• 3. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2
  • Lingvistik kompetensiya
  • II.Uy vazifasini so`rash 1.Qanday gapga o`zlashtirma gap deyiladi 2.Ko`chirma va o`zlashtirma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi III.Yangi mavzu bayoni
  • IV.Mustahkamlash 212,213-mashqlarni bajarish V.O`quvchilarni baholash
  • A ta`limiy maqsad: o`quvchilarga nutq uslublari haqida ma`lumot berish; b tarbiyaviy maqsad




    Download 1.91 Mb.
    Sana19.06.2023
    Hajmi1.91 Mb.
    #74213
    Bog'liq
    10 NUTQ USLUBLARI
    mashinali o`qitish 1, slatd, RASM, 1, 1707332197, Документ Microsoft Word, 15-mavzu , kurs ish real sektor




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
    ONA TILI FANIDAN 10-SINFLAR ANIQLANGAN BO`SHLIQLARNI BARTARAF ETISH UCHUN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK




    Mavzu: NUTQ USLUBLARI
    Darsning maqsadi:a)ta`limiy maqsad:o`quvchilarga nutq uslublari haqida ma`lumot berish;
    b)tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarni adabiy til normalariga rioya qilish qonun qoidalarini o`rgatish,qonunga hurmat tuyg`usini singdirish;
    s)rivojlantiruvchi maqsad:o`quvchilarning ish qog`ozlarini yozish bo`yicha malakasini o`stirish
    1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
    A2 darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
    A2 doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
    3. Milliy va umummadaniy kompetensiya:
    A2 adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish.
    Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; matnlarni (mashq va topshiriqlar) to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; fikrini so‘z va gaplarni mantiqiy bog‘lagan holda, to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi. Lingvistik kompetensiya nutq uslublarini bir-biridan gap farqlay oladi. Og‘zaki va yozma nutqda nutq uslublaridan o‘rinli foydalana oladi.
    Dars turi: yangi bilim
    Dars uslubi:suhbat,klaster, savol-javob
    Darsning borishi
    I.Tashkiliy qism
    a)salomlashish s)davomatni aniqlash
    b)sinf tozaligi d)kun yangiliklari


    II.Uy vazifasini so`rash
    1.Qanday gapga o`zlashtirma gap deyiladi?
    2.Ko`chirma va o`zlashtirma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
    III.Yangi mavzu bayoni
    Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma`lum soha doirasiga,ma`lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishni nutq uslubi hisoblanadi.So`zlar ham ma`lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi.Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar,bunday xususiyatiga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlar sanaladi.O`zbek tilining quyidagi nutq uslublar mavjud:1)so`zlashuv uslubi,2)publistik uslub,3)ilmiy uslub,4)rasmiy uslub,5)badiiy uslub.Bulardan birinchisi og`zaki;qolganlari yozma nutqqa xosdir.
    IV.Mustahkamlash







    212,213-mashqlarni bajarish
    V.O`quvchilarni baholash
    1.Nutq uslublari deb nimaga aytiladi?
    2.Nutq vaziyati deganda nimani tushunasiz?
    3.Qanday nutq uslublari mavjud?
    4.Qaysi nutq uslubi o`gzaki,qaysilari yozma nutqqa xos?
    O`quvchilar har bir uslubga misol keltiradi.
    SO`ZLASHUV USLUBI:Obbo,hamma ishni do`ndiribsiz-da.
    ILMIY USLUB:Yomg`ir suyuq tomchi holidagi atmosfera yog`ini.
    RASMIY USLUB:M.Ahmedovga o`z lavozimini suiste`mol qilganligi uchun xayfsan e`lon qilinsin.
    PUBLITSISTIK USLUB:Dehqonlarimiz mo`l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
    BADIIY USLUB:O`lkamizda fasllar kelinchagi bo`lmish bahor o`z sepini yoymoqda.
    VI.Uyga vazifa
    214-mashq
    Turli nutq uslublariga bittadan gap yozing
    Download 1.91 Mb.




    Download 1.91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A ta`limiy maqsad: o`quvchilarga nutq uslublari haqida ma`lumot berish; b tarbiyaviy maqsad

    Download 1.91 Mb.