A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/268
Sana23.02.2023
Hajmi8.25 Mb.
#43285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268
Bog'liq
Иктисодиётда ахборот комплекслари ва технологиялари дарслик
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2
M.V.Lomonosov nomidagi
Moskva Davlat Universiteti
Akademik A. Akayev  
 
 
 
 


12 
K I R I SH 
 
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy etuk, har tomonlama uyg‘un 
va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur 
bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun 
masuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga 
etkazish bugun har bir pedagog oldidagi ulkan masuliyatli vazifadir. XXI asr chin
ma’noda axborot asri bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida 
axborot hal qiluvchi kuch vazifasini o‘tamoqda. “Kimki haqiqiy axborotga ega 
bo‘lsa, u dunyoga hukmronlik qiladi” degan naql bugungi kunda o‘z tasdig‘ini 
topmoqda. 
Mamlakatimizda ham kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish hamda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida bir qancha qaror 
va farmoyishlar e’lon qilindi. Bunga misol qilib 30.05.2002-yildagi PF-3080, 
O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish 
to‘g‘risidagi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy 
etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1730 21.03.2012-yil, 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1989 26.03.2013-yil, O‘zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi PF-4702 04.02.2015-yil, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 dekabrdagi “2016-2018 yillarda 
O‘zbekiston tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 353-son 
kabi qaror va farmonlarni keltirish mumkin, shu bilan birgalikda bu kabilar sohaga 
katta e’tibor berilayotganligidan dalolat berib turibdi. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida turli xil mulk shaklidagi 
xo‘jalik sub’ektlarining yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘lidagi 
faoliyatlari bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar manfaatlari tengligi 
asosida iste’mol bozorining aholi ehtiyojlarini qondirish va shu orqali ularning 
turmush sharoitlarini yaxshilash hamda farovonligini yanada oshirishni nazarda 


13 
tutadi. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda mulk shaklidan qat’iy nazar, 
barcha xo‘jalik sub’ektlarining informatsion texnologiyalardan keng miqyosda 
foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda, 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham ustuvor yo‘nalishlaridan biri qilib
“Kichik biznes va tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash 
belgilangagligi”, bu sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada 
tizimli qo‘llash kerakligini davlatning asosiy vazifasi sifatida e’tibor berishi 
muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan. Bu vazifani amalga oshirishda 
tadbirkorlik 
va 
biznesda 
yangi 
zamonaviy 
dasturiy 
vositalar 
hamda 
avtomatlashtirilgan tizimlarni keng miqyosda qo‘llash va ularni mamlakatimiz 
hisob siyosati orqali barcha jabhalarga tadbiq etish iqtisodiy samarani ancha 
oshirishga imkon beradi. Boshqaruv faoliyatidagi avtomatlashtrilgan axborot 
texnologiyalarining dolzarbligi oliy ta’limning Davlat standartlariga “Iqtisodiyotda 
axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining kiritilishi bilan izohlanadi.
Hozirgi zamonda iqtisodiy oliy ta’lim axbotor- kommunikatsiya 
texnologiyalari fanlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Oliy ta’lim Davlat 
standartiga ko‘ra “Iqtisod” va “Pedagogika” ta’lim sohalari bo‘yicha axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalari bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotda 
tatbiq etiladigan bo‘limlardan iborat. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va 
texnologiyalari” fani iqtisodiyotda zarur bo‘lgan axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarining: zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalari, axborot 
komplekslarida tarmoq axborot texnologiyalari, iqtisodiyotning kasbiy faoliyatida 
qo‘llaniladigan axborot komplekslari va texnologiyalari, elektron hukumat 
asoslari, 
elektron 
biznes 
texnologiyalari 
nazariyalarining 
boshlang‘ich 
tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlar va ularning iqtisodiy tatbiqlaridan 
tashkil topgan.
“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining maqsadi 
“Moliya yo’nalishi” bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga sohaga oid dasturiy 
ta’minot komlpekslarida va avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari muhitida 
masalalar echish usullari haqida bilim berishdir.


14 
Darslik Toshkent Moliya instituti “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” 
kafedrasi pedagog xodimlari hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat 
Universiteti akademigi hammuallifligida tayyorlandi. 
Mualliflar materiallarning mazmuni va yozilish usuli bo’yicha o’z taklif-
mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga o‘z minatdorchilini bildiradilar. Taklif va 
mulohazalar mualliflarning keyingi amaliy ishlarida hisobga olinadi va darslik 
qayta nashrini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 

Download 8.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268




Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. A. Akayev, A. T. Kenjabayev, yo. S. Ilxamova, M. Yu. Jumaniyazova iqtisodiyotda axborot komplekslari

Download 8.25 Mb.
Pdf ko'rish