• Axborotlarni chiqib ketish optik kanallari
  • A. A. Ganiyev




    Download 0,8 Mb.
    bet16/45
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #250258
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (1)

    Tovush balandligi – tovushni sezish intensivligi bo‘lib, u tovush kuchi va chastotasiga bog‘liq. U tovush kuchining logarifmiga proporsio- nal bo‘lib, detsibellarda ifodalanadi. Tovush balandligining o‘lchov birligi

    • fon hisoblanadi.

    Dinamik diapazon – tovush balandligi diapazoni yoki detsibellarda ifodalanuvchi tovush bosimining eng yukori va eng quyi tovushlari farqi.

    Axborotlarni chiqib ketish akustik kanali hosil bo‘lishining manbai


    • bular insonning tovush bo‘g‘ini kabi tebranuvchi jism va mexanizmlar, mashinalarning harakatlanuvchi elementlari, telefon apparatlari, tovush kuchaytirgich qurilmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

    Axborot signalining paydo bo‘lish fizik tabiatiga, shuningdek akustik tebranishlarning tarqalish muhiti va ularni tutib olish usuliga ko‘ra akustik axborotlarning chiqib ketish kanallarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: havo, tebranuvchi, elektroakustik, optik-elektron va parametrli.
    Axborotlarni havo akustik chiqib ketish kanalida akustik signallarni tarqalish muhiti sifatida havo qaraladi, asosiy tutib olish qurilmasi sifatida esa mikrofondan foydalaniladi. Mikrofon akustik signalni elektr signalga aylantirib beradi va yozib olish qurilmasiga yoki biror bir uzatuvchi quril- maga ulangan bo‘ladi. Olingan signallarni g‘arazgo‘y kimsaga uzatishni esa turli kanallar: radiokanal, optik kanal, elektr tarmog‘i va boshqalar orqali amalga oshirish mumkin.
    Axborotlarni chiqib ketish optik kanallari. Optik kanallar demaski- rovka belgilariga ko‘ra eng kuchsiz hisoblanadi, ya’ni maxsus texnik
    vositalar, masalan, maxsus fototasvir yordamida masofadan turib axborotni tutib olish mumkin.
    Ko‘rinish tirqishi kichik bo‘lgan, murakkab tuzilishga ega va yaxshi yoritilmagan sohalarni vizual kuzatish uchun optik-tolali qurilmalar – endoskoplar ishlab chiqilgan. Bunday qurilma kuchli yorug‘lik manbai, yoritish svetovodi, tasvir svetovodi, yorug‘lik ravshanligini boshqaruvchi okulyar, svetovodning ishchi qismi egiluvchan sohasining manipulya- toridan tashkil topadi. Yorug‘lik manbai sifatida interferension qoplamali akslantiruvchi bilan jihozlangan galogen lampadan foydalaniladi. Yoritish svetovodi orqali yorug‘lik kuzatilishi qiyin bo‘lgan yaxshi yoritilmagan sohaga yuboriladi. Obyektiv bilan kattalashtirilgan tasvir svetovod orqali operatorga uzatiladi. Tasvir sifati ravshanlikni boshqaruvchi yordamida o‘zgartiriladi. 3-rasmda ETG seriya-
    sidagi endoskop tasviri keltirilgan.
    Optik kanal orqali axborotni tutib olishda, misol uchun binoning yuqori qavatlarida joylashgan xonalardagi tasvirlarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rish yoki kuzatish mum- kin emas. Buning uchun albatta ushbu xonaga qarama-qarshi bino- dan turib, maxsus optik qurilma yordamidan foydalanish zarur bo‘la- di. Biroq, agar xona oynalari

    axborot bilan ishlash jarayonida to‘liq yopilsa, ya’ni maxsus pardalar

    1. rasm. ETG seriyasidagi endoskop.

    bilan berkitilsa, u holda axborot chiqib ketishi uchun vizual optik kanalning o‘zi mavjud bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday xonada axborotni optik tutib olish kanali hosil bo‘lmaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda xonalar oynasini tonirovka qilish yoki ularga sirtiga maxsus ishlov berilgan oynalar o‘rnatish ham mumkin.

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




    Download 0,8 Mb.