• AXBOROTLARNI TEXNIK HIMOYALASH
  • A. A. Ganiyev




    Download 0,8 Mb.
    bet11/45
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #250258
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (1)

    Nazorat uchun savollar


    • Axborot xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi?

    • Axborot xavfsizligining qanday tashkil etuvchilari mavjud?

    • Axborot xavfsizligini ta’minlashning uchta muhim xususiyati nimalardan iborat?

    • Axborotni muhofaza qilish deganda nima tushuniladi?

    • Axborotni muhofaza qilishning qanday usullari va turlari mavjud?

    • Axborotni muhofaza qilish vositalariga nimalar kiradi?

    • Axborotni muhofaza qilish tizimlari qanday vazifani bajaradi?

    • Axborot xavfsizligiga tahdid deganda nima tushuniladi?

    • Axborot xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar nimani ifodalaydi?

    • Axborotni muhofaza qilish sohasida qanday xalqaro standartlar mavjud?
    1. AXBOROTLARNI TEXNIK HIMOYALASH




      1. Texnik himoya obyektlari va himoya vositalari


    Axborot tizimlarida ma’lumotlarni texnik himoyalash masalasi bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


    Zamonaviy axborot tizimlarida saqlanuvchi, qayta ishlanuvchi va uzatiluvchi axborotlarni hamda obyektlarni himoyalash uchun murakkab va takomillashgan usullaridan foydalaniladi. Tahdidlar spektri kengligini inobatga olib, axborot himoyasi masalasiga kompleks yondashish talab etiladi.
    Axborot himoyasi tizimining juda keng ko‘lamga ega bo‘lgan chorasi

    • bu texnik himoya bo‘lib, u muhim ahamiyatga ega.

    Axborotning texnik himoyasi – amaldagi qonunchilikka mos ravishda texnik, dasturiy va dasturiy-texnik vositalar yordamida axborot xavfsizligining nokriptografik usullari bilan ta’minlashni inobatga oluvchi axborot himoyasidir. Shunga alohida e’tibor qaratish muhim-ki, texnik himoya deganda nafaqat texnik kanallar orqali ma’lumotning chiqib ketishini oldini olish, balki axborotni noqonuniy ruxsatlardan, matematik ta’sirlardan, zararlantiruvchi dasturlardan va boshqalardan himoya qilish ham tushuniladi. Axborotni texnik himoyalash obyektlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • axborotlashtirish obyekti;

    • axborot tizimi;

    • axborot tizimi resurslari;

    • axborot texnologiyalari;

    • dasturiy vositalar;

    • aloqa tarmoqlari.

    Nazorat hududi – bu qo‘riqlanuvchi (hudud, bino, ofis va boshq.) soha bo‘lib, uning ichida kommunikatsiya qurilmalari hamda axborot tar- mog‘ining lokal tarkibiy qurilmalarini birlashtiruvchi barcha nuqtalar joylashadi.
    Axborot tizimlarida ta’sir etilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga
    quyidagilarni kiritish mumkin:

    • apparat ta’minoti;

    • dasturiy ta’minot;

    • kommunikatsiyalar (aloqa kanallari yoki kommunikatsiya qurilma- lari orqali ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash);

    • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.

    Axborotning konfidensialligi, butunligi va ruxsat etilganligini buzish maqsadida ta’sir ko‘rsatish obyektlariga nafaqat axborot tizimi elementlari, balki uni qo‘llab turuvchi infratuzilma (elektr, issiqlik ta’minoti, sovitish tizimlari) ham kiradi. Bundan tashqari texnik vositalarning joylashish hududiga ham e’tibor qaratish lozim, ya’ni ularni qo‘riqlanuvchi hududga joylashtirish zarur. Simsiz aloqa vositalarini o‘rnatishda, ularning amal qilish masofasi (harakat zonasi) nazorat qilinuvchi hududdan chiqib ketmasligi tavsiya etiladi.

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




    Download 0,8 Mb.