5.1. Bolalar bilan ta’limiy ishlar tizimi ● yosh guruhlari bo‘yicha umumiy kun tartibi;
● ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari va usullari;
● umumiy o‘quv yuklamasi
(darslar taqsimoti, markazlarda ishlash) .
Kun tartibini tashkil etish – SanPiNga muvofiq bolalarning guruhda
bo‘lishi. Mazkur guruhning yosh xususiyatlari, maktabgacha ta’lim
tashkilotining xususiyatlari, SanPiN talablarini hisobga olgan holda,
maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida
bo‘lishining batafsil tartibi ilova qilinadi.
Qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ilova qilish mumkin:
● harakatlar tartibi;
● korreksion mashg‘ulotlar, to‘garaklar, seksiyalar jadvali;
● bolalarni chiniqtirish tartibi va boshqalar.
5.2. Ota-onalar va ijtimoiy hamkor- lar bilan o‘zaro munosabatlar shakllari Bu bandda ota-onalar va ijtimoiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish
imkoniyatlarini yaratadigan faoliyatning turli shakllari va usullarini
taqdim etish tavsiya etiladi:
● maktabgacha ta’lim tashkilotining ijtimoiy-madaniy muhitining xu-
susiyatlari, oila bilan o‘zaro munosabatlarning shakllari va usullari;
● pedagoglarning ijtimoiy-madaniy loyihalari.
● MTT pedagoglarning asosiy ijtimoiy sheriklari bilan o‘zaro muno-
sabatlarning batafsil yoritilishi
(ma'lum yo‘nalishlarga ega MTT uchun); ● tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuvi uchun qo‘shimcha shart-
sharoitlar yaratish, ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, ta'limning
uzluksizligi va ketma-ketligini ta'minlashga qaratilgan pedagoglar-
ning ijtimoiy-madaniy loyihalari taqdim etiladi.
Ushbu ma'lumot haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun "Oila va
mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik" qo‘llanmasiga qarang. Ota-
1-ILOVA. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
40
onalar va ijtimoiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar shakllari jadval
shaklida taqdim etilishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan “Oilalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik”
qo‘llanmasida tanishishingiz mumkin.