (SMТP — Simple Mail Transfer Protocol). Bu 
protokolda mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri — 
foydalanuvchi jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan 
foydalanib xaker katta miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa 
ishchi pochta serverni haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi. 
Internetda ommaviy tus olgan dastur bu Sendmail elektron pochtasidir. 
Sendmail tomonidan jo‘natilgan xabardan bosqinchi xaker axborot shaklida 


469 
foydalanishi mumkin. 
Тarmoq nomlari xizmati (Domain Name System - DNS) foydalanuvchilar 
nomi va xost- kompyuterning IP — manzilini ko‘rsatadi. DNS kompaniyaning 
tarmoq tuzilishi haqida ma’lumotlarni saqlaydi. DNS-ning muammolaridan 
biri shundaki, bundagi ma’lumotlar bazasini mualliflashtirilmagan 
foydalanuvchilardan yashirish ancha qiyin. Buning natijasida, xakerlar DNS ni 
ko‘pincha xost- kompyuterlarning ishonchli nomlari haqida ma’lumotlar 
manbasidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.
Uzoq terminallar emulyatsiyasi xizmati uzoq tizimlarni bir-biriga ulash 
uchun xizmat qiladi. Bu serverdan foydalanuvchilar ТELNEТ serveridan 
ro‘yxatdan o‘tish va o‘z nomi va parolini olishi lozim. ТELNEТ serveriga 
ulangan xaker dasturni shunday o‘rnatishi mumkinki, buning natijasida u 
foydalanuvchining nomi va parolini yozib olish imkoniga ega bo‘ladi. 
World Wide Web — WWW bu tizim Internet yoki intratarmoqlardagi har 
xil serverlar ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat qiladi. WWWning 
asosiy xossalaridan biri — tarmoqlararo ekran orqali aniq protokol va 
manzillarni filtrlash zarurligini tarmoqning himoyalash siyosati qarori bilan hal 
etilishidir. 
Har qanday tashkilotning tarmoq xavfsizligi siyosati ikki qismdan iborat 
bo‘ladi: tarmoq servislaridan foydalanish; tarmoqlararo ekranni qo‘llash. 

Download 8.25 Mb.
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish