• AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING APPARAT-DASTURIY VOSITALARI
  • A. A. Ganiyev




    Download 0,8 Mb.
    bet28/45
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #250258
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (1)

    Nazorat uchun savollar


    • Kriptografiya nima?

    • Kriptografiya rivojlanishining qanday bosqichlari mavjud?

    • Zamonaviy kriptografiya qanaqa muammolarni hal etuvchi bilim sohasi hisoblanadi?

    • Axborotlarni sodda shifrlashni qanday usullari bor?

    • Sezarning shifrlash usuli qanday amalga oshiriladi?

    • Kalit deganda nima tushuniladi?

    • Simmetrik shifrlash qanday amalga oshiriladi?

    • Simmetrik va asimmetrik kalit yordamida shifrlash qanday amalga oshiriladi?

    • Raqamli sertifikatlar nima?

    • Shifrlashga qanaqa talablar qo‘yiladi?

    • Qaysi shifrlash algoritmlari keng tarqalgan?

    • Elektron raqamli imzo nima maqsadda ishlatiladi?
    1. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING APPARAT-DASTURIY VOSITALARI




      1. Axborotni muhofaza qilishning asosiy va yordamchi apparat-dasturiy vositalari


    Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – bu axborotni muhofaza qilish funksiyalari (foydalanuvchilarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalanishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik berkitish va boshqalar)ni mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda bajaradigan turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.


    Axborotni muhofaza qilishning apparat vositasi – bu maxsus himoya qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik vositasining tarkibiga kiruvchi moslama.
    Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy apparat vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • foydalanuvchini identifikatsiyalovchi ma’lumotlarni kiritish quril- malari (magnit va plastik kartalar, barmoq izlari va boshqalar);

    • ma’lumotlarni shifrlovchi qurilmalar;

    • ish stansiyalari va serverlarga noqonuniy ulanib olishga halaqit beruvchi qurilmalar (elektron qulflar va blokiratorlar).

    Ma’lumotlarni muhofaza qilishning yordamchi apparat vositalariga quyidagilar misol bo‘la oladi:

    • magnitli tashuvchilardagi ma’lumotlarni yo‘q qiluvchi qurilmalar;

    • kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarining noqonuniy hara- katlari bo‘yicha xabardor qiluvchi (signalizatsiya beruvchi) qurilmalar va boshqalar.

    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari – bu axborot xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavf- sizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardan iborat.
    Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyida- gilarni kiritish mumkin:

    • kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi dasturlar;

    • kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar;

    • axborotlarni shifrlovchi dasturlar;

    • axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lu- motlar bazalarini, ta’limning kompyuter tizimlarini va h.k.) noqonuniy o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.

    Kompyuter viruslaridan va boshqa zararlovchi dasturlar ta’siridan himoyalanish kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik axborot tizimlarida foydalanuvchilarning axbo- rotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Yuqorida ta’kidlanganidek, axborot himoya tizimi – bu chora- tadbirlar kompleksi bo‘lib, ular mos ravishda vositalar va usullar majmuini tashkil etadi. Axborot xavfsizligi tizimining apparat - dasturiy tashkil etuv- chisi (komponeti) turli axborot tizimlarining kompyuter va lokal tarmoq serverlarida saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi ma’lumotlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Odatda u quyidagi jarayonlar bilan uzviy bog‘liq- likda amalga oshiriladi:

    • ruxsat etishni hamda ruxsat etish siyosatini boshqarish;

    • foydalanuvchilarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish;

    • hodisalarni ro‘yxatga olishi va audit qilish;

    • kriptografik himoya;

    • tarmoq himoyasi;

    • virusga qarshi himoya;

    • dasturiy vositalar orqali hujumlarni aniqlash.

    Ruxsat etishni boshqarish vositalari foydalanuvchilar tomonidan axborot ustida amalga oshiriladigan harakatlarni chegaralash va nazorat qilish imkonini beradi. Bularga tizimga kirish uchun ruxsatni chegaralash, mualliflangan foydalanuvchi ruxsatini chegaralash kabilarni kiritish mum- kin. Ushbu jarayonda ruxsat etishni boshqarish dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Ruxsat etish huquqlarini nazorat qilish dastur muhiti- ning turli tashkil etuvchilari – tarmoq operatsion tizimining yadrosi, ma’lu- motlar bazasini boshqarish tizimi, qo‘shimcha dasturiy ta’minot va bosh- qalar tomonidan amalga oshiriladi.
    Identifikatsiya foydalanuvchining o‘z nomini xabar yuborish orqali o‘zini identifikatsiya qilishiga imkon yaratish uchun mo‘ljallangan. Auten- tifikatsiya yordamida esa ikkinchi tomon tizimga kirishga harakat qilayot- gan foydalanuvchining haqiqatan ham o‘zi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Hodisalarni ro‘yxatga olish (protokollashtirish, jurnallashtirish) – bu tizimda ro‘y berayotgan hodisalar haqida axborotlarni yig‘ish va jamlash
    jarayonidir. Hodisalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

    1. Tashqi hodisalar: mualliflangan va mualliflanmagan foydalanuv- chilar harakatlari orqali yuzaga keluvchi;

    2. Ichki hodisalar: foydalanuvchilar va adminstratorlar harakatlari orqali yuzaga keluvchi.

    Audit – bu hodisalarni jurnallashtirish natijasida jamlangan axborot- larni tahlil qilish jarayonidir. Bunday tahlil real vaqtda yoki davriy tarzda tezkor amalga oshirilishi mumkin.
    Tarmoq himoyasi odatda, tarmoq chegaralariga ekran deb nomlanuv- chi qurilmalarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Ekran bir tarmoqdagi foydalanuvchilarga boshqa tarmoqqa tegishli resurslardan foydalanish uchun ruxsatni chegaralash vositasi hisoblanadi. Ikki tizim orasidagi barcha axborot oqimini nazorat qilish ekranning vazifasiga kiradi. Bunga misol tariqasida tarmoq ekranini keltirish mumkin. U biror tashkilotga tegishli, internetga chiqish imkoniga ega bo‘lgan lokal tarmoqni himoya qilish uchun o‘rnatiladi.
    Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlovchi apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqaruvchilarning deyarli barchasi virusga qarshi himoyani hamda zararlantiruvchi dasturiy vositalar hujumini aniqlovchi va ulardan himoyalovchi tizimlarni inobatga oladi. Bunga misol tariqasida D- Link tarmoqlararo ekran qurilmasini keltirish mumkin (17-rasm). U zararlovchi dasturlarni va trafikni tekshirish imkonini beradi.


            1. rasm. SOH tarmoqlari uchun DFL-260E tarmoqlararo ekrani.

    Umuman olganda axborot xavfsizligi tizimining apparat-dasturiy vositalari haqida fikr yuritganda, lokal tarmoqdagi obyektlarni ochiq tarmoqlar (internet) ta’siridan yuqori samarali himoya qilish usuli – bu ular


    orasida oqib yuruvchi tarmoq paketlarini nazorat qiluvchi va filtrlovchi qurilmani belgilangan qoidalarga mos ravishda o‘rnatishga alohida e’tibor beriladi. Bunday qurilma – tarmoqlararo ekran deb nomlanib, u yana fayrvoll (inglizcha firewall) yoki brandmauer (nemis tilida brandmauer) deb ham ataladi.

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




    Download 0,8 Mb.