• MAVZU: Talabalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish Bajardi
  • I.BOB. Talabalardagi individual xususiyatlar, bilish jarayonlarining o’ziga xosligi va talim sifatiga ta’siri.
  • II.BOB. Talim muassasalarida kognitiv rivojlanishni ragbatlantirishning amaliy strategiyalari.
  • Xulosa…………………………………………………………………......…..….36 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...…..…37 KIRISH
  • SHAVKAT MIRZIYOYEV
  • A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi




    Download 250.5 Kb.
    bet1/8
    Sana18.04.2024
    Hajmi250.5 Kb.
    #200071
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Adham
    DILI OCHIQ DARS 2022, YYUUUZZZ OCHIQ DARS, alpomish, 6-sinf Science ichkiiii monitoring, Mavzu, Yusupova B.A. 4-sho\'ba (inglizcha), Ismoilov M (3), Ачилов Акмал Джуманазарович doc2322121, Islom huquqida jinoyat va jazo, Modellashtirish ning, Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, fals, Saloxiddinova 2023, O`zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan majmua 2022, Microsoft Excel, 1-ma’ruza. Bug‘latish jarayoni. Depressiya turlari. BIR KORPUSLI

    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI


    UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
    PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANIDAN
    KURS ISHI
    MAVZU: Talabalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish


    Bajardi: Aminov Adham
    Ilmiy rahbar: Usmonova Munira

    JIZZAX -2024


    MUNDARIJA


    KIRISH………………………………………………………………..……..….…3
    I.BOB. Talabalardagi individual xususiyatlar, bilish jarayonlarining o’ziga xosligi va talim sifatiga ta’siri.
    1.1. Talabalarni kognitiv rivojlanishning asosiy nazariyalari...................................5
    1.2. Ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi turli kognitiv jarayonlar..............................9
    1.3 Kognitiv rivojlanishga atrof-muhit va individual omillarning ta'sirini tahli….17
    II.BOB. Ta'lim muassasalarida kognitiv rivojlanishni rag'batlantirishning amaliy strategiyalari.
    2.1 Tanqidiy fikrlashni va ta'limdagi kognitiv jarayonlarning roli haqida fikr yuritish…………………………………………………………………………….21
    2.2. Talabalar kognitiv rivojlanish tamoyillarini ta'lim sharoitlarida qo'llagan holda yakuniy loyihalarini taqdim etadilar……………………………………………....26
    2.3. Kognitiv rivojlanishni yaxshilash uchun texnologiyani ta'lim amaliyotiga integratsiya qilish…………………………………………………………….……31
    Xulosa…………………………………………………………………......…..….36
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...…..…37


    KIRISH
    ’’ Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa
    ta’lim sifati ham, mazmuni ham,
    muhit ham o‘zgarmaydi,’’.
    SHAVKAT MIRZIYOYEV
    Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, aholi barcha qatlamlarining axloqiy tarbiyasiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, mamlakatimizdagi mavjud uzluksiz ta’lim tizimi aholining beshdan bir qismini qamrab olgan. Ushbu tizim qamrab olgan bolalar va o’smirlardan tashqari, aholining katta qismi orasida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining tizimli yo’lga qo’yilishi va bu borada yuksak samaradorlikka erishish o’tkir zaruratga aylanmoqda. Har bir shaxsning o’ziga xos individual xususiyatlari mavjudki, bu ta’lim jarayonlariga, o’zlashtirish ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi. Bundan tashqari psixik bilish jarayonlarining ham ahamiyati katta, quyida shular haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tiladi. Psixik bilish jarayonlari har bir insonda mavjud bo’lib bular: sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur hamda xayol. Lekin ushbu bilish jarayonlari hamma shaxsda ham birdek rivojlanmagan. Bilish jarayonlarining yoshlikdan yaxshi rivojlantirib, shakllantirib borilishi, kelajakda ta’lim olishda o’z natijasini beradi. Masalan: sezgi deb – atrofimizdagi narsa hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etish natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks etishiga aytiladi. Sezgi jarayoni orqali bola yoshligidan fazoni idrok etadi, narsalarning rangini, ta’mini, turli xil tovushlarni, shakllarni anglab boradi. Sezgi: ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish hamda teri tuyishdan iboratdir. Sezgi turlari: introretseptiv, ekstroretseptiv, proproretseptiv kabi turlarga bo’linadi. Bolaning yoshligidan, sezgini rivojlantiruvchi maxsus metodikalarni qo’llab rivojlantirib borilsa, unda idrok jarayonlari ham faollashib boradi. Idrok – sezgiga nisbatan bir muncha murakabbroq, to’laroq aks ettirish jarayoni bo’lib sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya’ni ongda yaxlit aks ettirishdan iboratdir. K.D.Ushinskiy idrokdagi kuzatuvchanlikni o’stirish vazifasiga katta e’tibor berardi. “Agar ta’lim bolalarning aqlini o’stirmoqchi bo’lsa, - deb yozgan edi Ushinskiy – ularning kuzatuvchanlik qobiliyatlarini mashq qildirish kerak. Darhaqiqat bolada idrokning, kuzatuvchanlik qobiliyatlarining faolligi ularning ta’lim olishida katta ahamiyatga ega. Idrok jarayonlarida diqqat g’oyat katta ahamiyatga egadir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi va idrokning mukammal, raso va ravshan bo’lishiga xizmat qiladi. Diqqat ixtiyoriy, ixtiyorsiz va ixtiyoriydan so’nggi kabi turlarga bo’linadi. Diqqatning ixtiyorsiz turi kundalik turmushimizda ko’proq foydalansak, ta’lim jarayonlarida ixtiyoriy diqqat qanchalik yaxshi rivojlangani ahamiyatlidir. Ixtiyoriy diqqatda irodaviy zo’r berish jarayoni kechadi: masalan bir maqsad qo’yib, o’sha maqsad sari borishda rejalar asosida qanchalik murakkab va qiyin bo’lmasin, harakat qilib, intilib erishiladi.



    Download 250.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 250.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi

    Download 250.5 Kb.