1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
39
Shuni ta'kidlash kerakki, ta’lim ishlarini individuallashtirishni ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan, ko‘p
tarmoqli maktabgacha ta’lim taskilotlarida (bu o‘z faoliyat profiliga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga xos) tarbiyalanuvchilar uchun individual ta’lim yo‘nalishlari (ta’lim, sog‘lomlashtirish,
korreksion-rivojlantiruvchi), yoki bolalar bilan individual ishlash vositalari (individual mashg‘ulotlar,
kuzatuv xaritalari, individual tashrif tartibi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan
ota-onalarning individual maslahatlari va boshqalar) ham taqdim etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilan individual ish, asosan, bolalarning dasturiy bilimlarini
rivojlantirish diagnostikasi natijalari asosida quriladi va kalendar rejalashtirishda o‘z aksini topadi.
5.
Tashkiliy bo‘lim
Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim va tarbiya
jarayoni jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan
holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi
va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini
hisobga olgan ravishda dasturni amalga oshirishning turli shakllari,
metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli
xildagi faoliyatning o‘ziga xos psixologo-pedagogik xususiyatlari,
tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi
mumkin.