• Amaliy ish.
  • A-guruh talabasi: mirzaahmedova xursanxonning




    Download 87,18 Kb.
    bet3/4
    Sana12.02.2024
    Hajmi87,18 Kb.
    #154866
    1   2   3   4
    Bog'liq
    O\'G\'IL BOLALAR KO’YLAGI TANLANGAN FASON ASOSIDA MODELLASHTIRISH

    Mustaqil ish. Har bir o`quvchi o`z o`lchovi asosida belli kiyimlar asos chizmasini chizib, modellashtirib, andaza tayyorlaydi. 
    Yelkali yengil kiyimlar tarixi. Yaxlit, reglanli, yoqa o`yindilari, yoqa turlarining zamonaviy modellariga tavsif. Bluzka asos chizmasi uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimchalar yordamida hisoblash jadvalini tuzish, chizmasini chizish. Bluzka andazasini tayyorlash. Jadvalini tuzish, asos chizmasini chizish.
    Ovro`pacha ko`ylak ko`krak qismini oddiy texnik modellash, ya`ni ko`krak vitochkasining joyini o`zgartirish va tarqatish. Murakkab texnik modellashtirish: koketkalar, relyeflar, burmalar, taxlamalar, solqilar va hokazolar hosil qilish.
    Yeng turlari. O`tkazma yengni loyihalash uchun asosiy o`lchovlar, qo`shimcha kengliklar asosida chizma chizish. Tor, keng, kalta yeng andazasini tayyorlash. Yeng yedirmasini hisoblash. O`tkazma yengni texnik modellashtirishda “fonarik”, “qanotcha”, uchiga kengaygan murakkab bichimli yenglarni modellash.
    Bo`yin o`yindisi turlari (uchburchak, to`rtburchak, dumaloq, ovalsimon, yuraksimon, qayiqsimon va hokazolar). Yaxlit bichimli yoqalarni (apash, shal, pidjak tipidagi) loyihalash va texnik modellash. Ovro`pacha ko`ylak asosida xalatning bir va ikki o`tim taqilmali modelini chiqarish.
    Ovro`pacha ko`ylakni modellashtirishda turli cho`ntak, koketkalar, murakkab taqilmali taxlamalar, burmalar, solqilar va bezaklarni qo`llab, zamonaviy modellarni yaratish. Yaxlit bichilgan yengli ko`ylakni ovro`pacha ko`ylak asosida loyihalab, texnik modellash (burma, taxlama, relef va hokazolar kiritish). Reglan yengli ko`ylakni ovro`pacha ko`ylak asosida loyihalash, texnik modellash. Eskizlar ijod etishda badiiy did, kiyim kompozitsiyasi yechimi, illyuziyalar berishda o`z mahoratini namoyon qilish, kiyim uslublarini tanlay olishni o`rgatish.
    Amaliy ish. O`z o`lchamlari asosida bluzka, ovro`pacha ko`ylak asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash.
    Ovro`pacha ko`ylak asos chizmasi yordamida bashang ko`ylak andazasini yaratish.
    Mustaqil ish. O’g’il bolalar yelkali yengil kiyimlari modellari andazasi to`plamini yaratish, tikuvchilik texnologiyasi asosida maketlarini yaratish, maketlar to`plami namoyishini o`tkazish. 
    O’g’il bolalar ust kiyimi haqida ma`lumotlar: paltolar, kurtkalar, plashlar, kalta Eskizlar chizish . Gavdadan o`lchovlar olish qoidalari.Qo`shimcha kengliklar . Ular asosida hisoblash jadvali tuzib, asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash, gazlamaga joylashtirish. Astar uchun andaza tayyorlash.
    : Individual figuradan o`lchovlar olish. Asos tuzish. Asosni modellashtirish. Andaza tayyorlash. Ust kiyim maketlarini tayyorlash 
    Murakkab ust kiyim turiga andaza tayyorlash va tikish. 
    Milliy kiyimlarning rivojlanish tarixi va zamonaviy modellari haqida tushuncha. Milliy ko`krak burma ko`ylak uchun asosiy o`lchov, bo`shliqlar. Ular asosida hisoblash jadvali tuzib, asos chizmasini chizish, modellashtirish, andazasini tayyorlash. Lozim chizmasini chizish, pochasini texnik modellashtirishda turli shakl, manjet, taqilmadan foydalanish.
    O`z o`lchami asosida murakkab shaklli milliy ko`ylak asos chizmasini chizish, modellashtirish andazasini tayyorlash, tikuvchilik texnologiyasi fanida foydalanish. 

    Milliy o`zbek kiyimlarini, modellar toplamini yaratish. O`z o`lchamida asos chizmasini chizish va modellashtirish, andaza tayyorlash, tikuvchilik texnologiyasi talablari asosida tikish. Tikilgan buyumlar ko`rgazmasini tashkil etish. 



    Download 87,18 Kb.
    1   2   3   4




    Download 87,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A-guruh talabasi: mirzaahmedova xursanxonning

    Download 87,18 Kb.