• 9-ILOVA. Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi
  • Bilish jarayonining rivojlanishi




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/87
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,32 Mb.
    #233085
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
    Bog'liq
    Ilk Qadam UZB final (3)

    4.
    Bilish jarayonining rivojlanishi
    4.1 Bilim olishga faol qiziqishini namoyon etadi
    4.2. O‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va
    undan foydalanadi
    4.4. Predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi 
    va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi
    4.5. Raqamlar, hisoblashni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi
    4.6. Makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi
    4.7. Elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi
    4.8. Atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq 
    qiladi
    5.
    Atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi
    5.1. San’at va madaniyatga qiziqish bildiradi
    5.2. Milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida 
    idrok etadi
    5.3. San'atning ma'lum bir turiga bo‘lgan afzalliklarni mustaqil ravishda ifoda-
    laydi
    5.4. Olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy reja- 
    larini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi
    5.5. Insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi
    To‘ldirilgan sana: «_____»_______________ 20____ yil
    Pedagog: ________________________ _______________________________________________________________________________
     (Imzo)
     (Ism-sharif to‘liq)


    90
    9-ILOVA. Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi
    9-ILOVA. 
     
    Guruhlarda rivojlanish markazlarining 
    taxminiy joylashuvi
    Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan rivojlanish muhiti eng muhim 
    rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Guruh xonasini rivojlanish markazlari 
    deb ataladigan kichik-kichik joylarga ajratish tavsiya etiladi. MTT pedagoglariga jadvalda guruhdagi 
    rivojlanish markazlarining minimal soni ko‘rsatilganligini tushunishlari tavsiya etiladi; hududning va 
    MTTdagi ta’lim va tarbiya jarayoni mazmunining imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda 
    guruhdagi boshqa rivojlanish markazlari tashkil etilishi mumkin.
    Turli guruhlarda markazlar to‘plami har xil bo‘lishi mumkin, ammo davlat o‘quv dasturi guruhdagi 
    beshta asosiy rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va nutq; syujetli-rolli o‘yinlar 
    va sahnalashtirish; san'at; qurish, konstruksiyalash va matematika. Guruhda boshqa rivojlanish 
    markazlarini ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil etish bolalarning manfaatlariga, guruhning 
    bo‘sh makoniga va maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlariga bog‘liq. Bunday 
    markazlar vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi; pazandachilik 
    markazi; musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Ta’lim muhitini yaratishda pedagoglar bolalar 
    faol bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar mavjudligini ta'minlashi kerak.

    Download 5,32 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




    Download 5,32 Mb.
    Pdf ko'rish