|
A joint Project Unit
|
Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 2,62 Mb. | | #136243 |
Bog'liq presentation 5 (1) - REJA:
- 1.Murakkab qarshilik to’g’risida tushuncha.
- 2.Qiyshiq egilish.
- 3. Markaziy bo’lmagan cho’zilish yoki siqilish.
- 4. Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta’siri.
Murakkab qarshilik to’g’risida tishuncha - Ko’pincha shunday hollar bo’ladiki, mashina va inshoot qismlarida tashqi kuch ta’siridan yuqorida keltirilgan oddiy deformatsiyalarning bir nechtasi bir yo’la hosil bo’ladi. Masalan, harakatdagi avtotransport vositalarining vallari bir vaqtning o’zida buralish va egilishga qarshilik ko’rsatishi mumkin, chunki ularning istalgan ko’ndalang kesimlariga faqat burovchi va eguvchi momentlar ta’sir qiladi.
- Ko’prik yoki kran fermalari tarkibiga kiruvchi sterjenlar cho’zilishi yoki siqilishi bilan birga egilishi ham mumkin, albatta ularning barcha kesimlari bo’ylama kuch va eguvchi momentlar ta’sirida ekanligidandir. Mashina va inshoot qismlarining barcha ko’ndalang kesim yuzalariga ta’sir qiluvchi kuchlardan ularda oddiy deformatsiyalarning kombinatsiyalari hosil bo’ladigan barcha hollarga murakkab qarshilik yoki murakkab deformatsiya deyiladi. Bunday elementlarni mustaxkamlik va bikirligini hisoblashda kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi
Murakkab qarshilikning quyidagi turlari mavjud: - 1.Qiyshiq egilish.
- 2.Markaziy bo’lmagan siqilish va cho’zilish.
- 3.Buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri.
Qiyshiq egilish - Eguvchi momentning ta’sir tekisligi to’sin ko\ndalang kesimi bosh markaziy inertsiya o’qlaridan xech qaysisi bilan mos tushmaydigan egilish qiyshiq egilish deb ataladi. Masalan, tomlarni yopishda shlatiladigan tunika ostiga qoqiladigan (reyka) taxta panjaralarga shunday kuchlar ta’sir qiladiki, bu kuchlar yotgan tekisliklar taxta panjaralar ko’ndalang kesimlarining bosh inertsiya o’qlari orqali o’tuvchi tekisliklar bilan burchak hosil qiladi. Rasmda ko’rsatilgandek, tunika va taxta panjaralarning o’z og’irligidan tushadigan Ρ kuch taxta panjaralarning o’qi bilan α burchak hosil qilgan holda yo’naladi
- Bir uchi bilan qistirib mahkamlangan burchaklikning kesimi bosh inertsiya o’qlari kuchga nisbatan α burchak ostida yo’nalganligi sababli unda ham qiyshiq egilish sodir bo’ladi
Markaziy bo’lmagan siqilish va cho’zilish - Brusning siqadigan yoki cho’zadigan kuch brus o’qiga parallel, lekin kuch qo’yilgan nuqta kesimning og’irlik markaziga mos kelmaydigan holdagi deformatsiya markaziy bo’lmagan siqilish yoki cho’zilish deb ataladi. Kuch qo’yilgan nuqta qutbdan kesimning og’irlik markazigacha bo’lgan masofa ekstsentrisitet deb ataladi
Egilish bilan buralishning birgalikdagi ta’siri - Muxandislik qurilmalarida buralish bilan egilishi bir vaqtda yuz beradigan detallar uchraydi. Turli mashinalar va mexanizmlarning vallari shunday detallar jumlasiga kiradi. Bunda valning ko’ndalang kesimlarida eguvchi va burovchi momentlar, shuningdek ko’ndalang kuch vujudga keladi.masalan: tirsakli valga anchagina burovchi moment ta’sir etishi bilan birga egilishga ham ishlaydi, shuningdek, tramvay vagonlarining o’qlari buralish bilan egilishga ishlaydi
Bir vaqtda egilishi va buralishda mustaxkamlikka hisoblash usullari - Valga eguvchi moment M va burovchi moment T lar ta’sir qilayotgan bo’lsin. Val kesimida hosil bo’layotgan eng katta normal va urinma kuchlanishlar quyidagicha aniqlanadi
- Val ko’ndalang kesimi tekis kuchlanish holatida bo’lanligi sababli bosh kuchlanishlar quyidagicha ifodalanadi
- Po’latdan tayyorlangan vallarn mustahkamlikka hisoblash plastik materiallar uchun qabul qilinadigan uchinchi va to’rtinchi mustahkamlik nazariyalar bo’yicha amalga oshiriladi:
- uchinchi nazariya bo’yicha mustahkamlik sharti:
- to’rtinchi nazariya bo’yicha esa:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
| |