• Amaliy ish.
  • O'g'il bolalar kiyimlari uchun andaza tayyorlash




    Download 87.18 Kb.
    bet2/4
    Sana12.02.2024
    Hajmi87.18 Kb.
    #154866
    1   2   3   4
    Bog'liq
    O\'G\'IL BOLALAR KO’YLAGI TANLANGAN FASON ASOSIDA MODELLASHTIRISH
    Yarim Statik malumotlar, 1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
    O'g'il bolalar kiyimlari uchun andaza tayyorlash
    Odam gavdasi tuzilishi, gavda turlari, odam qaddi-qomatini tashkil qiluvchi qismlar, ularning mutanosibligi, kiyim tayyorlashda ularning o`rni haqida tushuncha. Odam qaddi-qomatidagi belgilar, xususiyatlar, jinsiga, yoshiga xos o`zgarishi. Gavda tuzilishidagi asosiy nuqtalar va chiziqlar. Ularni kiyim loyihalashdagi ahamiyati. Loyihalash uslublari: mulyaj, hisoblash, o`lchab hisoblash, yagona loyihalash uslublari haqida. 
    Bolalar gavdasining o`ziga xos xususiyatlari, harakatchanligi, tez o`zgaruvchanligini, kiyim loyihalashda hisobga olinishi. Bolalar yoshiga nisbatan kiyimlarni guruhlarga bo`linishi, ularda kiyim bichimi, bezagi, gazlamalarni qo`llash haqida ma`lumot.
    Yangi tug`ilgan bolalar kiyimi va buyumlari uchun tanlanadigan gazlamalar, kiyimni tayyorlanishiga qo`yilgan talablar haqida ma`lumot. Ularning kiyim va buyumlari asosiy andazasini loyihalash usullari. Texnik modellashtirish nima va uning bosqichlariga qo`yilgan texnik talablar (eskiz, shablon, rangli qalam, rangli qog`oz bilan ishlash). Ish fartugi va ro`molining asosiy chizmasi chiziladi va texnik modellanadi. Maktabgacha yoshdagi qiz va o`g`il bolalar ko`ylaklarini loyihalash , modellash va andazasini tayyorlash.
    Tungi ko`ylakni loyihalash. Asosiy o`lchovlar olinib, ular asosida hisoblash jadvali tuzilib, tungi ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. Tungi ko`ylak asosida o`smir yoshdagi qiz bolalar xalati andazasini tayyorlash.
    Amaliy ish. Tungi ko`ylak modellarini texnik modellashtirishni amaliy, ijodiy bajarish. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagi, o`g`il bolalar shortigi va ko`ylagi, o`smir (42-r) qiz bolalar ko`ylaklarining asosiy andazasini loyihalash va texnik modellash. 
    O`z o`lchamida tungi ko`ylak, trusik va ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. 
    Belli kiyimlarning turlari, tarixi, bichimlari, gazlamalari, bezaklari haqida ma`lumot. Zamonaviy modellar, ularni odam qiyofasiga moslab tanlash.
    To`g`ri bichimli yubka andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimchalar. Ular asosida hisoblash jadvali tuzish, asos chizmasi chizish va andaza tayyorlash. To`g’ri bichimli yubkaning turli modellari. Ro`para taxlamli yubkalarni oddiy modellashtirish. Bo`lakli (4, 6, 8) va “gode” klyoshli (konussimon, quyosh, yarim quyoshli) yubkalarining asosiy chizmasi chizilib, andazasini tayyorlash. Har bir yubkani texnik modellash. O’g’il bolalar shimi asosiy andaza chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, bo`shliqlar shim chizmasini chizib, andaza tayyorlash. 


    Download 87.18 Kb.
    1   2   3   4




    Download 87.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'g'il bolalar kiyimlari uchun andaza tayyorlash

    Download 87.18 Kb.