maqsadi: Dengiz  yo’lduzlari va tipratikanlari misolida  ignaterililarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishish




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/121
Sana07.02.2022
Hajmi5.95 Mb.
#17191
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
umurtqasizlar zoologiyasi
2-topshiriq chiziqli (amaliy), 50-son, metrolgik manbalar, 1111, Xasanova Fazilat Muhammadovna , slayd 6, Создание систем Микроконтро́ллеров с помощью устройства Switch bank, Amaliy ish 1, 1-Mustaqil EVS, 2-Mustaqil EVS, 4-Amaliy ish ES TITUL, file, 1-ma\'ruza20-21-kompy.info, 00
maqsadi: Dengiz 
yo’lduzlari va tipratikanlari misolida 
ignaterililarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishish. 
Dengiz yo’lduzlarining tanasi me’yorli holatda oral va undan tarqaluvchi 
beshta nurdan iborat. Diskning markazidan 2 xil yo’nalishdagi chiziq o’tkazish 
mumkin. Har bir nurning markazi orqali o’tadigan chiziqni radiuslar, ikki nur 
oraligidan o’tadiganini esa interradiuslar deyiladi (52-rasm). Dengiz 
yo’lduzlarining tanasi me’yorli holatda oral qutbi bilan substratgga (dengiz tubiga) 
qaragan bo’ladi. Xuddi shu tomonida — diskning markazida og’iz teshigi 
joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy chizigi bo’ylab 
joylashgan egatchasi bor. Unda 4 qator bo’lib joylashgan juda ko’p o’simtalar yoki 
ambulakral – oyoqchalar bo’ladi. Oral qutbiga qarama-qarshi tomoni aboral qutb 
deb ataladi. Bu qutbning markazida anal teshigi joylashgan. Bundan tashqari 
aboral qutbda juda ko’p mayda teshikchalarga ega bo’lgan madrepor plastinka 
bo’ladi. Dengiz yo’lduzi tanasinnng aboral qutbi, ohakdan iborat juda ko’p kichik 
ninalar bilan qoplangan. Bularning ba’zilari o’zgarib, o’ziga xos qisqichlarga — 
pedisellyariyalarga aylangan. Ular hayvon tanasidagi ninalarning orasiga kirib 
qolgan yot zarralarni tozalaydi (53-rasm). 
Hamma ninatanlilar, shu jumladan, dengiz yo’lduzlarida ham ambulakral 
sistema yoki suvli naychalar sistemasining bo’lishi harakterlidir. Bu sistema aboral 
qutbdagi madrepor plastinkadan boshlanadi. Plastinkadagi mayda teshikchalar 
orqali o’tgan suv maxsus tosh kanalchaga o’tadi. Bu kanalning devori ohakdan 
iborat bo’lganligi uchun ham uni tosh kanal deb ataladi. Bu kanal interradial 


137 
tartibda joylashgan bo’lib, aboral tomonidan oral tomonga o’tadi va ambulakral 
sistemaning halqum atrofidagi kanaliga quyiladi. Xalka kanalidan beshta radial 
kanallar boshlanadi. Ambulakral sistemaning nur ostidan o’tadigan radial 
kanalidan chetga qarab juft-juft, kichik-kichik kanalchalar boshlanadi va ular 
ambulakral oyoqchalarning bo’shlig’iga qadar davom etadi. Bu kanallar ham bir 
nurning bo’shlig’i tomonida uchi berk pufakchalarga-ampulalarga ochiladi. 
Ambulakral oyoqchalar uchi so’rg’ich bo’lib tugaydigan kichik kanalchalardir; 
ularning devori cho’ziluvchan va musqo’ldor bo’ladi. Bu kanallarning hammasi 
madrepor plastinkasidagi teshikchalar orqali tashqi muhit bilan bog’langan bo’ladi 
(56-rasm). Ambulakral sistema dengiz yo’lduzlarining asosiy harakatlanish 
organidir, lekin u nafas olish vazifasini ham bajaradi. Ambulakral oyoqchalar 
yonidagi ampulalar va suyuqlik ampulalari qisqarganda suyuqlik ampulalardan 
oyoqchalarga o’tadi. Keyin oyoqchalar juda ko’p cho’zilib, uchlaridagi 
so’rg’ichlari yordamida substratga yopishib oladi. So’ngra oyoqchalarning 
musqo’ldor devori qisqaradi va ulardagi suyuqlik yana ampulalarga surilib chiqadi. 
Oyoqchalar qisqarganda yo’lduzning tanasi tegishli tomonga qarab biroz siljib 
oladi. Odatda dengiz yo’lduzlari daqiqasiga 5-8 sm yo’lni bosib o’tadi. 

Download 5.95 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



maqsadi: Dengiz  yo’lduzlari va tipratikanlari misolida  ignaterililarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishish

Download 5.95 Mb.
Pdf ko'rish